Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor joʻrligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch oʻlchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta’minot boʻlishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda oʻzgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham boʻlishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud boʻlgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni koʻrib, kompaniya saytidan eng yangi ma’lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiyaMultimediali texnologiya (multi – koʻp, media – muhit) bir vaqtning oʻzida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir oʻtkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Soʻnggi yillar davomida koʻplab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, oʻrgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
Ma’ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda koʻrgazmali namoyish etish
vositasi sifatida plakatlar, qoʻllanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi.
Taqdimot nima uchun samarali soʻnggi oʻn yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri boʻldi.Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatningeng tez oʻzgaruvchan dinamik turi boʻlgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi.Buholatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish,qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samaralitarzda yetkazish mumkinligi toʻg‘risida savol tug‘iladi. Ma’lumki, inson ma’lumotning koʻp qismini koʻrish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini koʻproq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya’ni interfaol boʻlishi mumkin. Multimediali taqdimot ma’lumotni toʻg‘ridan toʻg‘ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni koʻradi va oʻzini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha oʻn minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga choʻziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch oʻlchamli grafikalarni oʻz ichiga olgan boʻlishiga qaramay, koʻpaytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.