Edpuzzle dasturi
EDpuzzle bepul onlayn xizmatdir. Uning yordamidaovozli va matnli sharhlar qoʻshish, turli xil vazifalar, kitob treylerlari, soʻrovlar va viktorinalar yaratish orqali videolarni tahrirlash mumkin.
Avval import qilish orqali yoki EDpuzzle kutubxonasidan biror-bir video tanlanadi. EDpuzzle qidiruv tizimi Youtube, Khan Academy, TED va boshqa koʻplab manbalarda videolarni qidirish imkonini beradi. Videoni tanlangandan soʻng, undan kerakli boʻlakni kesib olish, videoga ovozli sharh qoʻshish va istalgan vaqtda videoda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan turli xil savollarni yaratish mumkin.
Xizmat, shuningdek, oʻqituvchi tomonidan yaratilgan "sinf"talabalari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Xizmatning ijobiy tomonlari:
- xizmat oddiy, qulay, koʻp funksiyali
- qidiruv tizimi va videodarsliklar kutubxonasi mavjud
- tayyor video fragmentlardan foydalangan holda darslar, viktorinalar va soʻrovlar yaratish mumkin
- oʻqituvchi talabalar tomonidan topshiriqlarni bajarish va ularning tafsilotlarini nazorat qilish boʻyicha statistik ma’lumotlarga ega
- guruh ishini tashkil etish mumkin
- talabalar faqat oʻqituvchi uchun ochiq boʻlgan oʻz darslarini yaratishi mumkin
- videodars xizmat tomonidan taqdim etilgan kod yordamida oʻqituvchining web-saytiga yoki blog sahifasiga osongina joylashtirilishi mumkin
- iPhone va iPad uchun xizmatning mobil ilovalari mavjud
Xizmatning salbiy tomonlari:
Ingliz tilidagi interfeysi (google chrome brauzerida rus tiliga ugirish mumkinv )
Foydalanish algoritmi:
Xizmat bilan ishlash google chrome brauzerida eng qulaydir, chunki unda tarjima funksiyasi mavjud.
Htttps://edpuzzle.com havoladan asosiy sahifaga oʻtamiz
“Sign up” tugmasini bosib roʻyxatdan oʻtamiz:
Qulaylik uchun, eng boshida, matnni rus tiliga utkazish mumkin:
Edpuzzleda oʻqituvchi (I’m a teacher) yoki talaba (I’m a student) sifatida roʻyxatdan oʻtish taklif qilinadi:
"Skip" tugmasini bosish orqali roʻyxatdan oʻtishni davom ettiramiz
Xizmat tomonidan taqdim etilgan shaklni toʻldirish kerak:
Mavjud google akkaunt yoki yangi akkaunt yaratib roʻyxatdan oʻtish mumkin:
Shakl tuldirilgandan soʻng xizmat tomonidan foydalanuvchi qaysi tashkilotga va qaysi fanga tegishli ekanligi soʻraladi. Ma’lumotlar kiritilgach roʻyxatdan oʻtish jarayoni yakuniga yetadi va quyidagi oyna ekranda paydo boʻladi:
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng keyingш kirishlar "Log in" tugmasi orqali amalga oshiriladi:
Video yaratish jarayoni:
Birinchi navbatda, xizmat kutubxonasidan yoki boshqa resurslardan tayyor video tanlanadi. Foydalanuvchi kompyuteridan xam video yuklash mumkin, buning uchun “Upload” tugmasi bosiladi:
Kerakli video tanlab olinadi:
Kerakli video tanlangandan soʻng “Use” tugmasi bosiladi. Fayl “My content” papkasiga qoʻshiladi:
Xizmatdagi butun ish davomida “Help centr” tugmasi hamroh boʻladi. Bu Edpuzzle yordam markazi. Bu yerda xizmat bilan ishlash boʻyicha batafsil koʻrsatmalar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |