Mundarija: 1



Yüklə 195,52 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü195,52 Kb.
#198741
  1   2
Mundarija 1-fayllar.org


Mundarija: 1





Mundarija:




1

Kirish




I BOB. Sho‘rlangan tuproqlar, ularning turlari. Sho‘rhoq va sho‘rhoqsimon, sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar




1.1

SHo‘rxok va sho‘rhoksimon tuproqlar.




1.2

SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar.




1.3

SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarning morfologik belgilari, sho‘rlanish darajalari va sho‘rlanish tiplari bo‘yicha klassifikatsiyalari.




II BOB. Tuzlar va ularning o‘simliklarga ta’siri. O‘simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi.




2.1

Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri.




2.2

Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi va chidamliligini oshirish yo‘llari.




2.3

Tuproq tarkibidagi tuzlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori.







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar




KIRISH

O’zbekistonning Respublikasida yangi agrar islohatlarning amalga oshirilishi munosabati bilan qishloq xo’jaligini yildan- yilga yangi texnika, mineral o’g’itlar va o’simliklarni himoya qilish bilan taminlash yaxshilanmoqda, keng miqyosda irrigasiya va meliorasiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo’jaligidan olinadigan mahsulotlarning 95 % ni tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli, arzon mahsulot olish muhim muammo bo’lib qolmoqda.

O’zbekistonda tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyasi, garmsel shamoli va suv ta’minotining pastligi, qumliklarning kuchayishi tufayli sug’oriladigan yerlardagi qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi taxminan 50-60% gacha kamayib, sifatsiz va zaiflashgan bo’ladi.

Masalan, sho’rlangan yerlarda paxta va bug’doy hosildorligi 40-50 s/ga gacha bo’lsa, sho’rlangan yerlarda esa uning hosildorligi 15-20 s/ga dan oshmaydi. Tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi va eroziyasi natijasida daraxtlar quriydi, o’simliklar o’sish va rivojlanishdan to’xtaydi, binolar, yo’llar, ko’priklar, gidrotexnik inshootlar yemiriladi.

Yerlarni meliorasiya qilish natijasida sho’rlanish, botqoqlanish, eroziya va boshqa barcha tabiiy va antropogen zararli oqibatlar bartaraf qilinadi.

Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, sug’orish ishlarini rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa meliorativ tadbirlar dehqonchilikning madaniy saviyasini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligining iqtisodiy rivojlanishiga asosiy omil bo’ladi.

Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar qishloq xo’jaligidan olinadigan umumiy mahsulotlarning 95% ini tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori, sifatli va arzon maxsulot olish eng muham vazifa bo’lib kelmokda. Bu vazifalarni hal qilishda meliorasiya fanining ahamiyati juda kattadir. Chunki sug’oriladigan yerlarning 55-60% i sho’rlangan va botqoqlangan, 50% i eroziyalangan, 10-12% i gipsli, karbonatli tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug’oriladigan yerlar tarkibida juda unumsiz Qum va qumloq, toshloq, shag’al tuproqlar keng tarqalgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan yerlardan unumli foydalanish uchun meliorasiya tadbirlari zaruriy omillardir.

Respublikamizning umumiy yer maydoni 2001 yil 1 yanvardagi malumot bo’yicha 44896,9 ming gektar, shundan sug’oriladigan maydon 4 mln. 273,3 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,5 % ni tashkil qiladi, bundan 650 ming gektar aholiga xususiy tamorqa sifatida berilgan.

So’ngi 50 yil moboynida sug’oriladigan yerlar maydoni 2,46 mln gektardan 4,28 mln gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985 yillar moboynida 1mln gektarga yaqin yer o’zlashtirib, 1990 yilda yer maydoni 1985-yilgacha nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyib 50 foizini meliorativ holati yomon va shubilan bir qatorda 1990 yilgacha qadar sug’oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda (2008 y) paxta maydoni 1430 ming gektarni tashkil qilib, uning hosildorligi gektaridan 25,3 sentnerni yalpi hosil 3440 ming tonnani, sug’oriladigan yerlarda (2010 yil) g’alla esa 1310 ming gektarni, hosildorligi 50,2 sentner, yalpi hosil 7330 ming tonnani tashkil etdi.

Yana aytib o’tish kerakki Respublikamizda sug’oriladigan maydonlarining 1083,8 ming ga maydonda sizot suvlarining sathi 2 metrgacha joylashgan, mineralizasiyasi 3 g/l dan oshiq bo’lgan maydonlar 810,4 ming ga ni tashkil etmoqda. Bunday xol sug’oriladigan yerlardan bug’lanishning oshishiga, tuproqlarni ikkilamchi sho’rlanishiga va suv resurslarini ortiqcha sarflanishiga olib keladi.

Tuproqni har tomonlama yaxshilash, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo’jaligini kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish ko’p jihatdan uning eng muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o’rganishga bog’liq. Bu eng avvalo tuproqqa tegishli bo’lib, undan oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, tuproqning sifati, bonitirovkasi, iqtisodiy bahosini, muxofazasini bilish, tuproqqa ishlov berish usullari, o’g’itlash, tuproqning fizik xossalari asosida, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnologik ketma-ketlikdan foydalanish, tuproq eroziyasiga, sho’rlanishiga, zichlanishiga va boshqalarga qarshi tadbirlar muayyan elementlar aniq qonunchilik yuli bilan boshqarishni talab qiladi.

I BOB. SHO‘RLANGAN TUPROQLAR, ULARNING TURLARI. SHO‘RHOQ VA SHO‘RHOQSIMON, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI TUPROQLAR

1.1 SHo‘rxok va sho‘rhoksimon tuproqlar.

Yer qatlamlarida suvda yeriydigan ko‘p miqdorda tuzlari bo‘lgan tuproqlarga sho‘rlangan tuproqlar deyiladi.

SHo‘r tuproqlar yer yuzasining quruq cho‘l, yarim sahro va sahro mintaqalarida keng tarqalgan.

O‘zbekistonda sho‘rlangan yerlar maydoni 750 ming km2ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug‘oriladigan maydoni 4,3 mil. gektar bo‘lsa shundan 55 % sho‘r yerlar hisoblanadi.

SHo‘rlangan yerlar ikki guruhga bo‘linadi:

1. SHo‘rxoksimon va sho‘rxok yerlar.

2. SHo‘rtob va sho‘rtobli yerlar.

SHo‘rxoksimon va sho‘rxok tuproqlar yer yuzining qurg‘oqchil mintaqalarida shu jumladan O‘zbekistonda keng tarqalgan.

SHo‘rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

1. SHo‘rlanmagan-tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo‘lib, tuzlar miqdori 0,3 % dan oshmaydi.

2. Kuchsiz sho‘rxoksimon-tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo‘lib, tuzlar miqdori 0,3-0,6 % bo‘ladi.

3. SHo‘rxoksimon-tuzli qatlam 30-80 sm chuqurlikda bo‘lib, tuzlar miqdori 0,6-1,0 % bo‘ladi.

4. SHo‘rxokli-tuzli qatlam 5-30 sm chuqurlikdan boshlanib, tarkibida tuzlar 1-2 % bo‘ladi.

5. SHo‘rxok-tuzlar qatlam yer yuzasidan boshlanib tarkibida 2% va undan ko‘p miqdorda tuzlar uchraydi.

SHo‘rxok tuproqlarning kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga ko‘ra quydagilarga bo‘linadi.

Ho‘l sho‘rxoklar, qatqaloqli sho‘rxoklar, mayin sho‘rxoklar, qora sho‘rxoklar.

Yerlarning melioratsiya qilishda sho‘r tuproqlarni sho‘rlanish darajalarini va sho‘rlanish tiplarining o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.

Tuproqdagi suvda yeriydigan tuzlarning miqdori va sho‘rlanishi darajasi laboratoriyada tuproqni kimyoviy analiz qilish yo‘li (suvli so‘rim analizi) bilan aniqlanadi.

Bunda tuproq yeritmasining (rN) reaksiyasi, tuproqning ishqoriyligi, xlor-ioni, sulьfat-ioni, kalьsiy, magniy natriy va suvda yeriydigan tuzlarning jami (quruq yoki qattiq qoldiq) aniqlanadi va shu analiz natijalari bo‘yicha tuproqning sho‘rlanish darajasi belgilanad SHo‘rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho‘rlanish darajasi va sho‘rlanish tiplari bo‘yicha klas-sifikatsiyalarga bo‘linadi.

1.29-rasm. Dunyo mamlakatlarida sho‘r tuproqlarning tarqalishi.

I.Sabolьchu bo‘yicha (qora dog‘lar sho‘r yerlar)

SHo‘rlangan tuproqlar

SHo‘rlangan (Solonchak- rus atamasi) tuproqlar deb o‘zida to‘yingan o‘tkazuvchanlik ekstrakti (ES) 4 dm/sm-1dan yuqori bo‘lgan va almashinuvchan natriy foizi (ESP) 15 % dan kam bo‘lgan tuproqlar tushuniladi. pH odatda 8.5 dan kam hisoblanadi. Ilgari bunday tuproqlar ustki qavati oq tuz bilan qoplanganligi uchun oq ishqor tuproqlar deb atalgan. SHo‘rlangan tuproqlar suvda yeruvchi tuzlarning to‘planishidan kelib chiqqan. SHo‘rlangan tuproqlar yeritmasidagi suvda yeruvchi tuzlarning ko‘pchiligi natriy, kalsiy, magniy kationlari, xlor, sulfat hamda biokarbonat anionlaridan tashkil topgan. Odatda kamroq miqdorda kaliy, ammoniy, nitrat va karbonatg ham mavjud bo‘ladi.

Yeruvchan tuzlarning manbalari.


Quyidagilar tuproqda to‘planuvchi suvda yeruvchan tuzlarning xar xil manbalaridir.


Birlamchi minyerallar kimyoviy jarayonlarda (gidroliz, gidratatssiya, yerish, karbonizatsiya, oksidlanish) turli xil Ca2+, Mg2+va Na+ kabi komponentlar asta-sekin ajralib chiqadi va yeruvchi tuzlarni hosil qiladi.


Quruq va yarim quruq iqlim-SHo‘rlangan tuproq ko‘pincha quruq va yarim quruq iqlimli yog‘ingarchilik darajasi past bo‘lgan va tuproqning bug‘lanish darajasi yuqori bo‘lgan mintaqalarda hosil bo‘ladi.


Yer osti suvlari –Agar yer osti suvlari tarkibida ko‘p miqdorda yeruvchan tuz bo‘lsa, bunday suv bilan sug‘orish tuproqda tuzlarning to‘plan-ishiga olib keladi.


Okean yoki dengiz suvi – Dengiz suvi yuzasidan (to‘lqinlar natijasida) ajralib chiqqan ko‘plab tuzlar tuproqqa tarqalib singadi va natijada tuproqning ustki qismida tuz qoplami hosil bo‘ladi. Dengizga yaqin bo‘lgan qurg‘oqchil hududlarda, shamol mavjud tuz miqdorini yildan -yilga uchirib, yer yuzasiga tarqatadi. Rajastondagi tuproqning sho‘rlanish jaryoni shu yo‘l bilan rivojlangan.


Minyeral o‘g‘itlarning me’yordan ortiq ishlatilishi – Natriy nitrat, chiqindi suvlari va shu kabi o‘g‘itlarning qo‘llanishi tuproqda ishqorning ko‘payishiga olib keladi.


Kelib chiqishi (genezisi)


SHo‘rlangan tuproqning vujudga kelish jarayoni “sho‘rlanish” deb ataladi. SHo‘rlangan tuproq ko‘pincha yog‘ingarchilik juda past va tuproqning bug‘lanishi yuqori bo‘lgan qurg‘oqchil yoki yarim qurg‘oqchil hududlarda hosil bo‘ladi. Ushbu hududlarda past yog‘ingarchilik darajasi muhitdagi yeruvchan tuz qol-diqlarini yuvishga etarli emas, shunday qilib, tuzlar tuproq yuzasida to‘planib qoladi. YOmg‘ir mavsumida tuzlar yomg‘ir suvida yeriydi va yerning quyi1qatlamlariga singadi. SHunga qaramasdan, kam yog‘ingarchilik tufayli pastga yo‘nalgan tuz qisqa masofada turib qoladi. Quruq iqlim sharoitida tuzlar suv orqali tepaga ko‘tariladi va dengiz suvi qoldirib ketgan tuzlardek yer sathini qoplaydi. YOmg‘ir suvining pastga va tepaga birin-ketin harakati tuz to‘plamlarining hosil bo‘lishiga olib keladi.

CHegaralangan drenaj yana bir omil bo‘lib, u tuproqning sho‘rlanish imkonni yaratadi va u ko‘proq yer osti suvining sathiga bog‘liq bo‘ladi.

Xususiyati


Agar tuproq loy qorishma bo‘lgan paytda ko‘p miqdorda natriy tuzidan iborat bo‘lsa, kalsiy almashuvchanlik afzalligini o‘zida mujassamlash-tiradi.


Tuzlar odatda sho‘rlangan tuproq tarkibida xlorid, sulfat, biokarbonat va ba’zida natriy nitratlari ko‘rinishida uchraydi.


Yeruvchan karbonat mavjud emas.


Anion, sulfat va xloridlar ichida nitrat va biokarbonatlarga qaraganda ko‘proq miqdorda uchraydi.


Natriy tuproqning yeritmasida kationning umumiy miqdoriga qaraganda 50 % kam.


Natriy xlorid va sulfatlarning mavjudligi ustki qismga oq rang byeradi va bunday tuproq “Oq ishqor” deb yuritiladi. Nitratlar miqdori ko‘p bo‘lsa ular tuproqqa malla (qo‘ng‘ir) rang byerishadi va bunday tuproq “Malla ishqor” deb ataladi.


tuproqda pH4dSm-1


SHo‘rlangan tuproqningso‘lish koeffitsienti juda yuqori.


Mavjud tuproqning namligi past.


Tuproqning yeritmasidagi tuzning ko‘p miqdori hujayra shirasiga (cell sap) qaraganda osmatik bosimni kuchaytiradi. Bu holat o‘simlik hujayra-larining tomirlariga oziq moddalar va suvni ushlab turishda qiyinchilik tug‘diradi.


Yeruvchan tuzlarning yuqori darajadagi to‘planishi o‘simliklarning ildiz shikastlanishi va urug‘larning unib chiqishini to‘xtab qolishiga olib keluvchi toksik ta’sir ko‘rsatadi. 2


SHo‘rlangan tuproqlar xususiyatining belgilar


Tuproqning sho‘rlanish jaryoning turli xil xususiyatlari


Tuproq yeritmasida yeruvchan tuzlarning to‘planishi – SHo‘rlangan tuproq tarkibidagi yeruvchan tuz to‘planishi juda yuqori bo‘lib, natijada tuproq yeritmasining osmotik bosimini ham juda yuqori bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘simlikning qurib qolishi va oziqa moddalar etishmasligiga olib keladi. Tuzning 0.1% miqdori o‘simlikning o‘sishiga zarar keltirishi mumkin.


Osmotik bosim (OP) – Tuproqning yeruvchanligining osmotik bosimi suvning yutib ketish hajmi hamda o‘simlikning sho‘r tuproqda o‘sganligi bilan bog‘liq. sho‘rlangan tuproqda tuz aralashmasida Osmotik bosim (OR) va elekrt o‘tkazgichlik (EC) quyidagi formulasida byerilgan:


OP=0.36 x ES dSm-1


Tuproqning ekstra-ktga to‘yingan elektr o‘tkazgichi (EC)- Tuproqning ekstraktida to‘yingan elektr o‘tkazgichining (EC) o‘lchashi o‘simlikning o‘sishida sho‘r tuproqni baholanishida ham muhim hisoblanadi.


EC (dSm-1)


2-4 -juda ta’sirchan, hosil yo‘qotilishi (chegaralanishi) mumkin.

4-8 -ko‘p hosil yo‘qotiladi (chegaralanadi).

8-16 -faqat chidamli ekinlar hosillari qoladi.

16 -faqat bir necha chidamli ekinlar hosillari qoladi.

(d)–yeritmada suvda yeruvchan Borning to‘planishi – yeruvchan Borning suvda to‘planishini aniqlash sho‘rlangan tuproqning yana bir xususiyatlari haqidagi belgi hisoblanadi. O‘simlikning o‘sishi uchun Borning to‘planishi haqidagi qisqa izoh quyida byerilgan:

Bor to‘planishi (ppm) mg/kg

0.7-1.5 -O‘rtacha

15 - Kam

(e) Tuproqning (strukturasi) tuzilishi – 0.1 % tuzdan tashkil topgan qumli tuproq umumiy hosilni shikastlaydi, ammo xuddi shunday tarkibdagi loy tuproq hatto ta’sirchan hosilga ham zarar etkazmasligi mumkin. Amyerikada sho‘rlanganlik laboratoriyasi tuproqning strukturasi (tuzilishi)ga bog‘liq bo‘lgan va sho‘r tuproqning xususiyati sifatida qo‘llani-layotgan to‘yinganlik foizi konsepsiyasini rivojlantirdi.

E. Melioratsiyasi (Qayta tiklash) (reclamation)

SHo‘rlangan tuproqlarni qayta tiklash asosan tuz qoldiqlarini yo‘qotishni ko‘zda tutadi. Bu quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:


Ustki qavatdan tuzni qirib olib tashlash.


Ularning pastki, o‘simlik ildiz qatlamidan yuqoriroq qismini yaxshilab yuvib tozalash


SHu ikkala metodlar bilan birgalikda yana tuzga chidamli ekinlarni etishtirish.


Tuzni yer sathidan qirib olib tashlash, toza yerda urug‘ning unishiga va yangi hosil olishga yordam byeradi ammo bu hech qachon to‘liq qayta tiklanishga yordam byeravyermaydi. Bunda yeruvchan tuzlarning qattiq miqdori tuproq qatlamlari to‘planib qolavyeradi va ekinlarni o‘sishini sekinlashtiradi.3

Ishqorli tuproq (Sodali/ Solonets)

Ishqorli yoki sodali tuproq deb tuproqlar deb o‘zida 4 dSm -1dan kam bo‘lgan to‘yingan o‘tkazuvchanlik ekstrakti va EPS15 tuproqlar tushuniladi. pH odatda 8.5 – 10.0 oralig‘ida hisoblanadi. Oldin bu tuproq “qora ishqorli tuproq” deb atalgan.

A. Kelib chiqishi

Aniqki, tuproq kolloidlari kationlarni o‘zining ustki qavatida shimib olib ushlab turadi.

Kationning so‘rib olinishi tuproq kolloidlarining yuzasida elektrik zaryadni hosil qiladi. Singish jarayoni paytida kationlar tuproq kolloidlari bilan kimyoviy birikishadi, balki ular tuproq yeritmasi tarkibidagi boshqa kationlar bilan almashinadi. Ushbu jarayoni kation almashinish deb ataladi va 100g/mg tuproq deb belgilanadi.

Arid mintaqalarda kalsiy va magniy tuproqning yeritmasida o‘rin almashinuvchi muhim kationlaridan hisoblanadi. Bu tuproq yeritmasida tuz miqdori ko‘p to‘plansa, ushbu reaksiyada birlamchi kationlarning asosiy qismini natriy tashkil etadi. arid hududlarda tuproq yeritmasining konsen-tratsiyasi bug‘lanish yoki suvning o‘simliklar orqali singishi natijasida yuzaga kelsa, natriyning to‘planishi natijasida, Ca2+va Mg2+ kationlari yeritmada CaSO4, CaCO3va MgCO3 holatida qatnashadi. Agar natriy kationning umumiy miqdoridan 50% ko‘p bo‘lsa, asl almashinish qismi sifatida kalsiy va magniy natriyning o‘rnini almashinishi evaziga ishqor tuproq hosil bo‘ladi.

TCK: Ca2++ 2 Na+ TSKNa+Na++ Ca2+

Reaksiya qaytariluvchi hisoblansada kalsiy o‘zi shakllanganidek drenaj suvini tozalaydi (yo‘qotadi). SHunday ekan, demak reaksiya faqat bir yo‘nalish bo‘yicha chapdan o‘ngga harakatlanadi. Bu hodisa yordamida normal tuproq ishqor tuproqqa aylantirildi va bu jarayon «ishqorlanish» deyiladi.

B. Xususiyatlari.

Quyida ishqorli tuproqning turli xil xususiyatlari keltirilgan:


Almashinuvchi natriyning to‘g‘ri aniqlanishi ishqorli tuproqni aniq bahosini (ishqor miqdorini) aniqlab byeradi.


Almashinuvchan Natriy = umumiy natriy- yeruvchan natriy


pH tuproq ham ishqorli tuproqni bilvosita ko‘rsatib byeradi. pH ning 1,0 yoki kuproq birlikda oshishi, namlik miqdorining kamdan yuqori tomon rivojlanishi ko‘pgina hududlarda ishqorli tuproqning asl qimmatini aniqlab byergan.


EPS ning yuqori bo‘lishi, tuproq pH ning yuqori bo‘lishi,


Natriyning singish koeffitsenti (SAR)


SAR (Natriy singish koefitsenti)


Amyerikaning sho‘rlanishni o‘rganish labaratoriyasida SAR-ni o‘rganish rivojlangan konsepsiyasida tuproqdagi yeruvchan va almashuvchan kationlar o‘rtasidagi tenglikni quyidagicha ochib byerdi:

SAR= Na+/√Ca2++Mg2+/2.

(Na+, Ca2+, Mg2+ning yertimadagi konsentratsiyasi me.l-1da ifodalanadi).4

SAR ning miqdori natriyning almashinuvchan miqdorining (EPS) aniqlashda qo‘llaniladi

EPS = 100-(-0.0126+0.0147 SAR) / 1+(-0.0126+0.0147 SAR)

Quyidagi regressiya tenglik ham ishqorli tuproqda EPS aniqlashda qo‘llaniladi.

Y= 0.0673+0.035 X

Y EPSni ko‘rsatadi, X esa SAR ni ko‘rsatadi

SAR ning ko‘rsatkichi 13 dan kattaroq bo‘lsa bu tuproqlar ishqorli tuproqlar hisoblanadi.


Ishqorli tuproqning salbiy ta’siri


Tuproq kolloidlaring dispyersion tarkibli tuproqni hosil qiladi


Tuproqning strukturasining buzilishiga ko‘ra suv o‘tkazuvchanlik, ayeratsiya, drenaj mikrobiologik jarayonlari yomonlashadi.


Na2CO3orqali yuqori natriylik, tuproq pH ni oshiradi.


YUqori gidrooksid ioni (ON)ning to‘planishi o‘simlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararli ta’sir ko‘rsatadi.


Natriy miqdorining ko‘pligi kalsiy va magniy miqdorini kamaytiradi


YUqori pH ishqorli tuproq ko‘pgina o‘simliklar o‘zlashtira oladigan P, Ca, N, Mg, Fe, Cu, Zn kabi oziq moddalar miqdorining kamaytirib yuboradi.


Melioratsiya.


O‘zgartirish – agar ishqorli tuproq tuproq singdirish komleksida natriy dan iborat bo‘lsa murakkab tarkibliga (strukturasiz) tuproqqa aylanadi va singdiruvchanlik xususiyatini yo‘qotadi va sungra tuzlar yuvilib ketadi. Suvning pastga harakatlanishi tuxtashi natijasida tuproq suvni ushlab turadi. SHunga qaramasdan tuproq yeritmasida yeruvchi tuzlardan oldin almashinuvchi natriydan halos bo‘lish muhim chunki baribir tuproqning fizik xossasi yaxshilanmaydi. Almashinuvchi natriyni chiqarishda kalsiy karbonatning bor yoki yo‘qligini e’tiborga olish zarur.


Agar tuproqda qo‘shimcha kalsiy karbonat bo‘lmasa u holda gips qo‘shish kyerak bo‘ladi.


Gips talabi- ishqorli tuproqning asosiy talabiy prinsipi bu almashuvchi natriyni Ca2+ga almashtirishdir. Bacha kalsiy birikmalar, gips talab uchun eng yaxshi va eng arzon yo‘l hisoblanadi. Gips talabi quyidagi formula asosida aniqlanadi:

GR= ESP (boshlang‘ich)-ESP (oxirgi) *SES/100

Bu yerda


ESP (boshlang‘ich) -tuproqni melioratsiyalashdan oldingi tahlildagi miqdori

ESP (oxirgi)- Odatda oxirgi tuproq fizik xossalri yaxshilangandan

SEC- tuproqning kation almashinuv sig‘imi (meq/100g)

Na2CO3 + CaSO4 → CaCO3 + Na2SO4 (leachable)

Clay Na+ + CaSO4→ Ca (clay) + Na2SO4 (leachable)5

1.68-jadval

Tuproq yeritmasidagi boshqa elementlarning tuproq xossalariga ta’sir quyidagi keltirilgan


Elementlar

Tuproqqa ta’siri

S (oltingugurt)

Ishqorli tuproqlarda pH miqdori 8.0-9.0

FeSO4




FeS2




ohaktosh

SHurlangan tuproqlarda pH-8.0 dan kam bo‘ladi

Gips

Ishqorli tuproqlarda pH-9.0 dan ko‘p bo‘ladi

1.2 SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar.

SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar deb, singdiruvchi kompleksida juda ko‘p miqdorda natriy bo‘lgan tuproqlarga aytiladi. (tuproqdagi singigan barcha kationlar yig‘indisi (Ca, Mg, Na, K, H2, NH4 ) singish sig‘imi deyiladi va

100 g tuproqdagi milliekvavalentlarda ifodalanadi).

SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar asosan yer yuzining namgarchilik etarli miqdorda bo‘ladigan ya’ni kashtan, qo‘ngir, o‘rmon-cho‘l va qora tuproqli mintaqalarda keng tarqalgan.

O‘zbekiston sharoitida sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minyerallashgan sizot suvlari yaqin yerlarda uchrab turadi.

I. P. Antipov-Karataevning klassifikatsiyasi bo‘yicha sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar quydagi guruxlarga bo‘linadi.

SHo‘rtobsiz-5% dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan katoinlar milligram-ekvovalentlar yig‘indisiga nisbatan % hisobidagi miqdori).

Sal sho‘rtobli-5-10%; SHo‘rtobli-10-20%; SHo‘rtob- 20%.

SHo‘rtobli tuproqlarning tarkibida 5-20% natriy bo‘lganda ularning fizik-kimyoviy xossalari yomonlashadi, sho‘rtobli tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari mutloq yomon bo‘lib bunda hech qanday ekin bitmaydi.

Tuzning kamayish nazariyasi yaqinda tuz miqdorining kamaytirish nazariyasi ishqorli tuproq melioratsiyasida qoniqarli darajada qabul qilindi. tuproq tarkibidagi tuzlar va almashuvchan natriyning suv bilan yuvish orqali chiqarilib tashlanadi. Bu hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilmoqda ammo yuvilayotgan tuzlar yana yer osti suvlari yoki boshqa turdagi suv havzalariga qo‘shilib ketyapti. SHu kabi muammo borligi sababli yangi nazariya va qarashlar tug‘ila boshladi. Bulardan biri tuz miqdorini boshqarish deb nomlandi. Bu g‘oya tuz miqdorini butunlay yuvib tashlamasdan uning 0.9-1.8 m chuqurlikkacha yuvish mumkin. Ushbu tuzlar gips va karbonat kabi shakklanib chiqishi mumkin. Boshqaruv texnikasi suv yo‘li bilan tozalashga ruxsat etdi ammo me’yorda namlik borasida boxabar bo‘lib turishni ko‘zda tutadi.


Boshqa boshqaruv amaliyotlar – organik o‘g‘itlar, sidyerat, oltingugurt, alyumin sulьfat va hatto ohak (sulfat kislota) kabilar sho‘rlangan tuproqlarni melioratsiyalash, yaxshilash uchun qo‘llaniladi. SHo‘rga chidamli Guruch, beda va shu kabi chidamli o‘simliklarni ekish tavsiya etildi.


2S+2H2O+3O2=(biologik)= 2H2SO4

2CaCO3+ H2SO4= (oksidlanish)= CaSO4+Ca(HCO3)2

FeSO4+2H2O = H2SO4+ Fe(OH)2


Ehtiyot qilish (Saqlash)


Keltirilgan tajribalarga ko‘ra sug‘orishda suv sathini saqlab turish kyerak


yerkin va foydali drenajga ega bo‘lish


Yerning suv bostirib yuborilishidan saqlash


Tuproqning bug‘lanishi iloji boricha cheklash lozim, etarlicha mulchalash va o‘simlik qoplamini (soyasini) hosil qilish orqali.


Hozirda Hindistonda qariyib 7 mln gektar yer sho‘rlanish (sho‘rlangan- ishqorli tuproqlar) ta’siriga uchragan yerlardir.6

SHo‘rlangan-ishqorli tuproq.

Bu tuproq turi o‘zida 4 dSm -1 dan katta to‘yingan o‘tkazuvchanlik ekstrakti (EC) va almashinuvchan natriy (foizi) miqdori 15 dan katta bo‘lgan tuproqlar. pH odatda 8.5 dan yuqori va bu ko‘rsatkich almashuvchan natriy va yeruvchan tuzlarga bog‘liqdir.


Kelib chiqishi (genezisi)


Bunday tuproq sho‘rlanish va ishqorlanish natijasida hosil bo‘ladi. Agar ko‘p miqdordagi yeruvchan tuzlarni suv yuvib tashlasa tuproq o‘zining tarkibini o‘zgartiradi va ishqor tuprog‘iga o‘xshab qoladi. Tuproqning yerishi-da bunday tuzlar to‘planadi va pastlashadi, ba’zi natriy gidrolizlanadi, ba’zida natriy natriy karbonat atmosfyeradan CO2ni so‘rib olishi reaksiyasi natijasida ruy byeradi.

1.3 SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarning morfologik belgilari, sho‘rlanish darajalari va sho‘rlanish tiplari bo‘yicha klassifikatsiyalari.

SHo‘r tuproqda birinchi navbatda almashuvchan natriyni tuproq yeritmasidan yeruvchan tuzlarni almashinishidan oldin gidrooksidlanadi.


1.69-jadval

Tuproqdagi sho‘rlanish va ishqorlanish o‘rtasidagi farq






SHo‘rlangan tuproq

Ishqorli tuproq

1

Tuproq yeritmsida suvda yeruvchan tuzlarni to‘planishi

Tuproq singdirish kompleksida Na+ singdirilishi (ishqorlanish), pH8.5

2

pH

ED -1

3

EC 3 dSm-1

ESP 15

4

ESP

Qora ishqorli tuproq

5

Oq ishqorli tuproq

Natriyli qatlam

6

Tuzli qatlam

Karbonatlarning ishtirok etishi

7

Karbonatlarning ishtirok etmasligi

Prizmatik/ qatlamli struktura

8

Strukturaning buzilishi

SAR 13

9

SAR

Qatnashuvchan elementlar gips, sulfat kislota va h.k larning qayta to‘planishi

10

Yeritmadan yuvilgan moddalarning qayta tiklanishi

11

Solanchakli

Solonets

Bu holat yuq qilish kyerak bo‘ladi chunki ushbu holatda tuproqning fizik xossasi o‘zgarmaydi. Ishqorli tuproqning degradatsiyasi- agar ishqorli tuproqni Ca2+yoki Mg2+larsiz yeritib olish amalga oshirilsa, u holda almashinuvchi natriyning bir qismi asta-sekin vodorod bilan o‘rin almashadi. Natijad esa tarkibida ishqor miqdori kamroq bo‘lgan tuproq mavjud bo‘ladi ammo tarkibi barqaror bo‘lmaydi. Bunday tuproq degra-datsiyalangan (darajasi yomonlashgan) ishqorli yoki natriyli tuproq deyiladi. Natriy karbonat tuproq gumusini yeritadi va pastki qismga yuvilib ketadi. SHuning uchun pastki qatlam qora tusga kiradi. Ba’zi vaqtlarda tuproq sindirish kompleksida vodorod o‘rin oladi, lekin bu doimiy bo‘lmaydi. Ishqorli tuproqda tuproq sindirish kompleksidan vodorodning ajralib chiqishi jarayoni «solodlanish» deb ham ataladi.7

1.70-jadval

Tuproqning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha klassifikatsiyalash.


SHo‘rlanish
darajasi

Tuproqdagi tuzlarning miqdori%




Xlorli sho‘rlanishda

Sulьfatli sho‘rlanishda




qattiq qoldiq

xlor

Sulьfat

qattiq qoldiq

xlor

Sulьfat

Kuchsiz sho‘rlangan
O‘rtacha sho‘rlangan
Kuchli sho‘rlangan
SHo‘rxok.

0,3-0,5
0,5-1,0
1,0-2,0
2,0

0,02-0,01
0,04 -0,1
0,1-0,2
0,2

0,1-0,2
0,3-0,4
0,4-0,6
0,8

0,5-1,0
1,0-2,0
2,0-3,0
2,0

0,2

0,3-0,4
0,4-0,5
0,6-0,8
0,08

SHo‘r tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarning o‘zaro nisbatlari bo‘yicha sho‘rlanish tiplariga bo‘linadi.

1.71-jadval

Tuproqning sho‘rlanish tiplari (milli - ekvivalent hisobida).


Anionlar bo‘yicha

Kationlar bo‘yicha




CI
SO4

SO4
CI

HCO3
CI*SO4

sho‘rlanish tipii

Na*K
Ca*Mg

Ca*Mg
Na*K

Mg
Ca

sho‘rlanish tipi

2
1-2
0,2-1

0,5-1
1-5
5

-
-
-
-

Xloridli
Sulьfat
xloridli
Xlorid
sulьfatli
Sulьfatli

2
1-2
1-2

0,5-1
0,5-1
1

-
1
1

natriyli
Magniy
Natriyli
Kalьsiy natriyli
Kalьsiy natriyli

1.72-jadval

Jahon bo‘yicha sho‘r yerlar maydoni (ming/ga)




Tartib №

Qit’alar

Maydoni

1

SHimoliy Amyerika

17,720

2

Janubiy Amyerika

129,163

3

Afrika

80,538

4

Janubiy va G‘arbiy Osiyo

84,981

5

SHimoliy va Markaziy Osiyo

211,448

6

Avstriya

157,548

7

Evropa

203,105

1.73-jadval

Amyerika Qo‘shma shtatlarida foydalaniladigan sho‘r tuproqlar klassifikatsiyasi, (ES bo‘yicha dsm/m)






Tuproqning sho‘rlanish darajasi

Tuproq yeritmasi konsentra-siyasi bo‘yicha

Quruq tuproqning distillangan suv bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi bo‘yicha

Quruq tuproqning distillangan suv bilan

Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri




Engil tarkibli tuproq

Og‘ir tarkibli tuproq




1

SHo‘rlanmagan













Ta’siri sezilmaydi

2

Kam sho‘rlangan

2-4

0,61-1,15

0,2-0,3

0,2-0,4

Ta’siri sezilarli hosildorlik kamayadi

3

O‘rtacha sho‘rlangan

4-8

1,16-2,30

0,4-0,7

0,5-0,9

Ko‘pchilik o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va hosil kamayadi

4

Kuchli sho‘rlangan

8-16

2,31-4,70

0,8-1,5

1,0-1,8

SHo‘rga chidamli ekinlardan qoniqarli hosil olish mumkin

5

Juda kuchli sho‘rlangan

16

4,70

1.5

1.8

Ayrim sho‘rga chidamli ekinlardan qoniqarli hosil olish mumkin

I bob bo’yicha savollar:

1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarning bir-biridan farqi nimada?

2. SHo‘rxoklarning turlarini morfologik belgilari bo‘yicha farqi.

3. Tuproqning sho‘rlanish darajalarini aniqlashning qanday amaliy ahamiyati bor?

4. O‘zbekistonda sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar qaysi viloyatlarda keng tarqalgan.

5. SHo‘rtob va sho‘rtobli tup-roqlarning suv-fizik xossalari melioratsiya jixatdan qanday?

II BOB. TUZLAR VA ULARNING O‘SIMLIKLARGA TA’SIRI.

O‘SIMLIKLARNING TUZ TA’SIRIGA CHIDAMLILIGI.

2.1 Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri.

Tuproqdagi tuzlarning me’yoridan ortiqcha bo‘lishi qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqdagi tuzlar o‘simliklarga ta’siri bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi.

Zaharli tuzlar;

Kam zaharli tuzlar.

Birinchi guruhga Na2CO3, NaHCO3, Na2SO4, NaCl, MgCl2, MgSO4, Mg (HCO3) tuzlari; ikkinchi guruhga esa SaCl2, CaSO4, CaCo3va Ca (HCO3)2tuzlari kiradi. Zaharli tuzlardan o‘simliklar uchun o‘ta zararlisi Na2CO3NaCl nisbatan kamroq MgSO4, NaHCO3, va Na2SO4tuzlaridir. Bu tuzlar suvda juda tez yeruvchan bo‘ladi. Kam zaharli tuzlar esa suvda sekin yeruvchandir.

SHuning uchun ham ular ekinlarga ko‘p zarar keltirmaydi.

O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida zaharli va kam zaharli tuzlar bilan sho‘rlangan yerlar keng tarqalgan. Mirzacho‘l, Jizzax, qarshi, SHyerobod cho‘llari va Buxoro, Navoiy viloyatlarining tuproqlarida zaharli tuzlar, Farg‘ona vodiysi tuproqlarida esa kam zaharli tuzlar keng tarqalgan. Xorazm va qaroqalpog‘iston hududlarida esa aralash ya’ni zaharli va kam zaharli tuzlar birgalikda uchraydi.

Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri turlicha bo‘ladi. Tuzlar o‘simliklarning bioximik, fiziologik, funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintiz jarayonlarini buzadi.

Tuz ta’sirida o‘simliklarda fotosintiz kamaydi va bu natijasida quruq modda to‘planishi susayadi. SHuning uchun xam sho‘r tuproqlarda etishtiriladigan ekinlarning bo‘yi kalta, bargi va shoxlar kichik bo‘lib qoladi.

O‘simliklarda fotosintez jarayonining kamayishi tuproqdagi tuzlarning tarkibiga bog‘liq.

Sulьfat-xlorid tuzlari bilan sho‘rlangan tuproqlarda xlorid-sulьfat bilan sho‘rlangan tuproqlarga nisbatan quruq modda kam to‘planadi va bunda o‘simliklarning rivojlanishi ancha orqada qoladi. Tuzlar o‘simliklarning xujayralariga xam ta’sir qiladi.

B.P.Stroganovning sho‘rlangan tuproqdagi o‘simliklarning suv rejimiga oid tekshirishlariga ko‘ra, tuproq xlorid tuzlar bilan sho‘rlangan bo‘lsa, o‘simliklarda galosukkulentlik alomatlari rivojlanadi. Bunda o‘simliklarning xujayralari kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ammo ancha yo‘g‘onlashadi.O‘simliklarning suvni so‘rish qobiliyati susayadi va transpiratsiya intensivligi keskin pasayib ketadi.

Masalan xlorli tuzlar bilan sho‘rlangan yerlarda o‘simliklarda galossukkulentlik alomati rivojlanadi, ya’ni o‘simlik xujayrasi kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ular ancha yo‘g‘onlashadi o‘simliklarni suv so‘rishi va ajratish susayadi.

Sulьfatli tuzlar bilan sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklarda ksyeromorfizm - ya’ni o‘simlik xo‘jayralari kichiklashadi barg tomirlari ko‘payadi natijada transpiratsiya intensivligi ortadi.

SHuning uchun tuproqning sho‘rlanish ta’siri ostida o‘simliklarda fotosintez va nafas olish jadalligi sezilarli darajada kamaydi, modda almashinuvi susayadi. Tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi bilan quruq modda kamroq to‘planadi. Sulьfat-xlorid tuzlar bilan sho‘rlangan tuproqlarda xlorid-sulьfat tuzlar bilan sho‘rlangan tuproqlardagiga nisbatan quruq modda kamroq yig‘iladi.

1.74-jadval

Tuproqdagi tuzlar miqdori va sho‘rlanish tipiga qarab g‘o‘zaning o‘zgarishi


SHo‘rlanish tipi

Tuproqdagi tuzlar miqdori, %

O‘simliklarning quruq og‘irligi, g




Bargi

Poyasi, bargi

Hosil ele-mentlari

Yer usti organ-larining umumiy og‘irligi

Ildizning og‘irligi

Butun usimlikning umumiy og‘irligi

Nazorat (sho‘rlanma-
gan)

-

5,88

5,74

1,96

13,58

1,54

15,12

Xloridli-sulьfatli

0,3
0,5
0,8

6,14
5,21
5,15

5,69
5,65
4,46

2,65
2,70
2,90

14,48
13,56
12,51

1,74
1,76
1,51

16,22
15,32
14,02

Sulьfat xloridli

0,3
0,5
0,8

5,20
4,58
3,62

4,48
4,04
3,62

2,34
3,57
1,34

2,02
12,19
8,06

1,42
1,48
0,97

13,44
13,67
9,03

Umumiy qonuniyat shuki, transpiransiya intensivligidan qat’iy nazar, tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan o‘simliklarning o‘sish davridagi umumiy suv sarfi kamaya boradi.

Bunga sabab shuki, tuprog‘i kamroq sho‘rlangan joydagi o‘simliklarda umumiy bug‘lanish yuzasi, ayniqsa barg sirtining yuzasi juda kichrayib ketadi. Tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan maydon birligiga to‘g‘ri keladigan o‘simlik soni ham kamayadi.

Tuzlar o‘simlikning suv rejimini ham buzadi, tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan uning suv sarflash qobilyati kamayib boradi. Masalan vegetatsiya davomida kuchsiz sho‘rlangan yerlarda bir tub g‘o‘za 156,1 kg suv sarflangan bo‘lsa, kuchli sho‘rlangan yerdagi g‘o‘za 92,35 kg suv sarflagan.

Tuproqqa sho‘rlanish darajasi ortishi bilan urug‘larning nam tortishi kuchi juda sekinlashadi shuning uchun xam sho‘r yerlarda urug‘larni unib chiqishi qiyinlashadi.

1.75-jadval

Turli sho‘rlanish darajalarida g‘o‘zaning o‘sish davridagi suv sarfi




Tuproqning sho‘rlanganlik darajasi

Bir tup g‘o‘zaning suv sarfi, kg

O‘suv davridagi suv sarfi




iyunь

iyulь

avgust

sentyabrь

oktyabrь

Bir tup g‘o‘zaning suv sarfi, kg

Maydondagi g‘o‘zaning suv sarfi, m/ga

Kuchsiz

1,2

11,8

57,46

62,94

22,62

156,10

6517

kuchli

9,66

7,52

7,52

36,57

17,08

92,35

2695

Ma’lumki suv oziq moddalari bilan birgalikda ildiz tukchalari orqali so‘riladi. Lekin o‘simliklarning so‘rish kuchi tuproq yeritmasining osmatik bosimidan katta bo‘lganda so‘riladi. O‘simliklarning so‘rish kuchi tuproq namligiga, o‘simlikning turiga, yoshiga va sho‘rlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan: sho‘rlanmagan tuproqlarda sabzavot ekinlarining so‘rish kuchi

2-5 atm: g‘o‘zaniki 10-15 atm: sho‘r yerda- g‘o‘zaniki 18-30 atm. bo‘ladi. CHo‘l kseforitlarining surish kuchi 40-50 atmosfyeragacha, sho‘rxok tuproqli yerlardagi o‘simliklarda esa 50-100 atmosfyeragacha va undan ham yuqori bo‘ladi.

Tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi bilan tuproq yeritmasining osmotik bosimi o‘simlikning surish kuchidan ortib ketadi. SHu sababli o‘simliklarning suvni tortib olishi qiyinlashadi va tuproqning fiziologik quruqligi deb ataladigan sharoit vujudga keladi, bunda tuproqda namlik bo‘lishiga qaramay, o‘simlik etarlicha suvni ololmaydi. Natijada o‘simliklarning rivojlanishi sekinlashadi.

SHo‘rlangan tuproqlarda tuzlar o‘simliklarning to‘qima va organlariga kirib boradi. A.A.Rixtyer fikricha, tuz konsentratsiyasiga muayyan miqyosga etguncha ildiz to‘qimalarining tuz o‘tkazmasligi saqlanib turadi, shundan keyin tuzlar teshib o‘tadi va o‘simlikni zaxarlaydi.

Agar tuproq yeritmasining osmatik bosimi o‘simlikning so‘rish kuchidan katta bo‘lsa fiziologik quruqlik xodisasi yuz byeradi. Tuproq yeritmasining osmatik bosimi tuproqda tuzlarning ko‘payishi bilan u xam oshib boradi va shu natijasida tuproqda etarli miqdorda nam bo‘lsa xam o‘simlik undan foydalana olmaydi.

1.76-jadval

Tuproq tarkibida tuzlar va namlik miqdoriga qarab suv tutib turish kuchi

(V.S.SHardakov ma’lumotlari)


SHo‘rlanmagan tuproq

Kam sho‘rlangan tuproq (0,55% tuzlar)

Kuchli sho‘rlangan tuproq (2-13% tuzlar)




Tuproqning namligi %

Suv tutib turish kuchi.atm

Tuproqning namligi %

Suv tutib turish kuchi.atm

Tuproqning namligi %

Suv tutib turish kuchi.atm

9,4

20

9,3

35

9,9

143

12,2

10

12,4

26

13,3

59

18,3

2

18,6

18

19,6

30

-

-

24,8

11

25,8

17

P.A.Genkelning tekshirishlariga ko‘ra, tuzlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda o‘simliklarda plazma zararlanadi. Buning natijasida o‘simlik organlarida ko‘p tuz to‘planadi.

O‘simlik organlari kuchli minyerallashganda o‘simliklarning minyeral oziqlanishi buziladi. SHunda o‘simlik oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik elementlar(masalan, kalьsiy, kaliy, oltingugurt) kamayib ketadi, kremniy, xlor, natriy, magniy kabi elementlar ko‘payib ketadi (1.77- jadval).

1.77- jadval

G‘o‘za niholining minyeral tarkibi




G‘o‘zaning nomi

Absolyut quruq moddaga nisbatan

Jami minyeral moddalar




SiO2

Al2O3

Fe3O3

P2O3

Cl

SO4

Ca

Mg

K

Na




YAxshi

0,72

0,47

0,08

0,58

1,54

3,83

3,35

0,81

4,67

0,41

16,46

Nimjonroq

1,26

0,06

0,11

0,47

0,85

3,34

3,55

0,87

3,34

0,20

14,05

Nimjon

5,16

0,19

0,46

1,62

0,56

2,03

1,83

0,87

3,50

0,54

17,76

Nihoyatda nimjon

5,02

0,14

0,41

2,11

2,48

3,05

1,26

1,10

3,54

1,22

20,69

1.78-jadval

Tuzlarning zaharli ta’siri natijasida g‘o‘zaning unib chiqishi




SHo‘rlanish dara
jasi

Gekt.
Kuchat
soni

O‘simlik yuza
si sm2

Barg yuza-
si sm2

Fazalarni boshlanishi

Xosil




shonalash

gullash

pishish

s/ga




kuchsiz

77000

65,6

1957

3.06

8.06

10.09

31.36




o‘rtacha

66800

38.6

919

17.06

22.06

17.09

14.92




kuchli

28400

22.1

292

6.07

8.08

-

5.45




Tuzlar ta’sirida o‘simlik xayotida minyeral oziqlanish jarayoni buziladi. YA’ni o‘simlikning tanasida Sa, K, oltingugurt kamayib ularni o‘rnini xlor, natriy, magniy egallab oladi natijada o‘simlik zaxarlanadi.

Kuchli sho‘rlangan yerlarda o‘simlik organlarida xlor 2-3 marta Na-

5-10 marta oshib ketadi. Natijada o‘simliklarni o‘sishi sekinlashib, bargi so‘liydi, bujamayib qoladi, rangi sarg‘ayadi, tuz dog‘lari paydo bo‘ladi va to‘kiladi. Tuzlarning zaxarli ta’siri natijasida ekinlar yaxshi unib chiqmaydi, sekin o‘sadi va rivojlanadi, pishishi kechikadi, sifati buziladi. Buni paxta misolida ko‘rish mumkin.

2.2 Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi va chidamliligini oshirish yo‘llari.

Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi deb tuproq tarkibidagi tuzlarning va tuproq yeritmasi konsentratsiyasining qishloq xo‘jalik ekinlarining normal o‘sishi va rivojlanishini ta’sir qilmaydigan miqdoriga aytiladi.

U quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi.

1. Ekinlarni tuz ta’siriga chidamligi o‘simlikning yoshiga qarab o‘zgaradi. O‘simliklarning dastlabki rivojlanishda tuz kuchli ta’sir etadi, yoshi ulgayishi bilan uning chidamligi oshib boradi. SHuning uchun xam o‘simlik yoshligida tuproqda tuzning miqdori kam bo‘lishi kyerak.

2. Tuzlarning tarkibiga bog‘liq. Tuproqning tarkibida xlorli tuzlar ko‘p bo‘lgan Mirzacho‘l, Qarshi, SHyerobod cho‘llarida ekinlar quruk qoldiq

0,3-0,4% bo‘lganda zaxarlanadi. Sulьfatli sho‘rlangan Farg‘ona vodiysining tuproqlarida esa ekinlar quruk qoldiq bo‘yicha 0,6-0,8 % bo‘lganda xam chiday oladi.

3. Tuproq namligiga tuproq qanchalik nam bo‘lsa tuproq yeritmasining konsentratsiyasi shuncha past bo‘ladi va ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproq yeritmasining konsentratsiyasi bir-xil bo‘lib nam ko‘paysa o‘simliklarni tuzga chidamligi oshadi.

4. Tuproq unumdorligi – unumdor tuproqlarda o‘simliklarning tuzga chidamligi oshadi, unumsiz tuproqlarda kamayadi. Bunda organik o‘g‘itlar almashlab ekish, imlmy asosida minyeral o‘g‘it byerish yaxshi natija byeradi. Lekin o‘g‘it me’yoridan ko‘p byerilganda (NaNo3) tuproq yeritmasi konsentratsiyasi oshib o‘simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.

5. Iqlim sharoiti - iqlim quruq, issiq, yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan yerlarda o‘simliklarni tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.

6. Ekin turiga bog‘liqligi. Ekinlar tuz ta’siriga chidamliligi bo‘yicha qo‘yidagi guruxga bo‘linadi: 1. CHidamsiz. 2. O‘rtacha chidamli. 3.CHidamli.

O‘simliklarning tuz ta’siriga chidamligini oshirish yo‘llari.

O‘simliklarni o‘sish sharoitlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ekinlarni tuz ta’siriga chidamligini oshirish mumkin.

1. Ekish oldidan urug‘larni tuz yeritmasida uvitish yoki ishlov byerish (NaCl yeritmasi).

2. Minyerallashgan suv bilan urug‘larga ishlov byerish (3,0-4,0 g/l).

3. Supyerfosfat o‘g‘iti yeritmasida urug‘ni uvitish.

4. SHo‘r yerlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarini urug‘ini me’yorini 25-30% oshirish.

5. SHo‘r yerlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish me’yorini 30% gacha oshirish.

6. YUqori klass saralangan urug‘larni ekish.

7. Tuzga chidamli navlarni ekish.

1.79-jadval

Tuproq tarkibidagi tuzlarning yul qo‘yilgan miqdori.




Voxalar

Qattiq qoldiq,%

Xlor-ioni,%

Urug unib

chiqishi va dastlabki

o‘suv fazasida

Mirzachul
Fargona
Xorazim

0,25-0,30
0,50-0,80
0,30-0,40

0,008-0,01
0,008-0,01
0,015-0,02

O‘suv davrining keyingi fazalarida




Mirzachul
Fargona
Xorazim

0,30-0,40
0,75-1,20
0,50-0,80

0,01-0,02
0,02-0,03
0,01-0,02

2.3 Tuproq tarkibidagi tuzlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori.

Har bir meliorativ mintaqa uchun sho‘rlanish darajasining alohida-alohida shkalalari mavjud. Masalan, Mirzacho‘lning xloridli sho‘rlangan tuproqlarida g‘o‘zani ekishdan oldin yo‘l ko‘yilishi mumkin bo‘lgan tuzlar mikdori 0,3-0,4 % yoki xlor bo‘yicha 0,01-0,02 % bo‘lsa; Farg‘ona vodiysining sulfatli tuproqlarida bu ko‘rsatgichlar tegishli ravishda 0,6-0,8 % va xlor bo‘yicha 0,03-0,04% ni tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproqlarida bu ko‘rsatgichlar yanada yuqoriroq bo‘lishi mumkin, chunki bu tuproqlarning singdiruvchi kompleksida kalьsiy kationi ko‘prok uchraydi, kalsiyli tuzlar o‘simliklar uchun zararsiz hisoblanadi. K.K.Gedroys fikriga ko‘ra sho‘rxok tuproqlarda anionlar emas, balki kationlar o‘simliklarga ko‘proq zarar keltiradi. U kationlarning zararlilik ta’sirini S1- Na+Mg K tartibida kamayishini ko‘rsatadi. SHo‘rhoksimon tuproqlarda esa tuzlarning anionlari o‘simliklarga ko‘rsatadigan zararli ta’siri, ko‘pincha kationlar ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Anionlar orasida xlor-ion


Yüklə 195,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin