Mundarija betlar kirish kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirishning


Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari



Yüklə 358,04 Kb.
səhifə5/10
tarix16.12.2023
ölçüsü358,04 Kb.
#183567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiyotni moderniza

1.2. Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mamlakat iqtisodiyoti rivojida naqadar muhim ekanini yuqorida ko’rib o’tdik. Endigi masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari bilan tanishib chiqish. Kichik biznes faoliyatining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyatiga borib taqaladi. “Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 11.
Mikrofirma va kichik korxonalar kichik biznesning asosiy sub’ektlari hisoblanadilar. Kichik biznesning ushbu sub’ektlari mamlakatimiz qonunchiligida ishchilar soniga ko’ra guruhlanadilar.
Bunday tartib mustaqillikning ilk yillaridan boshlab qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi sonining o’sishi sayin mikrofirma va kichik korxonalarda ishchilar soni ham ortmoqda. Quyidagi jadvalda mikrofirma va kichik korxonalarning ishchilar soniga ko’ra tasniflanishi ko’rsatilgan.
Ushbu qonuning 5-moddasiga asosan kichik tadbirkorlik sub’ektlari: - yakka tartibdagi tadbirkorlar (hodim yollab ishlatish huquqiga ega emas) yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbikrolik faoliyatining amalga oshirilishi;

  • oilaviy tadbirkorlar;

  • dehqon xo’jaliklari;

  • fermer xo’jaliklari;

  • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarining o’rtacha yillik soni 20 kishidan oshmagan mikrofirmalar;

  • quyidagi tarmoqlarning o’rtacha yillik hodimlari soni : fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalar - 25 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kime sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari - 50 kishidan; yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100 kishidan oshmagan kichik korxonalardir.

3-jadval

Faoliyat tarmoqlari

Ishchilar soni

1998 yil 1 iyuldan

2004 yil 1 yanvardan

Mirofirmada

Kichik korxonada

Mikrofirmada

Kichik korxonada

Yonilg’i, oziq-ovqat, metallni qayta ishlash va asbobsozlik,
yog’ochni qayta
ishlash, mebel va
qurilish materiallari sanoatida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

100 kishigacha

Mashinasozlik, metallurgiya,
yoqilg’i-energetika, kimyo sanoati,
qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini
yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va
boshqa sanoat ishlab chiqarish tarmog’ida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

50 kishigacha

Qishloq xo’jaligi

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

50 kishigacha

Ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlari

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Fan va ilmiy xizmat

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Noishlab chiqarish

5 kishigacha

10

10 kishigacha

25

tarmoqlari




kishigacha




kishigacha

Chakana savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Ulgurji savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Xizmat ko’rsatish tarmog’i

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Transport

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Yuqoridagi jadvalda ko’rsatilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi 1987-sonli "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra mikrofirmalar va kichik korxonalarda ishlovchilar soni mos ravishda 5 kishidan 10 kishigacha va 10 kishidan 40 kishigacha faoliyatlar guruhlanar edi. Keyinchalik ushbu farmonga kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini to’laroq ta'minlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi 3305-sonli farmoniga asosan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, ishlovchilar soni 2-2,5 barobar oshirildi. Unga ko’ra, hozirda mikrofirmalarda, agar ular ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishidan, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida esa band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishidan oshmasligi lozim.
Dehqon xo’jaliklarining faoliyati va ularni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasining "Dehqon xo’jaligi to’g’risida"gi 1998-yil 30-aprel 604-I-sonli qonuni bilan tartibga solinib, u oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xo’jaligidir 12. Dehqon xo’jaligi bilan shug’ullanadigan yuridik subektlar ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda u davlat ro’yhatiga olingandan va unga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilgandan keyin tashkil etilgan hisoblanadi. Dehqon xo’jaligini davlat ro’yhatiga olish dehqon xo’jaligi boshlig’ining doimiy yashash joyidagi tuman hokimligi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgan paytdan e'tiboran uch kun ichida amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligi faoliyati esa O’zbekiston Respublikasining "Fermer xo’jaligi to’g’risida"gi 2004-yil 26-avgust 662-I-sonli qonuni bilan tartibga solinib, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda Tovar qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqirish bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.14 Shuningdek, shaxsiy yordamchi xo’jalik ham kichik tadbirkorlikka taalluqli bo’lib, u qishloq ovul va qo’rg’onlarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi - tomorqada oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug’ullanadigan oilaviy xo’jalikdir.13
Tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yhatdan o’tkazish tamoyiliga o’tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to’siqlarni olib tashlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yhatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini rasmiylashtirish va davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirildi, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik sub’ektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yhatdan o’tkazadigan faqat bitta tashkilot, ya'ni tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadibirkorlik sub’ektlarini ro’yhatdan o’tkazish inspeksiyalari doirasida amalga oshirilishi ta'minlandi. Ushbu mexanizm keyingi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarini "bir darcha" orqali tezlik bilan davlat ro’yhatidan o’tkazish tizimi nomini oldi. Bu tizimni quyidagi chizmada ko’rish mumkin.

1-chizma Tadbirkorlik sub’ektlarini (yuridik shaxs tashkil etgan holda) davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yish sxemasi 14
Chizmada tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yish mexanizmi ko’rsatilgan. Unga ko’ra tadbirkor dastlab tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli tuzilmalari, konsalting firmalari va boshqa shaxslar yordamida yoki uning o’zi tomonidan arizaga tadbirkorlik sub’ektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjatni, davlat bojining yoki davlat ro’yhatidan o’tkazish yig’imining belgilangan miqdori to’langanligi to’g’risidagi bank to’lov hujjatini, belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) statistika organlari tomonidan berilgan firma nomi to’g’risidagi guvohnomani, muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinib tayyorlanadi. So’ng tayyorlangan hujjatlar ro’yhatdan o’tkazuvchi organga taqdim etiladi. Ushbu organ tadbirkorlik sub’ektini yuridik shaxs sifatida ro’yhatdan o’tkazish qarorini 3 ish kuni ichida qabul qilgandan keyin, bu ma'lumotlar davlat reestiriga kiritiladi.
Davlat reestiridan ro’yhatdan o’tkazuvchi organlar tomonidan ma'lumotlar olinib, ularni bir kun mobaynida joylardagi statistika, soliq organlari hamda muhr va shtamp eskizlarini uch nusxada ilova qilgan holda Ichki ishlar organlariga taqdim etadi. O’z navbatida soliq organlari - yuridik shaxsni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Ish bilan ta'minlash jamg’armasi va yo’l jamg’armasiga hamda sug’urta badallari to’lovchi sifatida hisobga qo’yadi, ularga soliq to’lovchining idenfikasiya raqamini beradi va uni statistika va ro’yhatdan o’tkazuvchi organlarga rasman ma'lum qiladi. Statistika organlari - yuridik shaxsni korxonalar va tashkilotlar yagona dalat reestiriga kiritadi, ro’yhatdan o’tkazish kartasini to’ldiradi hamda ro’yhatdan o’tkazuvchi va soliq organlariga tadbirkorlik sub'ektiga berilgan kodlarni rasman ma'lum qiladi. Ichki ishlar organlari esa muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda ro’yhatdan o’tkazuvchi organga eskizning ikki nusxasi bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani yuboradi.
Yakka tadbirkorni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga qo’yish mexanizmi yuridik shaxslarnikidan biroz farq qiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorni (yuridik shaxs bo’lmasdan tashkil etilgan dehqon xo’jaliklarini) davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yish mexanizmi quyidagi 2-chizmada berilgan. Unga ko’ra yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro’yhatidan o’tkazish ular tomonidan yashash joyidagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yhatdan o’tkazish inspeksiyasiga ariza taqdim etish bilan boshlanadi. Inspeksiya yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro’yhatdan o’tkazish qarorini 2 ish kuni ichida qabul qilgandan so’ng, bu ma'lumotlarni davlat reestriga kiritadi.
Davlat reestridan ro’yhatdan o’tkazuvchi organlar tomonidan ma'lumotlar olinib, ularni bir kun mobaynida joydagi soliq organiga hamda muhr va shtamp eskizlarini uch nusxada ilova qilgan holda ichki ishlar organlariga taqdim etiladi.
2-chizma
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni (yuridik shaxs bo’lmasdan tashkil etilgan dehqon xo’jaliklarini) davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yish sxemasi 15

3

Soliq organlari




Ichki Ishlar Vazirligi organlari

O’z navbatida soliq organlari yakka tartibdagi tadbirkorni budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Ish bilan ta'minlash jamg’armasiga hisobga qo’yadi. Ularga soliq to’lovchining idenfikasiya raqamini beradi va uni ro’xatdan o’tkazuvchi organlarga rasman e'lon qiladi. Ichki ishlar organlari muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda ro’yhatdan o’tkazuvchi organga eskizning ikki nusxasi bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani yuboradi.
Qishloq joylardagi ish bilan band bo’lmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarni bajarishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real rag’batlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperasiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2006-yil 5-yanvardagi 3706-sonli Farmoni bilan kasanachilik faoliyati tashkil etildi. Unga ko’ra "kasanachilik" tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs - kasanachining yashash joyi bo’yicha yoki unga yoki uning oila a'zolariga tegishli bo’lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo’yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish bo’yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishini anglatadi.
Kichik biznes vaxususiy tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari ushbu sohaga taalluqli bo’lgan barcha me’yoriy huquqiy hujjatlarni qamrab oladi. Bu sohadagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni beruvchi eng asosiy huquqiy asoslaridan biri bu 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonundir. Unda tadbirkorlik faoliyati haqidagi dastlabki tushunchalar, kichik biznes sub’ektlari, ularga tavsif, tadbirkorlik faoliyatining huquq va majburiyatlari va boshqa qator masalalar keltirib o’tilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, yuritish, bu sohani moliyalashtirishga oid me’yoriy hujjatlar juda ko’p. mustaqillikning dastlabki paytlaridayoq ushbu sohaga e’tobor qaratilib huquqiy asoslarda ham kichik biznes va uning faoliyati qayd etib o’tildi. Xususan, 1990yil 31-oktabrdagi 152-XII-sonli "O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida"gi qonunga ko’ra tadbirkorlik faoliyati daromadlari banklarga qo’yilgan mablag’lari hisobiga ko’payib borishi haqida belgilab qo’yilgan.
Qolaversa, 1991-yil 9-yanvarga kelib, matbuotda "O’zbekistonda tadbirkorlik to’g’risida"gi qonun loyihasi e'lon qilindi. 1991-yil 15-fevraldagi "O’zbekistonda korxonalar to’g’risida"gi qonuni ham dastlabki qabul qilingan me’yoriy hujjatlar sirasiga kiradi.
Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi birinchi qadami 1991-yil 29-noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada dehqon va fermer xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi 295-sonli Farmoni bilan boshlandi. O’tgan yillar davomida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni shartli ravishda uch bosqichga bo’lib tahlil qilsak bo’ladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan, mustaqillikning ilk davrida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar birinchi bosqich ya’ni 1991-1999-yillarni o’z ichiga olgan davrga kiritsak bo’ladi. Keyingi davr ikkinchi bosqichga 2000-2005-yillarni keltirib o’tamiz. Bu davrda 2000-yil 25mayda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi va bu qonun sohaning yanada mustahkamlanishi uchun bazaviy hujjat bo’lib xizmat qildi. Qolaversa bu davrda 2000-yil 21-martdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2564-sonli Farmonining qabul qilinishi bilan bog’liq. Sababi, shu farmon bilan ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo’jaliklarini yuqori texnologik va innovatsiya loyihalarini kreditlash maqsadida "Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi" tuzildi.
Ushbu jamg’arma faoliyati 2000-yil 19-maydagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 195-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga fermer xo’jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaliklariga 2 yil muddatga, investisiya loyihalarini mablag’ bilan ta'minlash uchun kichik tadbirkorlikning barcha sub’ektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklariga to’lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yil muddatga hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo’ljallangan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun dehqon va fermer xo’jaliklariga qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 30 oygacha beriladi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari mahsulot yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstrusiya qilish, mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug’lik, mol va parrandalar sotib olish, xom ashyo va materiallar, shu jumladan, mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlar, o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo’yicha mexanizasiyalashtirilgan xizmatlar sotib olishga beriladi. Ushbu maqsadlar uchun beriladigan kreditlar foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 % idan ortiq bo’lmagan miqdorda belgilanadi. 2000-yil 24-martdagi O’zbekiston Respubyulikasi Vazirlar Mahkamasining "Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 104-sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida kichik biznes sub’ektlarini kreditlashga oid bir qator tartiblar ishlab chiqildi. Dastlabkisi, 2000-yil 29-fevraldagi "Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko’rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklarini milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash" 902-sonli hamda "Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari va kichik biznesning boshqa sub’ektlarini milliy va chet el valutasida mikrokreditlash" 903-sonli tartiblaridir. 2001-yil 10-sentabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan ta'minlash, moddiy-texnik ta'minlash, ularga bojhona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida"gi 366-sonli qarorining kuchga kirishi munosabati bilan yuqoridagi tartib qoidalari to’ldirildi. Endigi qaror qoidalariga muvofiq Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi kredit resurslarining kamida 50 % i har yili dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan) va fermer xo’jaliklarining dastlabki sarmoyasini shakllantirish uchun tijorat banklarida maqsadli kredit liniyalari ochishga yo’naltiriladi. Yana bir qabul qilingan hujjat bu 2005-yil 2-fevraldagi "Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’g’risida"gi 1448-sonli Nizomidir.
Bu nizom bo’yicha kreditlar miqdori davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va g’alla qiymatining 50 % igacha berilishi saqlanib qolingan bo’lsada, 2005-yilning iyunidan boshlab, kreditlar ilk marotaba agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda ajratiladigan bo’ldi. Xususan, paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 5 % igacha, 1-apreliga qadar 20 % igacha, 1-iyuniga qadar 35 % i gacha va 1-sentabriga qadar 50 % i gacha hamda g’alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar g’alla qiymatining 20 % i gacha, 1-apreliga qadar 30 % i gacha va 1-iyuniga qadar 50 % i gacha kreditlar ajratilgan. 2000-2005-yillar davomida sohaga taalluqli yana bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Keyingi bosqich sifatida 2006-yildan to hozirgi davrgacha bo’lgan muddatni ko’rishimiz mumkin.
Mazkur bosqich 2006-yil 23-martdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarni ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 308-sonli qarori bilan boshlandi. Mazkur qaror talablarini bajarish yuzasidan tijorat banklari 2006-yil 2-maydagi "Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli maqsadli mikrokreditlar berish tartibi to’g’risida"gi 1568-sonli Nizomga asosan kam ta'minlangan oilalarning shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun eng kam oylik ish haqining 80 barobarigacha, 3 yilgacha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda mikrokreditlar ajratmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasida 2007-yil 20-avgustdagi 178-sonli "Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo’jaliklariga va kichik biznesning boshqa sub’ektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko’rsatish tartibi to’g’risida"gi Nizomga ko’ra tijorat banklari kichik biznes sub’ektlariga ushbu maqsadlar uchun 5 yil muddatga, 18 oylik imtiyozli davr bilan imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasidan 7 % lik va boshqa manbalardan 14 % lik kreditlar ajratmoqdalar. Lizing xizmatlari esa 7 yil muddatga 14 % lik stavkada ko’rsatilmoqda. Xususan, ushbu yo’nalishdagi mikrokreditlar ajratilishini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollar ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 842-sonli qaror ham yuqoridagi hujjatlarga yana bir qo’shimcha me’yor sifatida qabul qilindi.
Bu davrdagi bugungi kundagi amal qilinayotgan va hozirda muhim ahamiyatga ega hujjatlarga nazar solsak, aynan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354-sonli Farmonini misol qilib keltirishimiz mumkin. Farmonga muvofiq kichik biznes sub’ektlariga bir qator imkoniyatlar yaratildi, 2011-yil 1-sentabrdan kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valutada hisobraqami ochganlik uchun to’lov undirish bekor qilindi. Ilgarigi holat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15maydagi 1112-sonli qarori bilan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan banklarda hisob raqamlarini ochish uchun to’lovlar - eng kam ish haqi miqdorining 1 barobaridan 0,5 barobari miqdorigacha, qishloq joylarda esa - eng kam ish haqining 0,1 barobari miqdorigacha pasaytirilgan. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko’rib chiqish muddati uch ish kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklandi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartochkalaridan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishda to’lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirildi.
Yana O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmlarini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 2011-yil 11-martdagi PQ-1501-sonli qarori Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi va 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori qabul qilindi. PQ-1501-sonli va 79-sonli qarorlarga muvofiq, tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi resurslari hisobidan kredit berishdan oladigan daromadlari bo’shaydigan mablag’larni mazkur jamg’armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo’naltirish sharti bilan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’idan 2016-yilning 1yanvarigacha ozod qilindi; Ustuvor ravishda olis va borish qiyin bo’lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish loyihalariga ajratiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli farmoni ham bu sohaga yanada kengroq imkoniyatlar yaratdi. Masalan,

  • 2012-yil 1-avgustidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (kredit tashkilotlaridan tashqari) davlat ro’yhatidan o’tgunga qadar ustav fondi bir qismini to’lash talabi, ustav fondini bir yil davomida shakllantirish majburiyati saqlangani holda bekor qilindi; Kichik biznes sub’ektlarining bank hisob varaqlarini ochish uchun imzolar namunasini notarial tasdiqlash, shu jumladan buxgalterning ikkinchi imzosining imzolar namunasida mavjudligi bekor qilindi;

  • Ekport-import kontraktlarni hisobga qo’yish vakolatli banklarda – ish kunining sakkiz soatida amalga oshiriladi;

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob varaqlariga soliq organi tomonidan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qo’yilgan inkassa talabnomasi ijrosi, sud ijrochilari tomonidan sud qarori kuchga kirishi munosabati bilan xuddi shu qarzdorlikni so’ndirish bo’yicha qo’yilgan talabnomasi mavjud bo’lganda bekor qilindi;

  • Tadbirkorlik suyektlarining tijorat banklari oldida xizmat ko’rsatish, shu jumladan kredit berishda shartnoma shartlarini tadbirkorlik yoki boshqa tijorat riski bilan bog’liq holda bajara olmasligi, bank moliya tizimi hodimlarini jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo’lolmaydi.

Bu berilayotgan imtiyozlar kichik biznes sohasining yanada yanada rivojlanishiga iqtisodiy salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asosi davlatimiz miqyosida qabul qilinayotgan me’yoriyhuquqiy hujjatlar hisoblanadi. Har bir qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatning ijrosi, amaliyotga tadbiqi o’z ijobiy samarasini bermoqda. Buni biz kichik biznes sub’ektlariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarda ko’rishimiz mumkin. Davlatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli kichik biznes sohasining huquqiy bazasining yaratilishi va taraqqiy ettirilishi doimo davlatimiz strategik ahamiyatga molik masalalaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 358,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin