Mundarij a kirish


Visual dasturlash muxiti sharofati bilan siz obe’kt bilan ko’z oldingizda va natijasini oldindan bilgan holda ishlashingiz mumkin. Delphi



Yüklə 405,9 Kb.
səhifə9/17
tarix19.04.2023
ölçüsü405,9 Kb.
#100356
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
DELPHI ДАСТУРИДА ОПЕРАТОРЛАР, ПРОЦЕДУРАЛАР, ФУНКЦИЯЛАР

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Nurbek
Visual dasturlash muxiti sharofati bilan siz obe’kt bilan ko’z oldingizda va natijasini oldindan bilgan holda ishlashingiz mumkin.
Delphi dasturlash tilida dastur va foydalanuvchi o’rtasida o’zaro aloqani tashkil qilish uchun xodisalarni boshqarish metodlaridan foydalanamiz.
Delphi da xodisalar bilan dinamik dasturlashni tushuntirish uchun qo’yidagi misolni keltiramiz. YA’ni firma va uning ishchilari. Xar bir ishchining kompaniyadagi o’z o’rnini darajasini belgilab beruvchi o’zining majburiyati va vazifasi bo’ladi. Kompaniya tashqi dunyo bilan ro’y berib turadigan xodisalar orqali o’zaro aloqada bo’ladi. Masalan telefon qo’ng’irog’i, xat, faks, xizmat safari va hokazolar. Har bir hodisa mos ravishda biriktirilgan xizmatchilar bilan ro’y beradi. Masalan Nurbek ga xat yoki faks jo’natildi, Nurbek ushbu xat yoki faksni oluvchi hisoblanadi. Nurbek boshqa xat yoki faksni olishi mumkin emas. Bu keltirilgan misolda Nurbek hodisani bajaruvchi bo’ladi. Ushbu misoldagi kabi Delphi sichqoncha, klaviatura va tizimli hodisalarga «hodisa-signal» shaklda javob beradi.
Windows uchun tuzilgan programmaning ichki tuzilishi konsol programmalarning ichki tuzilishidan farqlanadi. Dastur bajarilishida kalit so’zlar bo’lgan begin va end orasiga olingan operatorlarni windows boshqacha shaklda boshqaradi, yani ularni hodisa deb qaraydi. Har bir hodisaning o’ziga mos xossalari mavjud. Dasturlashda bu xossalardan keragini tanlab ishlatiladi. Bu tanlash ob’ektlar inspektorida qilinadi. Ob’ektlar inspektori ikki qismdan iborat Properties yani xodisalar va Events xossalar. Delphi ning xarakterli tomoni shundan iboratki, agar biz biror kompanentadan foydalansak, ob’ektlar inspektori unga mos xodisalarni ajratib ko’rsatib turadi. Masalan biz biror yangi forma xosil qilgan bo’lsak, ob’ektlar inspektorida caption da Form1 yozuvi turadi. Agar biz xoxlasak Form1 ning o’rniga yangi o’zimizning programmaga mos nomimizni berishimiz mumkin. Har bir kompanentaga obektlar inspektorida unga tegishli xodisa va shu xodisaga mos xossalar bo’ladi.
Delphi dasturlash tilining yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, agar biz dasturda biror tugmaga qandaydir vazifani yuklamoqchi bo’lsak, shu tugmaning ustida sichqonchani ikki marta chertilsa, shu tugmaga mos keluvchi proSeduraning ichiga avtomatik ravishda kiritib qo’yadi. Bundan tashqari dastur tuzish jarayonida formadan modulning ichiga va moduldan formaga o’tishga extiyoj bo’ladi, buning uchun asboblar panelidan Toggle Form-Unit tugmasi tanlanadi yoki F12 tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 405,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin