Biometrik tizimlar. Biometrik qurilmalar tirik organizmning fiziologik yoki
odatiy (g‘ayri-ixtiyoriy) xarakateristikalariga asoslangan.
Keng tarqalgan biometrik usullarga quyidagilar taalluqli (1.2-rasm):
-
barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini skanerlash usuli har bir inson
barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan. Barmoq izi
skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng qo‘llaniladi;
-
qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha. Ushbu usul qo‘l panjasining
shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining samaradorligi barmoq
skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi;
-
ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning orqa
devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. Shu tariqa
yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi;
-
ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘ insonning
eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi shundaki, masofadan
skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv kameralari bilan integrallashga imkon
beradi;
-
yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli qiyofasini
qurishga asoslangan;
-
qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus iboraning
grafik identifikatsiyasiga asoslangan;
-
klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan matnni
klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan;
-
ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik
xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga bog‘liq.
Barmoq izi Yuz tasviri Ko‘z qorachig‘i Ovoz 1.2-rasm. Biometrik namunalarga misollar Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr
quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
-
universal bo‘lishi – biometrik parametrlar barcha foydalanuvchilarda
bo‘lishi;
-
farqli bo‘lishi – barcha insonlarning tanlangan biometrik parametri bir-
biridan farqlanishi;
-
o‘zgarmaslik – tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarmay qolishi;
-
to‘planuvchanlik – fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan bo‘lishi.
Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning autentifikatsiya jarayonga
e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Biometrik tizimlarning eng ishonchligi – ko‘zning rangdor pardasi yoki ko‘z
to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq skaneri va bir vaqtda
barmoq izi va ko‘zning rangdor pardasidan foydalanuvchi kombinatsiyalangan
qurilmalar eng yuqori aniqlikni ta’minlaydi.
Biometrik atributlar bo‘yicha autentifikatsiyalashning o‘ziga xos
xususiyatlari va kamchiliklari mavjud:
-
biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan;
-
ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning
ta’sirchanligini hisobga olish lozim;
-
aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va sog‘lig‘iga
bog‘liq;
-
hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari barcha vositalar yetarlicha
qimmat;
-
davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida foydalanuvchilarda
ishonchsizlikning mavjudligi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi quyidagi
ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
-
FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar
chastotasi;
-
FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar
chastotasi.
1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro bog‘langan: bir
parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi shunchalik yomon bo‘ladi, ya’ni, bu
yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal biometrik tizimda xatolikning ikkala
parametri nolga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu sababli
nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi.