Mundarija : Kirish bob. Adabiyotlar shahri tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlari Tuproqning kimyoviy tarkibi Tuproq granulometrik fraksiyalarining kimyoviy tarkibi
M U N D A R I J A : Kirish …………………………………………………………………………
BOB. ADABIYOTLAR SHAHRI …………………………………
Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlari………………………………………………………………….
BOB. TUPROQDAGI MIKROELEMENTLAR TURLARI VA AHAMIYATI………………………………………………………………………
2.1. Tuproqdagi mikroelementlar miqdori birlamchi minerallar………………………
2.2. Mikroelementlarning o’zlashtiriladigan shakli, fermentlarning faol markazi...........
2.3.Tuproqning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligida pestitsidlardan foydalanish…………………………………………………………………………..
BOB. TUPROQ PROFILI BO’YICHA IKROELEMENTLARNI TAQSIMLANISHI……………………………………………………………….
Xulosa …………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………..
Kirish Tuproq – bu gumusning mavjudligi, o‘ziga xos morfologiyasi, iyerarxik strukturasi, global funksiyaslari bilan nurash po‘stlog‘idan farq qiladigan yangi yaralgan spesifik biokos tabiiy jismdir.
Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqlar tarkibi turli katta-kichiklikdagi zarralar, jumladan birlamchi minerallarning yirik donachalaridan tortib, mikronlar bilan o‘lchanadigan eng mayda kolloid zarrachalari to‘plamidan tashkil topgan. Tuproqning mexanik tarkibi asosan ular hosil bo‘lgan tuproq paydo qiluvchi ona jinslaridan o‘tgan va tuproq paydo bo‘lish jarayonida kam o‘zgaradi.
G‘ovak tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning hosil bo‘lishi va boshlang‘ich jinslar xarakteriga bog‘liq. Tog‘ jinslarining nurash mahsulotlari parchalanishi, suv va shamol oqimlari ta‘sirida ko‘chirilish va yotqizilishi jarayonida ularning qayta saralanishi va yer yuzasida yirik bo‘lakli jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi. Bunda allyuvial va eol yotqiziqlari tarkibi bir-biriga o‘xshash, yaxshi saralangan qum, qumloq, soz zarrachalarini ko‘p saqlaydigan holga o‘tadi. Muz, muz-suv, delyuvial va prolyuvial yotqiziqlari esa yomon saralangan, har xil kattalikdagi zarra (bo‘lak)lar aralashmasidan tashkil topgan.
Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlang‘ich ona jinslardan o‘tgan, albatta asosiy qismi shunday kelib chiqishga ega bo‘lsa ham, ammo bir qismi tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘lgan. Ular tuproqda sodir bo‘ladigan: maydalanish, erish, gidroliz, cho‘kmaga tushish, gumus xosil bo‘lish va boshqa turli xildagi hodisalar ta‘sirida doimo o‘zgarib turadi. Shuningdek ko‘pchilik tuproqlarda mayda mexanik elementlarning tuproq profili bo‘ylab xarakatlanish jarayoni tufayli ustki gorizontlarda ularning kamayishi va pastkilarida esa ko‘payishi kuzatiladi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona jinslaridan o‘tgan) yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. Tuproq — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (q. Tuproq unumdorligi). T. ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklarva hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt utishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimita va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz mikdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi(gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak katlam — tuproq paydo boʻladi. Iklim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning Tuproq hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos Tuproq tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol Tuproq, dashtlarda qora va kashtan Tuproq choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir tuproqlar va b (q. Tuproq zonasi).
Odamning xoʻjalik faoliyati qam Tuproq hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va b. bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda Tuproq hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.
Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproq lardagina emas, balki bir Tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil kiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar Tuproq massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi Tuproq gʻovakligi deyiladi. Tuproq gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli Tuproqning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostrukturaelementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng.