Mundarij a ishning umumiy tavsifi asosiy qism I. Bob. Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy»



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə5/10
tarix14.11.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#69115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ilmiy izlanishi

1.2. «Qisasi Rabg‘uziy» asarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni. Rabg‘uziy zamonasining yetuk shoiri, nosiri, iste'dodli tarjimoni va taniqli tarixchisi bo‘lgan. Adib qalamiga mansub qator turkiy, arabiy she'rlar, arabchadan o‘girilgan she'riy tarjimalar fikrimiz dalilidir. Adib yashagan XIII-XIV asrlar o‘zbek adabiyoti tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Ya’nikim, shu davr adabiyoti keyingi davrlardagi adabiyotning rivoji uchun muhim ko‘prik vazifasini o‘tadi. Xususan, «Qisasi Rabg‘uziy» dan oldin yaratilgan badiiy asarlardagi janrlarni tasnif qiladigan bo‘lsak, salmoq jihatdan ancha kam. Buni Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (XI asr), Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» (XII asr), Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» (XII asr) asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu asarlarda xalq og‘zaki ijodining ta’siri seziladi. ularda lirikaning hajman kichik janrlaridan foydalanilgan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida lirikaning kichik janrlaridan biri to‘rtliklarni uchratamiz. Asarda 170 dan ortiq to‘rtliklar mavjud bo‘lib, unda axloq va odob, ta’lim-tarbiya, hamda ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlari olam va odam o‘rtasidagi masalalar talqin etilgan. Yusuf Xos Hojib hukmdor shaxs kamolotini, uning adolatida deb biladi va o‘z asarini adolatga erishish uchun yo‘riqnoma sifatida yaratadi. Keyingi davrda yaratilgan durdona asar Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul- haqoyiq» asarida ham lirikaning to‘rtlik shakli uchraydi. Ushbu to‘rtliklar didaktik xarakterga ega bo‘lib, ularning asosini ilm va jaholat, til va odob-axloq, dunyoning o‘tkinchiligi, saxovat va baxillik, kamtarinlik va kibr singari masalalar tashkil qiladi.Lirik janrlarning taraqqiy etishi jarayonida Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Yassaviy she’rlarida xalq og‘zaki ijodi ruhi sezilib turadi. Buni she’r misralaridagi hijolarning miqdor jihatidan tengligi, ya’ni barmoq vaznida ekanligi va she’rlarning og‘zaki tarzda tarqalganligidan ko‘rishimiz mumkin. Ahmad Yassaviy ijodi yangi janr, ya’ni hikmat janrining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviy qariyb bir davrda ijod etgan, lekin ikkala ijodkorning shoir sifatidagi uslubi bir-biridan farq qiladi. Ahmad Yugnakiy ijodida insonning bu dunyoda yashashi va doimo ikki qutb: yaxshilik va yomonlik o‘rtasida turishi kabi jihatga e’tibor kuchli. Hayotdagi ijtimoiy masalalar tasviri yetakchi. Ahmad Yassaviy ijodida yaxshilik va yomonlik umumiy talqin etilgan va shu bilan birgalikda bu dunyodan voz kechish g‘oyasi yetakchi hisoblanadi. Bu ikkala ijodkor she’rlarida ijtimoiy muhit ta’siri mavjud. Rabg‘uziy asari esa ulardan farqli ravishda yaratilgan. Ya’ni Rabg‘uziy o‘zi yashab turgan davrdan chekinib, omma uchun o‘qimishli bo‘lgan, payg‘ambarlar qissasini yaratdi. O‘z asarini barchaga qiziqarli bo‘lishi uchun she’riy parchalar bilan bezadi. O‘z navbatida, badiiy tasvir vositalaridan ham yetarlicha foydalandi. Rabg‘uziy yashagan davrdagi adabiy muhit o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Ya’ni bu paytda adabiy aloqalar rivojlana boshlagan, arab, fors-tojik adabiyotining, xususan, lirikasining janrlari turkiy adabiyotga ham ko‘chib o‘ta boshladi. Lirik janrlarning o‘zbek adabiyotidagi shakllanish jarayoni uzoq davrni talab qilmagan. Ya’ni, XI-XV asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi.

  1. 2- chizmalarga qarang.)

Turkiy adabiyotda lirik janrlarning ilk namunalari «Qisasi Rabg‘uziy» hamda «Muhabbatnoma» asarlarida uchraydi. Yuqorida nomlari keltirilgan adiblar hayotni tasvirlash mahoratidagi umumiy jihatlar ega bo‘lish bilan birga o‘zlarining ijodkorlik uslublari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu jihatni Rabg‘uziy ijodida ham ko‘rishimiz mumkin.
Rabg‘uziy har bir qissa boshlanishida payg‘ambarlarning sifatlarini bayon etuvchi madhiyalar keltiradi. Bu madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosa va xotimalari she’r bilan yozilgan. She’rlar ko‘proq o‘zbek tilida, ba’zilari esa arab tilidadir. Asarda keltirilgan she’riy parcha va g‘azallar badiiy saviyasi bilan Rabg‘uziyning talantli shoir ekanidan ham dalolat beradi. Ikkinchi tomondan bu hol XIV asr o‘zbek adabiyotida g‘azal janrining paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
Asarda mumtoz lirikaning asosi hisoblangan g‘azal janrining turkiy adabiyotdagi ilk na’munalari uchraydi. Bundan tashqari, to‘rtlik hamda musammat shakllari ham mavjud. Ularni ko‘zdan kechirar ekanmiz, adib Nosiruddin Rabg‘uziyning yuksak badiiy mahorati atroflicha namoyon bo‘ladi.

  1. chizma.


2-chizma.


Xulosa qilib aytganda, bizning ushbu tadqiqotimiz XIII-XIV asrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo‘lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e`tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg‘uziy va uning bebaho asari «Qisasi Rabg‘uziy» («Qissasul-anbiyo») asari haqida bo‘lib, asardagi badiiy xususiyatlar talqini, Rabg‘uziyning shoirlik mahorati, she’rlarining janriy tahlili, qolaversa, lirik parchalarning asarda bajaradigan vazifasi kabi masalalar haqida baholi qudrat o‘z fikr-mulohazalarimizni berishga harakat qilganmiz. Chunki badiiy adabiyotimizdagi ko‘plab elementlar ilk marotaba Rabg‘uziyning yozuvchilik mahoratida nomoyon bo‘lgan.





Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin