Mundarija 1-bob turizm xizmatilarining o’ziga xosligi


Turistik xizmarlarning turlari va o’ziga xosligi



Yüklə 429,18 Kb.
səhifə5/11
tarix16.06.2022
ölçüsü429,18 Kb.
#61591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15.04Turistik xizmatlarning turlari va xususiyatlari (1)

1.2 Turistik xizmarlarning turlari va o’ziga xosligi
0 ‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunidagi ayrim moddalarda turistik xizmatlar bilan bog‘liq tushunchalaming ta’rifi berilgan. Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistik xizmatlar turistik faoliyat subyektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», deb ta’riflanadi. Qonunning 11-moddasi «Turistik sayohat va turistik xizmatlar majmui», deb nomlanib, unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi: «Turistik sayohat yakka tartibda yoki turistlar gumhi tarkibida amalga oshiriladi.
Turistik xizmatlar majmui transport xizmati ko‘rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‘rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish, turistlar bo‘sh vaqtini mazmunii o‘tkazish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladt». Qonunning 10- moddasi: «Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish», deb nomlanib, unda quyidagi jumlalami o‘qiymiz: «Turistik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va sertifikat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Turistik faoliyat subyektining turistik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishning natijasi salbiy boMishi, shuningdek, sertifikatning amal qilishini bekor qilish turistik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo'yishiga yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‘ladi». Qonunning 12- moddasi: «Turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi», deb nomlanib, quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Turistik xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘- lami va sifati, taraflaming huquqlari hamda majburiyatlarini, haq to‘lash va hisob-kitoblar tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini va uni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek, taraflaming kelishuviga ko‘ra boshqa shartlami belgilaydi». Bizning nazarimizda, turistik xizmatlar sayohat davomida turistning barcha ehtiyojlarini qondirishga va ta’minlashga qaratilgan hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, turiga va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga to‘la javob berishi kerak. Turistik xizmatlar - turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta’minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, xarakteriga va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi boMmasligi kerak. Davlat standarti ta’rifiga ko‘ra, turistik xizmatlar - turistlaming ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turizm tashkilotlarining faoliyati mahsulidir. Xizmatlar - bu iste’mol tovarlarining o'ziga xos turidir. Xizmat bevosita iste’mol jarayonida yuzaga keladi va alohida holda bo'lmay114 di, bu xizmatning moddiy tovarga nisbatan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar iste’molchiga olib kelib beriladi, turistik xizmatda esa iste’molchi bevosita xizmatning amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham turistik xizmatlarni shakllantirish va sotish moddiy tovarlami sotishga aloqador bo‘lgan qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi.
Turistik xizmatlar ikki turga boʻlinadi: asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar. Ularning bir-biridan farqli tomonlari quyidagilardan iborat:
Asosiy xizmatlar(yashash, ovqatlanish, transport, turistik xizmatlar) - tur shaklida (paketda) kompleksda sotib olinadigan maqsadli xizmatlar. Asosiy xizmatlardan foydalanish turistik vaucher bilan kafolatlanadi. Asosiy xizmatlar turistik iste'molga yo'naltirilgan bo'lib, asosiy korxonalar tomonidan taqdim etiladi.
Qo'shimcha turistik xizmatlar- ko'rsatilgan joyda qo'shimcha haq evaziga olinishi mumkin bo'lgan xizmatlar. Ushbu xizmatlarning narxi tur narxiga kiritilmagan. Ikkilamchi korxonalar tomonidan turistlarga ham, mahalliy aholiga ham qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi.
Yuqoridagi farqlardan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha turistik xizmatlar deganda, turpaketda nazarda tutilmagan, turist sayohat davomida o‘zining qo‘shimcha toiovi asosida amalga oshiriladigan xizmatlar tushuniladi.

Yüklə 429,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin