Mundarij a ishning umumiy tavsifi asosiy qism I. Bob. Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy»


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə3/10
tarix14.11.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#69115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ilmiy izlanishi

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Nosiruddin Burhoniddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asari mumtoz adabiyotimiz, xususan, XIII-XIV asrlar adabiyotining nasr taraqqiyoti, qolaversa, mumtoz poeziyaning shakllanishi va rivoji uchun xizmat qilgan noyob durdonadir. Shunga ko‘ra asardagi lirik janrlarning namunalarini badiiy tadqiq etish, g‘oyaviy-badiiy jihatdan o‘rganish vа shu аsоsdа musallas va g‘azal tаrаqqiyoti hаqidа umumlаshmа fikrlаr bеrishni o‘z oldimizga maqsad qildik.
Ishda ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutiladi:

  • Nosiruddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asari va uning manbaalari haqida umumiy ma’lumot berish;

  • Rabg‘uziy yashagan davr adabiy muhiti hamda shu davr lirik janrlai haqida mа’lumоt bеrish;

  • «Qisasi Rabg‘uziy» asaridа mavjud g‘azal, musammat, musallas, to‘rtlik va boshqa janrlar tushunchаsigа ilmiy-nаzаriy jihаtdаn izоhlаr vа tа’riflаr bеrish;

  • Rabg‘uziy ijodidagi g‘azallarni g‘oyaviy-badiiy hamda poetik jihatdan tahlil qilish, ilk turkiy g‘azallarga fikr bildirish;

  • musаmmаt shаkllаri, хususаn, musallasning taraqqiyoti xususida fikr-mulohazalar bildirish;

  • «Qisasi Rabg‘uziy» dagi musallasning badiiy-g‘oyaviy tahlil tahlilini bеrish;

  • Asardagi to‘rtliklarni tasniflash, ularning joylashish o‘rni, qofiyalanishi hamda g‘oyaviy-badiiy maqsadini aniqlash;

  • Asardagi xalq og‘zaki ijodi namunalariga qisqacha to‘xtalish hamda boshqa she’riy parchalarning tahlilini keltirish;

  • Rabg‘uziyning shoir sifatidagi uslubi hamda badiiy mahoratini aniqlash;

  • «Qisasi Rabg‘uziy» dagi she’rlar pоetikаsi hаqidа umumlаshmа fikrlаrni bеrish.

Ishning ilmiy yangiligi. Mazkur mаlаkаviy bitiruv ishi milliy istiqlol g‘oyasi talablari asosida mumtoz adabiyotimizning yetuk iste’dodi Nosiruddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi she’riy parchalarning janriy tahliliga bag‘ishlangan maxsus tadqiqot ekanligi bilan ahamiyatlidir. Mazkur mavzuga oid fikrlar bir qancha olimlar tomonidan bildirilgan, lekin alohida tadqiqot sifatida ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Shu boisdan biz, XIII-XIV asrlar o‘zbek adabiyotida Rabg‘uziy asarining tutgan o‘rni, xususan, lirik janrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirishga harakat qildik. Bu borada bizga prezidentimizning mumtoz ma’naviy merosni qayta tiklash haqidagi shiorlari dasturul amal bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqotimiz bevosita ma’naviy merosimizni tiklashga, mumtoz adabiyotimizni mukammal o‘rganish borasidagi harakatlarimizning debochasidir.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin