Multimedia vositalari va ulardan foydalanish



Yüklə 386,46 Kb.
səhifə2/4
tarix23.01.2023
ölçüsü386,46 Kb.
#80330
1   2   3   4
Multimedia vositalari va ulardan foydalanish (2)

Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
Ma'ro’za, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish
vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Taqdimot nima uchun samarali
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi.
Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining
aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez
o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu
holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish,
qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali
tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.
Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining o’zoqligini ta'minlaydi.
Multimеdiya vositalarining dars samaradorligiga ijobiy ta’siri
01.09.2011
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Lobar Qoraxonova.
Bugungi kun uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni yanada takomillashtirish uchun kompyuter texnologiyasini ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning pedagogik va psixologik xususiyatlarini ilmiy-tadqiqot misolida yoritish, kompyuter vositalaridan foydalanishga bo‘lgan e’tibor va ehtiyoj darajalarini yana bir bora ko‘rib chiqishni talab etadi.
Buning uchun:
• ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalari o‘rnini aniqlash;
• kompyuter yordamida o‘quvchining tafakkuri va dunyoqarashining o‘zgarishini, xotirasining shakllanishida kompyuterning samaradorligi qanday rol o‘ynashini aniqlash;
• «kompyuter — o‘yinchoq» va «kompyuter — bilim olish vositasi» atamalari orasidagi chegaralarni aniqlash;
• o‘quvchilarning o‘quv jarayonida ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirish metodlarini aniqlash.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv predmetlarini kompyuterlashtirishda quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. O‘quv rejalari, konspektlar va kichik didaktik materiallarni tayyorlashda kompyuterdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
2. Fan, mavzularning ko‘rgazmalilik sifatini, o‘rganilayotgan obyektning illyustrativ va animatsion imkoniyatlarini oshirish maqsadida mavjud elektron darslik va ta’limiy dasturlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
3. Namoyish qilish vositalarini yaratishda Microsoft Power Point, Microsoft Publisher, Adobe Potoshop, Movie Maker kabi standart dasturlar va dasturiy resurslardan unumli foydalanish.
4. Ma’lumot va axborot almashinishda Internet tizimidan unumli foydalanish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ko‘pgina predmetlari uchun elektron darslik va multimedia vositalari yaratilgan bo‘lib, endilikda o‘quv jarayonini kompyuterlashgan muhitda tashkil etishga bo‘lgan e’tibor ancha kuchaytirildi. Multimedia vositalari kompyuter yordamida o‘rganilayotgan mavzularni tez va oson o‘zlashtirishga yordam beribgina qolmasdan, balki o‘qituvchiga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berishi bilan ajralib turadi.
Kompyuter yordamida multimediali jihozlardan foydalanishda o‘quvchi hayvonning ovozini, uni tabiiy harakatlarini, o‘ziga xos xarakterli belgilarini o‘rganib boradi. Hayvonning skelet va muskullarini o‘rganishda ham kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Zoologiya darslarida multimedia vositalaridan foydalanish va ularni tatbiq etish davomida o‘quv jarayonida o‘ziga xos yangi usul vujudga keladi. Ularni o‘quv materiallarini ko‘rgazmaliligini oshishi, o‘quvchilarning bilim samarasini nazorat qilish imkoniyatining paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘z ish faoliyatini yangi uslub va usullar asosida tashkil etishga yondashuvlar bilan bevosita izohlash mumkin
Zoologiya darslarida «Sut emizuvchilar» sinfi haqidagi ma’lumot beruvchi mavzular hajmi kattaligi va bir muncha murakkabligi bilan umurtqalilar tipining boshqa sinflaridan ajralib turadi. O‘rganiladigan mavzularning murakkablashib borishi, hayvon organizmining mukammalashishi bilan ular tanasida organlar, ularning vazifasi ham o‘ziga xos tarzda o‘zgarib borishi o‘quvchini biroz «qiynab» qo‘yadi.
O‘quvchilarga mavzu yuzasidan ma’lumotlarni kompyuter yordamida qabul qilishga bo‘lgan qiziqishlarini va bevosita zoologiya dars samaradorligini oshirishda undan foydalanishni hisobga olgan holda, o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan mavzularni kompyuter vositalari asosida tatbiq etish imkoniyatlari o‘rganildi va amalga oshirildi.
Zoologiya darsligidagi mavzularni belgilab olish, ular har tomonlama o‘rganilib, zaruriy materiallar tanlash asosida kompyuterlashgan dars ishlanmalari dasturlashtiriladi. Sut emizuvchilar sinfini o‘rganish davomida jami berilgan 10 soatlik mavzular kompyuterlashtirildi.
Multimedia vositalarida sut emizuvchi hayvonlar hayotini o‘zida mujassam etgan ma’lumotlar jamlanmasi, test topshiriqlari, topishmoqlardan keng foydalanilgan. Unga ko‘ra har bir o‘quv jarayonida mazkur materiallar o‘quvchi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, uning dars mavzusidan tashqari ham qo‘shimcha ma’lumotlar olishiga imkon yaratadi.
Tadqiqot ishlari davomida multmedia vositalaridan foydalanish davomida o‘quv jarayoni va biologiya darslarining sifat samaradorligi oshganligini o‘quvchilarning mavzular yuzasidan olgan bilimlarining sifat ko‘r-satkichlarini yuqori darajaga ko‘tarilganligi bilan izohlash mumkin.

Zoologiya darslari samaradorligini oshirishda kompyuterdan foydalanishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bir necha mezonlar asosida aniqlandi. Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi ma’lum bo‘ldi (1-jadval).

Mezonlar asosida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish darajasi va ishlab chiqilgan metodikani amaliyotga tatbiq etilishida ta’lim jarayoninig samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, kompyuterlashgan dars jarayonlari nafaqat o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki o‘qituvchilarning ilmiy izlanishga va o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishlariga keng imkoniyat yaratadi.

Biologiya darslarida nega axborot texnologiyalaridan foydalanish zarur?


 Ta'lim23 Iyun 202047
Biologiya tirik mavjudotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot fani hisoblanadi. Bir o‘lcham tasvirlariga ega darslik yordamida o‘rganishda barcha organlar qismlarini va ularning funksiyalarini tushunish qiyin.

Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o‘quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydi.
Hujayraning tuzilishini darslikdan o‘qib tushunish birmuncha murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo‘ladi. Hozirda avvalgidek sinf taxtasida bo‘r bilan yozish va ko‘rgazma rasmlardan foydalanish vaqti o‘tdi.
O‘quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to‘plamasdan, balki ularni tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar axborot kommuntkatsiya texnologtyalarini ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag‘batlantirishlari zarur.
O‘qituvchilar yanada samarali o‘qitish uchun proyektorlar va axborot kommuntkatsiya texnologtyalardan foydalanib, jonli o‘quv sinflarini tashkil etishi lozim.
Buning uchun fan o‘qituvchilari dars o‘qitish uchun Word, Excel, Power Point, Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta’minotlardan va boshqa “Veb” vositalardan foydalanishni o‘zlashtirib olishlari shart.
Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doirasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi keng ko‘lamdagi bilim va ko‘nikmalar hamda ulardan foydalanish borasidagi malakalarga ega bo‘lishi davr talabidir. Jamiyatning tobora informatizasiyalashib borishi uzluksiz ta’lim tizimida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Yüklə 386,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin