Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur magistrlik
dissertatsiyasi ishining maqsadi – bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiya
usullarini tahlillash va unga asoslangan namunaviy ko‘rinishdagi dasturiy vositani
ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
mavjud foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash usullarini tahlil qilish;
bir martali parollarni generatsiyalash va yetkazish usullarini tahlil
qilish;
bir
martali
parollarga
asoslangan
foydalanuvchilarni
autentifikatsiyalash usullarini tahlil qilish;
bir martali parollarga asoslangan ikki faktorli autentifikatsiya usuli va
uning namunaviy dasturiy vositasini ishlab chiqish.
Ilmiy tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.Ikki faktorli
autentifikatsiyalashda bir martali parollarning o‘rni muhim.
Mavzu bо‘yicha qisqacha adabiyotlar analizi. Autentifikatsiya tizimlari
uchun bir martali parollarni generatsiyalash, xususan, parollarni saqlash, ularni
uzatish va xavfsizlik xususiyatlari bо‘yicha tahlil qilish sohasida L.Lamport,
M.Sandirigama, A.Shimizu, W.C.Ku va boshqa chet ellik olimlar hamda RSA
laboratoriyasi (John Brainard, Ari Juels, Michael Szydlo, Moti Yung va boshqalar),
Microsoft laboratoriyasi (Stuart Schechter, Serge Egelman, Serge Egelman) kabi
xalqaro tashkilotlar tomonidan injenerlik-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
О‘zbekistonda S.K.Ganiyev, M.M.Karimov, P.F.Xasanov, D.YE.Akbarov
boshchiligidagi ilmiy jamoalar tomonidan axborot tizimlarining himoyalanganligini
tahlil qilish, autentifikatsiya vositalarini ishlab chiqish, autentifikatsiya usullarini
takomillashtirish va parollarni xavfsiz uzatish usullari о‘rganib chiqilgan.
Bundan tashqari turli ilmiy jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqola va Internet
ma’lumotlaridan foydalanildi.