Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari


Kompyuter  o‘quv  ilovalarini  (KO‘I)



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix29.12.2021
ölçüsü1 Mb.
#48517
1   2   3   4   5   6   7   8   9
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Kompyuter  o‘quv  ilovalarini  (KO‘I)  ni  yaratish  tavsifiga  o‘tishdan  oldin, 

ularni  ma’lum  sinflarga  bo‘lib  olamiz.  Dastavval  barcha  KO‘Ilarni  ikki:  lokal 




 

texnologiyalar  va  internet  texnologiyalar  uchun  mo‘ljallangan  ilovalar  guruhiga 

ajratamiz. 

1

 



Lokal 

texnologiyalar 

deganda, 

alohida 


kompyuterda 

ishlash 


uchun 

mo‘ljallangan  disk  yoki  lokal  tarmoq  vositalari  yordamida  boshqa  kompyuterga 

uzatish imkoniga egaqilib yaratilgan ilovalar tushuniladi. 

Internet texnologiya  global  (Internet) tarmoqlari uchun ilovalarni o‘zlari  emas, 

ularning  nusxalari foydalanuvchiga  maxsus  dasturlarning  veb sahifalari orqali  kirish 

mumkin bo‘lgan ilovalar yaratishni ko‘zda tutadi. 

Lokal  gipermatnli  ilovalarni  yaratish  uchun  hozirgi  kunda  ko‘pginadasturlar 

ishlab  chiqilgan.  Masalan,  HelpWrirer  Windows  boshqaruvida  ishlaydigan 

konstruktor.  Windows  uchun  mo‘ljallangan  MS  Access  dasturi.  Talabalarni  joriy 

o‘zlashtirishini  nazorat  qilish,  o‘qituvchilarning  kafedra  bo‘yicha  yuklamasini 

taqsimlash  va  boshq.  Elektron  o‘quv  nashrlar  yaratish  jarayoni  ta’lim  borasida  oliy 

o‘quv  yurti  faoliyatining  etakchi  yo’nalishiga  aylanib  bormoqda.  Elektron  o‘quv 

nashrlarini  (EO‘N)  yaratish  murakkab  didaktik  talablarni  o‘z  ichiga  oladi,  lekin 

hozirgi  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  bu  muammoni  hal  qilishda  keng 

imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim: 

o kursning bo‘limlar birligida namoyish qilinishi

o mundarija bo‘limlariga to‘liq ruxsat etilishi; 

o turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanish; 

o o‘quv materialining o‘rganuvchi xususiyatlari yuzasidan moslashuvchanligi. 

EO‘Nni  yaratishda  turli  darajadagi  o‘rganuvchilar  uchun  individual  ta’lim 

xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda qanday ma’lumot tasvirlanayapti, qanday 

qilib,  qanaqa  ketma-ketlikda,  qaysi  o‘qitish  uslubiyati  qo‘llanilmoqda  –  bularning 

hammasi  ma’lum  o‘quv  jarayonining  individual  chizgilari  hisoblanadi.  Hozirgi 

vaqtda  masofaviy  o‘qitishda  keng  ko‘lamdagi  elektron  o‘qitish  tizimlari  mavjud 

bo‘lib,  ularga  misol  sifatida  VLE  (o‘qitishning  virtual  vositalari-Virtual  Learing 

Environment),  V2K-  Bridge  to  Knowledge,  WebCT,  Learning  Space,  OpenClass, 

                                                           

1

 M.Aripov, A.Tillayev «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» Oliy о‘quv yurtlari uchun Elektron qо‘llanma 



(CD), Toshkent, 2002.P.223 


 

KADIS  va  Prometey  tizimlari  va  boshqa  shu  kabi  o‘quv  jarayonining  asosiy 



vazifalarini avtomatlashtiruvchi tizimlarni keltirish mumkin. 

Zamonaviy  adabiyotlar  va  ta’lim  tizimidagi  mavjud  me’yoriy  xujjatlarga 

asoslanib,  o‘quv  jarayonida  qo‘llaniladigan  EO‘Nlarni  qo‘llanilish  maqsadiga  ko‘ra 

quyidagi  belgilariga  asoslanib  guruhlarga  ajratish  mumkin:  tuzilishiga  ko‘ra, 

funksional  vazifasiga  ko‘ra,  matnni  tashkil  qilishiga  ko‘ra,  ma’lumotni  tasvirlash 

xarakteriga ko‘ra, ma’lumotni ifodalash shakliga ko‘ra, maqsadga yo’naltirilganligiga 

ko‘ra,  tarqatilish  texnologiyasiga  ko‘ra,  foydalanuvchi  va  elektron  vosita  orasidagi 

bog‘liqlik  xarakteriga  ko‘ra  va  hokazo.  EO‘Nlar  moslashuvchanligini  oshirishda 

uning  ko‘p  darajaliligi  ham  yuqori  samara  beradi.  Ko‘p  darajali  EO‘Nlar  o‘quv 

materialini  ko‘rib  chiqishning  bir  nechta  yo’llarini  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lishi,  ya’ni 

turli qiyinlik darajalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda har bir daraja modullarga 

ajratilib,  har  bir  moduldagi  yangi  ma’lumot  oldingi  ma’lumotlar  bilan  nazariy 

bog‘langan  bo‘lishi  lozim.  EO‘Nning  har  bir  moduli  test  topshirig‘i  ko‘rinishidagi 

nazorat  savollarini  echish  bilan  tugallanishi  mumkin.  Bu  tuzilishni  biz  quyidagicha 

tasvirlaymiz: 

SHu  o‘rinda  biz  uch  darajadagi  moslashuvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘lgan 

EO‘Nlarni yaratishni keltirib o‘tmoqchimiz. 


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin