Multimedia vositalari va ularning ahamiyati


Multimedia vositalari va ulardan foydalanish



Yüklə 38,34 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü38,34 Kb.
#183089
1   2   3
2-amaliy-1

Multimedia vositalari va ulardan foydalanish
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnolo­giyalaridan o’quvchilarga ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayo­nida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'­lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining ma'lum bir ma­sofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamo­naviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi te­lekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes bi­lan shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o’qitish, jugrofiy jihatdan o’zoqda joylashgan maktablar va akademik ta'lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini o’zoq masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Natijada distant uslubi asosida o’qitish, tez vaqt ichida ko’pgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng qo’llanila boshladi va o’qitishda yangi uslublarni qo’llashga yana bir turtki bo’ldi. Distant uslubi asosida o’qitishning Xalqaro kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSH da shu uslub asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam qo’yishmoqda.
Distant uslubining qo’yidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muxiti. Mavjud ko’pgina uslublar aso­sida o’qituvchi ilm tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan distant metodi asosi­da esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta'minlaydi va o’z o’rnida bunday mexnat ta'lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim berish - boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan xam ish­lab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta ro’l o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm opishi mumkindir.
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Stati­stik ma'lumotlar shuni ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta'lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta'lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta'minlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan xoli bo’lishi kerakdir. Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta'lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi shartdir.
Xozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri INTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant uslubi asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari va ma'lumotlarning elekt­ron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o’z ichida IN­TERNET tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning distant us­lubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo’lishi, shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko’rsatadi.
Multimedik tizimlarni ko’rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash kuvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun kushimcha apparatli qo’llab-kuvvatlash analogli audio va videosignallarni rakamli ekvivalentga kushish va uning teskarisi uchun zarur bo’lgan analogli-rakamli (ARU) va rakamli-analogli o’zgartirgich (RAU) videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalar ham zarur..
DVI texnologiyasida foydalaniladigan video siqish al­goritmlarini ikkiga bo’lish mumkin:
- JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni amalga oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter (Real Time Video) vinchesteriga ma'lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda SD - ROM ni tayyorlashga zaruriyat qolmaydi;
- MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-KRM (Production Level Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yo’sinda yaratishda foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni fakat aks ettirishni ta'minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100...160 martaga yetadi, videomagni-tafon yozuviga yaqin sifat saqlanadi.
25:1 siqish koeffitsenti displeyning chorak ekranida yaxshi sifatli videotasvirni olish uchun kifoya. 10:1 nisbatda siqilganda DVI texnologiyasi bo’lgan (Real Time Video) videotasvirli darcha to’liq ekranning 1/5 qismini egallaydi.
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo’lgan siqish koeffi­senti 1,9-2,5), bu xol tinglash a'zolarining bo’zib kursatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib DVI texnologiyalari video va audioni aks ettirish uchun zarur bo’lgan axborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu xol ma'lumotlar umumiy hajmini kamayishiga va multimedianing fan, ta'lim, biznes va aloqa sohalariga keng kirib borishiga olib keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar tayyorlovchilari xizmatiga murojaat etmay, o’z amaliy multimedianing tizimlarini yaratish, axborotning barcha turlarini saqlash uchun oddiy vinchesterdan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari,hozirdayoq, multimedia ovoz berilgan, tasvirli hujjatlarni Ethernet tarmoqli platasi orqali kompyuter tarmog’iga jo’natish mumkin. Biroq, videotasvirli, to’liq tarmoqli multimedianing tizimlar uchun taxminan 200:1 siqish koeffitsenti zarur. Bunday ko’rsatkichga hozirdayoq erishish mumkin va bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
3. Ishlanma vositalar: xolati va istiqbollari
Multimedia asr oxirigacha kompyuter texnikasini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishi kutilmoqda. Hozirgi paytda kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi ko’pgina yetakchi firmalar bu axbo­rot texnologiyasini xayotga quyidagi uch yo’nalish bo’yicha tadbiq, qilmoqdalar:
- AT 80x86 shaxsiy kompyuterlarida DOS, Windows muhitida multimediani professional va tijoriy maqsadlarda qo’llash;
- Macintosh SHK lari uchun unimli va ta'lim beruvchi ilova-lar yaratish;
- ishchi bekatlardagi UNIX muxitida professional va ti­joriy ishlanmalarni tayyorlash.
Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assotsiativ aloqalarning umumiy ob'yektli yo’naltirilgan uslubiyatni o’z ichiga olgan "gipermatn" (Nurertex) konsepsiyasi yotadi. Rasman gipermatn deganda foydalanuvchiga boshqa mavzuga o’tishga imkon beruvchi ichki o’zaro murojaat qiluvchi matnli, tuzilmaviy axbo­rot tushuniladi. Gipermatn avval materialga kiritilgan assotsiatsiyalar bo’yicha interaktiv rejimdagi so’zlar, fayllar va paragraflarni jadal birlashtirish uchun foydalanilgan. Giper­matn vositalari foydalanuvchi istalgan tartibda varaqlab ko’rishi mumkin bo’lgan multimedianing hujjatlarni yaratishga imkon bergan. Foydalanilayotgan kompyuterlarning hisoblash qobiliyati oshib borgan sari bu assotsiativ aloqalarning ishlashi mualliflik tizimlarining yangi avlodlarida kengayib bordi. Bunda mualliflik tizimi deganda ishlab chiquvchilarga dasturlarni ko’p mexnatli jarayonsiz yaratishga imkon beruvchi ta'minot tushuni­ladi. Bugungi kunda raqamlashgan statik tasvir, audio va video ma'lumotlarga muallifning istagi bo’yicha tanlangan ob'yektlar sifatida qaralishi mumkin.
Quyidagi kompyuterli platformalar: Macintosh, DOS, Windows, UNIX, Phlips firmasining SD-I va IVM firmasini Multimedia kompyuterlariga qo’llaniladigan multimedia ishlanmalari holatini ko’rib chiqamiz.
Masalan. Ko’p yillar mobaynida Arrle Somruter Ins mul­timedia ishlanmalari sohasida yetakchi o’rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o’z ichiga olgan multimedia maxsulotlarini ko’rish uchun gipermatn - Nuregsagd - firma dasturi im-koniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan bog’liq edi. So’ngra multimedia tizimiga fotoga yaqin bo’lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni kiritish va aks ettirish imkoniyati ko’shildi. Natijada Macintosh kompyuterlari platformasi multimedianing aniq bir ilovalarida yetakchi o’rinni egalladi.
Biroq, videoni qo’llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0 imkoniyatlarini kengaytiruvchi Quicktime tizimining kiritilishi bilan ta'minlandi. Xozirda - Nuregsagd da­sturi va yuqorida ko’rsatilgan kengaytirishlarni birlashtiruvchi multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib borilmoqda. Bu tizimning asosiy komponentlari dasturiy ta'minoti, fayllar shakllari, kompressorlar va foydalanuvchi interfeyslaridir. Tizimning eng muxim unsuri - Movie Toolbox - tasvirlarni siqishni boshqaruvchi va animatsiyalar, statik tasvirlar xamda video algoritmlarini amalga oshiruvchi dasturlardir.
Foydalanish jihatidan oddiy bo’lgan Media Text mualliflik tizimi yaqinda Michigan Universitetida (Ann Arbor) Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqildi. Foydalanuvchi o’z dasturiy maxsulotini audio, grafika va animatsiyaga kiritishi hamda ularni xar bir bosqichda sichqonning ikki chikillashidan oshirmagan holda bajara borib boshqa fragmentlar bilan birlashtirishi mumkin.

Yüklə 38,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin