Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix29.12.2021
ölçüsü1 Mb.
#48517
1   2   3   4   5   6   7   8   9
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Birinchi  darajada  o‘quv  materiali  bo‘limlari  oddiy  HTML  tilida,  oq-qora 

rangda  ikki  o‘lchamli  tasvirlardan  iborat,  oddiy  chizmalardan  foydalanilgan  holda 

tasvirlanishi mumkin. 

Ikkinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari HTML, Java, JavaScript ilovalari, 

2-D,  3-D  va  rangli  tasvirlar,  bo‘limlarning  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liklik  holida 

keltirilishi mumkin. 

Uchinchi  darajada  o‘quv  materiali  har  bir  bo‘limda  HTML,  Java,  JavaScript 

ilovalari,  2-D,  3-D  va  rangli  tasvirlar  va  matnlardan  tashqari,  ovozli,  video, 

namoyishli tarzda va albatta testlash dasturi bilan birga keltiriladi. 

YUqorida  sanab  o‘tilgan  uch  xil  darajali  EO‘Nlarni  yaratish  o‘quvchi  bilim 

salohiyatini  oshishi,  masofaviy  o‘qitishda  bilimni  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichini  va 



 

darslikning  o‘quvchiga  bo‘lgan  moslashuvchanlik  darajasini  yuqoriga  ko‘tarilishiga 



olib keladi. 

 

 



 

1-rasm. Ko‘p darajali elektron o‘quv nashrlari texnologiyalari. 

 

YUqorida  ko‘rsatilgan  tuzilishdagi  elektron  o‘quv  nashrlarining  dasturiy 

qobig‘inida  ko‘rsatilgan  barcha  imkoniyatlar  kiritilgan  bo‘lib,  unda  foydalanuvchi 

uch  xil  darajadagi  o‘quv  materialidan  foydalanishi  mumkin.  Dasturda 

foydalanuvchining bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishi uchun qulay interfeys taklif 

etilgan.  Bundan  tashqari  ushbu  qobiqda  foydalanuvchilarning  elektron  o‘quv 

nashrlarini  dasturga  joylashtirishda  qo‘l  mehnatini  kamaytirish  masalasini  ko‘rib 

chiqish  oshirilgan.  Masofadan  o‘qitish  tizimining  testlash  dasturi  ham  turli 

ko‘rinishlar  va  imkoniyatlarda  yaratilishi  zarur.  Bunga  o‘rganuvchi  bilimini  to‘liq 

tekshiradigan,  noto‘g‘ri  berilgan  javobga  turli  variantlar  keltiriladigan,  turli 

bosqichdagi testlashni  keltirish  mumkin. EO‘Nlarining  moslashuvchanligi qanchalik 

yuqori  va o‘rganuvchi  talabiga  mos  bo‘lsa,  shundagina  masofadan o‘qitish  tizimida 

etarlicha ijobiy natijalarga erishsa bo‘ladi. 

Axborot texnologiyalari vositalarining markazida kompyuter turishi xech kimga 

sir emas. Xozirgi kunda kompyuterlardan ta’lim tizimida asosan 4 yo’nalishda : 

  O‘rgatish ob’ekti sifatida 




 

  O‘qitishning texnik vositasi siatida 



  Ta’limni boshqarishda 

  Ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda 

Kasbiy ta’limni kompyuterda qo‘llab-quvvatlash sohasining tizimli o‘rganilishi 

30 yildan uzunroq tarixga ega. Bu davr ichida AQSH, Fransiya, YAponiya, Rossiya 

va boshqa qator davlatlarning o‘kuv yurtlarida turli xildagi EHMlar uchun ta’limga 

mo‘ljallangan  ko‘plab  kompyuter  tizimlari  ishlab  chiqilgan.  Lekin  bunday 

tizimlarning  qo‘llanilish  sohalari  ancha  kengdir.  Bu  –  katta  sanoat  tashkilotlari, 

harbiy  va  jamoatchilik  sohalarida  kadrlarni  mustakil  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 

ishlarini  olib  boruvchi  tashkilotlardir.  Bundan  tashqari,  rivojlangan  mamlakatlarda 

yangi  murakkab  qurilma  va  texnologiyalarni  o‘rganish  va  amalga  kiritish 

jarayonlarini  tezlashtirish  uchun  ularga  kompyuterli  o‘rganish  tizimlarini  kiritish 

odatiy  xolga  aylanib  bormoqda.  CHet  elda  o‘rgatishga  mo‘ljallangan  "yumshoq" 

dasturiy  vositani  ishlab  chiqish  yuqori  malakali  ishchilar  (ruxshunoslarni,  fan 

o‘kituvchilarini,  kompyuter  dizaynerlarini,  dasturchilarini)  mehnatini  talab  qilgani 

uchun juda "qimmat" soha hisoblanadi. SHunga qaramay ko‘pgina chet el firmalari 

ta’lim 


maskanlarida 

yangi 


kompyuterli 

o‘kuv 


tizimlari 

yaratilishini 

moliyalashtirishadi  va  bu  sohada  o‘z  izlanishlarini  olib  borishadi.  Metodologik 

tomondan  kasbiy  tayyorgarlikni  qo‘llab-quvvatlashda  kompyuter  vositalarining 

ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi (birinchi navbatda "yumshoq" maxsulotni) boshidan 

boshlab bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan turli sohalarda rivojlana boshlagan. Birinchi 

yo’nalish  dasturiy  o‘rgatish  g‘oyalariga  asoslanadi.  Bunda  turli  fanlar  bo‘yicha 

avtomatlashtirilgan  o‘rgatish  tizimlari  (AUT)  ishlab  chiqiladi  va  ko‘llaniladi.  AUT 

ning  asosi  bulib  muallif-o‘kituvchiga  yangi  o‘quv  materiallarini  ma’lumotlar 

bazasiga  kiritish,  maxsus  mualliflik  tillari  yoki  boshqa  tillar  yordamida  dasturlash 

imkonini  beruvchi  mualliflik  tizimlari  xizmat  qiladi.  AUT  ga  misol  sifatida  chet 

eldagi  PLATO  tizimini,  yoki  Rossiyadagi  AOSB  oilasini  keltirsak  buladi.  XX-

asrning  90  –  yillaridan  boshlab  Rossiya  va  MDX  mamlakatlarida  kompyuter 

kurslarini yaratuvchi instrumental muxitlar (chet elning IBM PC yoki Rossiyaning va 

boshqa dasturlari) paydo bo‘la boshladi. 



10 

 

Ikkinchi yo’nalish – umumta’lim va kasbiy tayyorgarlikni kompyuterda qo‘llash 



inson faoliyatining turli sohalarini kompyuterlashtirishning "yumshoq" mahsulotining 

ikkinchi darajali ilovasi hisoblanadi. Bular kiyin hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi, 

matematik modellar asosida jarayonlar yoki ob’ektlarning hususiyatlarini o‘rganuvchi 

aloxida  dasturlar  yoki  dastur  paketlaridir.  Kasbiy  tayyorgarlikda  bunday  dasturiy 

tizimlarni qo‘llash bizda ham, chet elda ham AUT larga nisbatan kengroq ishlatiladi, 

lekin  yagona  didaktik  shaklning  yo’kligi,  mazmunning  umumiy  emasligi  ularning 

ilmiy  adabiyotlarda  yaxshi  yoritilmaganligiga  olib  keladi.  Soxaviy  dasturlarni 

o‘kitishga moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan ko‘plab dasturlar ichidan hamda 

didaktik  va  texnik  umumlashtirish  urinishlarining  tizimliligi  bilan  ajralib  turadi.  80-

yillar  boshidan  boshlab  ta’limni  kompyuterlashtirishning  yangi  yunalishi  –  sun’iy 

intelekt  soxasida  ishlashga  asoslangan  intelektual  o‘rgatuvchi  tizimlar  (IUT)  tez 

rivojlana  boshladi.  Boshqariluvli  o‘qish  jarayoni  modeli  IUT  larning  muhim  qismi 

hisoblanadi, ular  asosida har bir  o‘quvchi  uchun  maxsus o‘qitish strategiyasi ishlab 

chiqilishi  mumkin.  IUT  lardagi  ma’lumotlar  bazalari  formallashtirilgan  bilimlardan 

tashqari o‘rganilayotgan soxa uchun ekspert bilimlariga ega bo‘lishi mumkin. IUT ni 

yaratish  yo’nalishidagi  ishlarning  kelajagi  porlok  ko‘ringani  bilan,  bugunda  ular 

labaratoriyadagi  izlanishlar  darajasida  qolishmoqda,  bir  nechta  omadli  misollar 

bo‘lgani  bilan  ularni  ishlab  chiqarish  xali  ommaviy  tus  olgani  yo’q.  90-yillardagi 

"SHaxsiy revolyusiya"  ta’lim sohasiga nafaqat texnik, balki didaktik imkoniyatlarni 

ham  –  SHEXM  lar  ishlatish  imkoniyatlari,  dialogik  muloqotni  tashkillashtirish 

qulayligi  va  albatta  tasvir  bilan  ishlash.  Ta’lim  kompyuter  tizimlarida  tasviriy 

takdimotlarning ishlatilishi nafaqat o‘quvchiga ma’lumot uzatish tezligini oshiradi va 

tushunish darajasini oshiradi, balki o‘quvchida har qanday soxa vakili uchun muxim 

bo‘lgan  intuitsiya,  kasbiy  "sezish",  tasvirli  o‘ylash  kabi  qobiliyatlarni  ham 

rivojlantiradi.  Kompyuter  texnologiyalari  bozorlarida  esa  kasbiy  tayyorgarlikka 

yanada  kuproq  imkoniyatlar  bera  oladigan  yangiliklar  paydo  bulmoqda.  Bular  katta 

hajmdagi  ma’lumotni  o‘zida saqlay  oladigan  CD-ROM  kompakt  disklaridagi tashqi 

optik eslab qolish qurilmalari, gippermatnli dasturiy vositalar, multi va gippermediya 

vositalari, "virtual borliq" tizimlari va boshqalar. Multmediyali texnik vositalarga ega 



11 

 

bo‘lgan  kompyuterlar  video  va  audio  axborotlarning  didaktik  imkoniyatlaridan 



foydalana  oladi.  Gipermatn  tizimlari  yordamida  matnning  o‘zida  murojaatlarni 

tashkil  qilsa  bo‘ladi,  bu  esa  kalit  so‘zlar  yordamida  kerakli  ma’lumotlarni  izlashni 

osonlashtiradi.  Gipermediya  tizimlari  faqat  matnni  emas,  balki  tasvirni, 

raqamlashtirilgan  tovushni,  rasmlarni,  multfilm  va  videofilmlarni  o‘zaro  bog‘lash 

imkonini  beradi.  Bunday  tizimlardan  foydalanish  elektron  qo‘llanmalari, 

spravochniklarni,  kitoblarni,  ensiklopediyalarni  yaratish  va  kompakt  disklar 

yordamida  tarqatish  imkonini  beradi.  Axborot  telekommunikatsion  tarmoqlarning 

rivoji esa sayyoramizning turli nuqtalarida saqlanayotgan katta hajmdagi ma’lumotga 

erishish imkonini yaratadi va shu bilan birga distansion ta’lim tizimlari rivojiga turtki 

beradi. 


Kompyuter  imkoniyatlarini  oshiruvchi  yangi  texnik  va  dasturiy  vositalarning 

paydo  bulishi  sekin-asta  "kompyuter  texnologiyalari"  atamasining  "Axborot 

texnologiyalari"  atamasi  bilan  siqib  chikarilishga  olib  kelmoqda.  Bu  atama  ostida 

elektron  vositalar  yordamida  axborotni  yig‘ish,  saqlash,  qayta  ishlash,  taqdim  etish, 

va ishlatish jarayonlari tushuniladi. SHunday qilib, ta’limni axborotlashtirish deganda 

o‘quvchilarga 

ma’lumotlar 

bazalaridagi, 

bilimlar 

bazalaridagi, 

elekton 

spravochniklar,  arxivlar  va  ensiklopediyalardagi  ma’lumotlardan  erkin  foydalanish 

imkoniyatlarini  taqdim  etish  tushuniladi.  Bu  terminalogiyaga  mos  xolda  ta’lim 

axborot  texnologiyalarini  (TAT)  o‘quv  jarayonini  amalga  oshirishda  ishlatiladigan 

elektron  vositalar  va  ularni  ishlatish  usullarining  yig‘indisi  sifatida  ta’riflasa  buladi. 

Elektron  vositalar  tarkibiga  qo‘llanilishi  TAT  metodik  qo‘llanmalarida 

ko‘rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi. TAT ning apparat, 

instrumental  va  dasturiy  vositalarining  jadal  rivoji  turli  didaktik  g‘oyalarni  amalga 

oshirish  imkoniyatlarini  yaratmoqda.  Lekin,  o‘zimizning  va  chet  ellarning  ta’limga 

ixtisoslashgan  kompyuter  tizimlarini  ko‘rib  chiqar  ekanmiz,  ularning  ko‘pchiligini 

didaktik ko‘rsatkichlarga ko‘ra xattoki "qonikarli" ham deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, 

ta’limga  muljallangan  "yumshoq"  mahsulotning  sifat  darajasi  uni  loyixalash 

jarayonida  –  AUT  ma’lumotlar  bazasini  va  elektron  kitoblarni  to‘ldirayotganda, 

modellashtiruvchi tipdagi kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol 




12 

 

va  masalalari  ishlab  chikish  jarayonlarida  belgilanadi.  Afsuski,  TAT  ning  metodik 



ta’minoti  texnik  vositalar  rivojidan  ancha  ortda  qolmoqda.  Buni  metodik  jihatdan 

TAT  ni  psixologiya,  pedagogika,  telematika,  kibernetika,  informatika  singari 

murakkab fanlar bilan ishlashi bilan tushuntirsa bo‘ladi. Kasbiy ta’lim uchun TAT ni 

yaratish  aynan  uning  mavzusi  soxasini,  dars  o‘tish  metodikasini  yaxshi  bilish 

zarurligi bilan ham qiyinlashadi. 

Talab  darajasida  to‘g‘ri  ishlab  chiqilgan  multimedia  materiallari  matnli 

axborotga  qaraganda  birmuncha  ilg‘or  usul  bo‘lib,  o‘quvchilarda  aniq  va  samarali 

mental  model  (tasavvur)  shakllanishiga  yordam  beradi.  O‘tkazilgan  kompleks 

tadqiqot natijalariga ko‘ra (SHephard – SHepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia 

materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 

1. Muqobil istiqbollar 

2. Faol ishtirok 

3. Tezkor ta’lim olish 

4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish 

5. Muammolarni echish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari 

6. Tizimli ravishda tushuna borish 

7. YUqori darajadagi tafakkur 

8. Mustaqillik va e’tiborlilik 

9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish 

10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari 

Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meer (Maer) ham aytib 

o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan 

holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing 

ma’lum  ustunligi  mavjud.  Ushbu  ikkita  axborotni  qabul  qilish  kanallarining  bir-

biridan  keskin  farq  qilishiga  qaramasdan,  ularning  multimediadagi  kombinatsiyasi 

juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan 

samarali  foydalaniladi.  Matn  va  grafika  o‘rtasidagi  aloqalar  mavzuni  chuqurroq 

tushunishga  va  mental  model  (tasavvur)ning  yaxshiroq  shakllanishiga  keng 

imkoniyatlar yaratadi. 



13 

 

Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat 



yaratadi: 

• ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash; 

• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish; 

• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish 

(o‘zlashtirganlik,  bilimga  chanqoqlik,  mustaqil  ta’lim  olish,  o‘zini  o‘zi 

tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, 

olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga 

bo‘lgan munosabati); 

• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini 

rivojlantirish; 

•  kompyuter  vositalari  va  axborot  elektron  ta’lim  resurslari  yordamida  har  bir 

shaxsning  alohida  (individual)  ta’lim  olishi  hisobiga  ochiq  va  masofaviy  ta’limni 

individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; 

• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub’ekt sifatida qarash, uning qadr- 

qimmatini tan olish; 

• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini 

hisobga olish; 

• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib va 

rivojlanib boradi; 

•  ta’lim  oluvchilarda,  o‘zlarining  kasbiy  vazifalarini  muvaffaqiyatli  bajarish 

uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan 

zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. 

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish 

jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan 

multimediali  o‘quv  vositalarini  ishlab  chiqishni  va  foydalanishni  talab  etadi. 

Ular  tarkibiga  keng  ma’lumotlar  bazasi,  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  bilimlar  bazasi, 

sun’iy  intellekt  tizimlari,  ekspert-o‘rgatuvchi  tizimlar,  o‘rganilayotgan  jarayon  va 

hodisalarning  matematik  modelini  yaratish  imkoniyati  bo‘lgan  laboratoriya 

amaliyotlari kiradi. 



14 

 

Ta’lim  oluvchilarning  individual  xususiyatlarini  hisobga  olish  va  ularning 



manfaatdorligini  (motivatsiyasini)  oshirishga  ko‘maklashish  imkoniyatlariga  ko‘ra, 

shuningdek,  har  xil  turdagi  multimediali  o‘quv  axborotlarining  uyg‘unlashuvi, 

interfaollik,  moslashuvchanlik  sifatlariga  ko‘ra  multimedia  foydali  va  mahsuldor 

ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. 

Interfaollikning  ta’minlanishi  axborotlarni  taqdim  etishning  boshqa  vositalari 

bilan  taqqoslaganda  raqamli  multimedianing  muhim  yutuqlaridan  hisoblanadi. 

Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim 

etishni  nazarda  tutadi.  Interfaollik  ma’lum  bir  darajada  axborotlarni  taqdim  etishni 

boshqarish  imkonini  beradi:  ta’lim  oluvchilar  dasturda  belgilangan  sozlovlarni 

individual  tarzda  o‘zgartirishi,  natijalarini  o‘rganishi,  foydalanuvchining  muayyan 

xohishi  haqidagi  dastur  so‘roviga  javob  berishi,  materiallarni  taqdim  etish  tezligini 

hamda  takrorlashlar  sonini  belgilashi  mumkin.  Lekin  multimediadan  foydalanishda 

bir  qator  jihatlarni  e’tiborga  olish  muhim.  Multimediada  taqdim  etilayotgan  o‘quv 

materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar 

orqali taqdim etilishi talab qilinadi. 

Multimedia  texnologiyalarining  barcha  imkoniyatlarini  to‘liq  ochib  berish  va 

ulardan  samarali  foydalanish  uchun  ta’lim  oluvchilarga  salohiyatli  (kompetentli) 

o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi. 

Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham 

ta’lim  strategiyasi  ta’lim  jarayonida  o‘qituvchi  nafaqat  axborotlarni  taqdim  etish, 

balki ta’lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab- quvvatlash va jarayonni boshqarib 

borish  bilan  shug‘ullangandagina  mazmunan  boyitilishi  mumkin.  Odatda,  chiroyli 

tasvirlar  yoki  animatsiyalar  bilan  boyitilgan  taqdimotlar  oddiy  ko‘rinishdagi 

matnlarga  qaraganda  ancha  jozibali  chiqadi  va  ular  taqdim  etilayotgan  materiallarni 

to‘ldirgan  holda  zaruriy  emotsional  darajani  ta’minlab  turishi  mumkin.  Multimedia 

vositalari  har  xil  ta’lim  yo‘nalishlari  (stillari)  uyg‘unligida  qo‘llanilishi  va  ta’lim 

olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega 

bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita 




15 

 

o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish 



orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar. 

Interfaol  multimedia  texnologiyalari  akademik  ehtiyojga  ega  bo‘lgan  ta’lim 

oluvchiga  noan’anaviy  qulaylik  tug‘diradi.  Xususan,  eshitish  sezgisida  defekti  bor 

ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, 

ularning  axborotlarni  vizual  o‘zlashtirishlarini  ta’minlaydi.  Nutqi  va  jismoniy 

imkoniyati  cheklanganlarda  esa  vositalardan  ularning  individual  ehtiyojlaridan  kelib 

chiqib foydalanishga imkon beradi. 

Multimedia  vositalari  ta’lim  berishning  samarali  va  istiqbolli  quroli 

(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng 

ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda 

nafaqat  matn,  grafiklar,  sxemalar,  balki  ovoz,  animatsiyalar,  video  va  boshqalardan 

foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi 

va  mantiqiy  o‘rganishiga  mos  ravishda  ketma-ketlikda  tanlab  olish  imkoniyatini 

yaratadi. 




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin