Mundarij a kirish



Yüklə 405,9 Kb.
səhifə8/17
tarix19.04.2023
ölçüsü405,9 Kb.
#100356
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
DELPHI ДАСТУРИДА ОПЕРАТОРЛАР, ПРОЦЕДУРАЛАР, ФУНКЦИЯЛАР

Vizual dasturlash muxiti.

Algoritmni ifodalash uchun dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qo’llaniladi. buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir ma’noli va EXM tushuna oladigan ko’rinishda tavsiflanishi zarur. Uning tarkibida cheklangan sonlarga sintaksis konstrukSiyalar to’plami bor bo’lib, u bilan algoritm yaratuvchi tanish bo’lishi kerak. Ana shu konstrukSiyalardan foydalanish buyruq va ko’rsatmalar forma ifodalarga ega bo’lishi kerak.
Zamonaviy dasturlash tillari EXMning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va EXM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning uchun dasturlash tilidan mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur translyatordan foydalaniladi. Dasturni translyaSiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga ajraladi. Avval barcha dastur translyaSiya qilinib, so’ngra bajarish uslubida ishlaydigan translyatorlar kompilyatorlar deb ataladi. Dastlabki tilning har bir operatorining o’zgartirish va bajarilishini ketma-ket amalga oshiradigan translyatorlar interpretatorlar deb ataladi. Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo’llash qoidalarini o’z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir-biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi (ma’no va mazmun) bilan farq qiladi.
Alifbo-tilda qo’llaniladigan ko’plab turli ramziy belgilar, xarflar, raqamlar, maxsus belgilardir. Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog’lanish qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmunini ifodalaydi. Dasturlash tillari mashinaga bog’liq va mashinaga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi. Mashinaga bog’liq tillar, o’z navbatida mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. mashina tili 0-daraja deb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkiga bo’linadi:
Birinchisi proSeduraga mo’ljallangan tillar bo’lsa, ikkinchisi- muommoga mo’ljallangan tillar.
ProSeduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni echish algoritmlarini (proSeduralarini) tavsiflashga mo’ljallangan. SHuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib algoritmik tillar deb ataladi.
Ushbu tillar echilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la xisobga oladi va EXMning turiga deyarli bog’liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingiliz tiliga yaqinroq.
ProSeduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxasisilar foydalanadilar. Bunda ulardan EXMning tuzilishini mumkammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar EXMda masala echish usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi masalani ta’riflashi, boshlang’ich ma’lumotni berishi va natijani chiqarishni talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
Oxirgi bayon qilingan ya’ni muommoga mo’ljallangan tillar Visual dasturlash muxiti tillari deyiladi.Visual dasturlash muxiti bu-dasturchi dastur tuzayotgan paytda dasturning ko’rinishi va natijasini oldindan o’z ko’zi bilan ko’ra olish va uni o’z maqsadalriga muvofiq holda boshqarib borish imkoniyati bor bo’lgan dasturlash muxitidir.

Yüklə 405,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin