Xozirgi kunda ko’pchilik qo’rg’oshin zavodlaarida shaxtali pechlarda tiklanuvchi eritish jarayoni olib boriladi, chunki unda yengil tiklanuvchi atmosfera hosil qiladi.
Mahsulotlar sifatida qo’rg’oshinli aglomerat, koks va havo ishlatiladi.
Reaksiya natijasida paydo bo‘lgan rux bug‘lanadi va texnologik gazlar bilan pechdan ajralib chiqadi. Qo‘rg‘oshin esa asosan suyuq mahsulotlarda to‘planadi. Jarayonning eng murakkab bosqichi bu katta hajmdagi gazlardan ruxni kondensatsiyalashdir. Buning uchun, umuman, yangi texnologiya ixtiro qilingan. Gazlarda ruxning miqdorligi 5—6 foiz bilan cheklanadi, pechlarning ishlab chiqish unumdorligi esa bir sutkada 100—150 tonna ruxni tashkil qiladi. Bunday sharoitda, gazdan katta hajmda issiqlik olishga to‘g‘ri kela-di. Undan tashqari, agarda shixtada 20 foiz qo‘rg‘oshin bo‘lsa, unda qo‘rg‘oshinning uchishi va kondensatorga yetib borishidan qutulib bo‘lmaydi. Shuning uchun ruxni kondensatsiyalash uchun suyuq qo‘rg‘oshin ishlatiladi.
Harorat oshishi bilan ruxning erish qobiliyati o‘shadi, va aksincha, harorat pasayganda kamayadi. Qo‘rg‘oshin kondensatorga 450°C haroratda yuklanadi. Bunda uning tarkibida 2—2,2 foiz rux bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin kondensatorda qizitilgan gazlar bilan aloqada bo‘ladi. Gazlar pechdan 1000°C dan yuqori haroratda bo‘ladi. Bu gazlarning tarkibida 5 foizgacha rux bor. Buning natijasida gazlar sovitiladi, rux esa qo‘rg‘oshinga o‘tadi. Yuqori haroratda qizitilgan qo‘rg‘oshin kondensatorni 560°C da tark etadi va uning hajmida 2,4 foiz rux bor. Kondensatordan tashqarida qo‘rg‘oshin sovitiladi va rux likva-tsiya natijasida qo‘rg‘oshin sirtiga sizib chiqadi, sovitilgan qo‘rg‘oshin (2 foiz ruxli) qaytadan kondensatorga yuboriladi.
Rux bug‘lari qo‘rg‘oshin tomchilarida kondensatsiyalanadi va shu shaklda eritma holatiga o‘tadi. Kondensator pechga zich qilib o‘rnatilgan. Kondensatorning boshqa tomonidan texnologik gazlar tozalash sistemasiga yuboriladi. Texnologik gazlarning issiqlik qobiliyati 2400—3000 kJ 1 m3 ni tashkil qiladi.
Kondensator to‘g‘ri burchakli kamera, ichki sirti korboron g‘isht bilan himoyalangan. Uning uzunligi 6—12 m, eni 2,5—5,5 m, balandligi esa 1,25 m kondensatorda 3—8 ta vertikal joylashgan rotor mavjud. Rotorning aylanishida qo‘rg‘oshin yuqoriga katta kuch bilan yuboriladi, kondensatorning tepasi va yon devorlariga urilib, mayda zarrachalar hosil qiladi. Bu zarrachalar kondensator hajmini deyarli to‘ldiradi.
Gazlarning kondensatorga kirish harorati 1000°C, chiqishi esa 450°C ni tashkil qiladi. Har bir haroratda kondensatsiyalangan ruxga kondensatorda 5 kJ ga yaqin issiqlik qoldiriladi. Buning natijasida qo‘rg‘oshin 110°C da isiydi (450—560°C). Kondensatorda qo‘rg‘oshin vannasining balandligi 250—300 mm. Qo‘rg‘oshin kondensatorda 450°C da yukla-nadi. Bu haroratda uning tarkibida 2,15% rux bor. Kondensatorda rux 560°C gacha qiziydi. Bunda 0,25% rux qo‘shimcha qo‘rg‘oshinda eriydi, natijada kondensatorni tashkil etayotgan qo‘rg‘oshinda 2,4% rux bo‘ladi. 450°C da ruxning erish qobiliyati pasayadi va ajralib chiqayotgan metall likvatsiya vannasida qo‘rg‘oshinning sirtida to‘planadi. Jami 96 foiz metall kondensatsiyalanadi va 4 foiz gaz tozalaydigan sistemada ilinadi. 87 foiz rux suyuq shaklda kondensatsiyalanadi. Qolgani esa har xil qattiq moddalardan iborat.
Qo‘rg‘oshin va ruxni ajratadigan vannada ruxning balandligi taxminan 380 mm ni tashkil qiladi. Zarrachaga aylantirilayotgan qo‘rg‘oshinning hajmi kattadir. Masalan, kondensatorning 1 tonna ruxga mo‘ljallangan ishlab chiqarish unumdorligida kondensatordan o‘tayotgan qo‘rg‘oshinning soni 400 tonnani tashkil qiladi. Har bir rotor gaz oqimiga taxminan 1000 tonnagacha qo‘rg‘oshin kiritadi. Kondensator ishi harorat, berilayotgan qo‘rg‘oshinning soni va gaz oqimining tezligi orqali boshqariladi.
Ikkilamchi materiallarning qayta ishlanishni hisobga olgan holda shaxtali eritish natijasida ruxni umumiy ajratib olish darajasi 92—93 foizdir. Olingan rux quyidagi tarkibga ega: % 1,1—1,3 qo‘rg‘oshin; 0,03—0,15 kadmiy; 0,001—0,008 mishyak; 0,015—0,028 temir; 0,01—0,05 mis; 0,005—0,15 qalay.
Jarayonning likvatsiyasini va ruxning vakuum bug‘lanishini birlashtirish mumkin. Bunda vannadagi pastki qismli sovuq qo‘rg‘oshin kondensatorga qaytariladi, yuqori qismdagi issiq rux esa toza holatda bug‘ shakliga o‘tadi. Hozirgi davrda kollektiv rux-qo‘rg‘oshin konsentratini ajratmasdan, qayta ishlash dunyoda keng tarqalayapti. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bunday jarayonni qo‘llash judayam katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytda rux-qo‘rg‘oshin kollektiv konsentrat ajratilib, alohida qayta ishlashga mo‘ljallangan. Rux konsentrati kombinatda qayta ishlanib, toza metall olinadi. Qo‘rg‘oshin konsentrati esa qayta ishlanmasdan chetga arzon narxda sotiladi. Bu tadbir kombinatning iqtisodiyotini barqarorlashtirishga yordam bermaydi. Shuni ham aytish kerakki, rux konsentratida 2— 6 foizgacha mis bor. Hozirgi paytda mis molibden yarimmahsulotiga o‘tib, isrof bo‘layapti. Shaxtali eritishda esa mis, maxsus shteyn fazasida to‘planib, foydali mahsulotga o‘tish imkoniyati bor. Bu mineral zaxiralardan to‘laroq foydalanishga va isrofgarchilikni yo‘qotishga keng yo‘l ochib beradi.