Camtasia (avvalgi "Camtasia Studio") - TechSmith kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ekranni videoga yozib olishga muljallangan dastur. Foydalanuvchi ekran yoki oynaning videoga olish maydonini belgilaydi, shuningdek uni ishga tushirishdan oldin yozish parametrlarini oʻrnatadi. Camtasia Studio foydalanuvchiga mikrofon yoki dinamiklardan ovoz yozish, shuningdek, web-kameradan video lavhalarni ekranda joylashtirish imkonini beradi.Camtasiada ekran tasvirlarini turli formatdagi videofayllarga yozib olish va videoni tahrirash imkoniyati xam mavjud boʻlib, unda oʻrnatilgan Macromedia Flash (SWF) va video pleerlar mavjud. Camtasia Windows tizimlarining istalgan qismidan harakatlar va tovushlarni yozib oladi va AVI faylda saqlaydi.
Dasturning asosiy xususiyatlari:
- Ekranda nima boʻlayotganini aniq yozib olish, shu jumladan ovoz, tizimtovushlarini ham yozib olish.
- Koʻp miqdordagi vizual natijalarni qoʻshish
- Yozilgan video taqdimotini tayyorlash
- Videokliplarni kesib olish va birlashtirish
- Ovoz qoʻshish va tahrirlash
- Ekspressivlikni qoʻshish
- Nashriyotning barcha mumkin boʻlgan funktsiyalari mavjudligi
- Tayyor videoni AVI, SWF, FLV, MOV, WMV, RM, GIF va CAMV formatlarida saqlash.
Bundan tashqari, oʻrnatilgan pleyer asosida mavjud boʻlgan har qanday video faylini yaratish mumkin. Camtasia bir qancha effektlarni bir vaqtda qoʻllash imkonini beradi, aloxida kadrlar bilan ishlashga qodir, yuqori aniqlikdagi, siqilgan videoni yozib olish, tahrir qilish va nashr etishni osonlashtiradi.
Videoni siqish uchun Camtasia ishlab chiquvchilari oʻzining foydalanuvchilariga Techsmith Screen Capture Codec (TSCC) kodekidan foydalanishni taklif qilishadi. Bu kodek har qanday rang chuqurligida tasvirlarni kodlashda yaxshi natijalarni koʻrsatadi. Uning algoritmi tizimdagi yukni minimallashtiradi, shuning uchun kodekni juda zaif konfiguratsiyalarda ham kodlash uchun ishlatish mumkin.
Tarkibi:
Camtasia Studio toʻrtta yordamchi dasturlarni oʻz ichiga oladi: