salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni
yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta’minot va
texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar,
axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa
foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta’lim oluvchilar
diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimedia
vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma’lumotlar, turli havola (ssыlka) va
16
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining
audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an’anaviy matn ko‘rinishidagi
materiallarni yaratishdan ancha murakkab.
Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil
ravishda yaratish singari multimediadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham
birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta’lim
vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi.
Dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda
vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta’lim vositalaridan samarali
foydalanishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot va texnika vositalari talab
darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta’lim materiallarini taqdim
etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda
yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi.
Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar.
Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni
o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta
hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop
etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida
zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma’lumotlarni
qidirish quroli taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: