Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi



Yüklə 215,26 Kb.
səhifə10/27
tarix07.01.2024
ölçüsü215,26 Kb.
#206639
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl-www.hozir.org

Karbonil guruxi tutgan birikmalar IQ spektri
Chastotalar ichida CO guruxining chastotasi yuqori intensivligi va qiymati bilan ajralib turadi, uning yutilish sohalarida boshqa funksional guruxlar yutilish chastotalarini hosil qilmaydi. CO guruxining valent tebranish qiymati 1580-1900 sm-1 oralig‘ida yotadi. Bunday katta oraliqda chastota qiymatlarining namoyon bo‘lishiga molekulaning fazoviy tuzilishi mezomer va induktiv ta’sirlar moddaning agregat holati hamda erituvchining qutbli yoki qutbsizligi sababchi bo‘ladi. CO guruxining yutilishi faqat CO bog‘ining uzayishi bilan sodir bo‘lmasdan, balki undagi bog‘lar orasidagi burchakning qiymatlari va uning atrofdagi bog‘lar tabiati ham sabab bo‘ladi.
Ayrim organik moddalar sinflari uchun s0 ning qiymati kichik oraliqda namoyon bo‘ladi. CHuning uchun uning qiymatini e’tiborga olib CO guruxining turini bilish mumkin.
Bundan tashqari, kislotalarda OH bo‘lgani uchun ON3350 sm-1 sohada yutilish chastotasi, def. tebranish chastotasi esa on1420-1200 sm-1 sohada namoyon bo‘ladi. CO guruxining chastota qiymati uning qanday atomlar bilan bog‘langaniga ham bog‘liq.
Ayrim hollarda spektrda CO guruxining yutilish sohasida bitta yutilish chastotasi o‘rniga ikkita bir-biriga o‘xshash bo‘lgan “egizak” chastotalar namoyon bo‘ladi. Bu hodisa quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi:
a) Molekulada ikki xil turdagi CO guruxi bo‘lsa, b) Konformerlarning eritmadagi muvozanatida molekulalar ichida ikki xil turdagi barqaror N bog‘lari mavjud bo‘lsa, v) Konformerlarning eritmadagi muvozanati turli xildagi dipol-dipollarning ta’sirini o‘z ichiga olsa, g) Konformerlarning muvozanatida erituvchining molekulasi molekulalar ichidagi H bog‘ining uzilishiga qatnashsa.
Kislotalarning angidridlari, -dikarbon kislotalari va kislota peroksidlari ham qutbsiz erituvchilarda bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita chastota hosil qiladilar.
Aromatik birikmalarning IQ spektorlari
Benzol va uning hosilalarining IK-spektri taxlilida asosan 3 ta sohaga e’tibor beriladi:
1. 650-900 sm-1 - aromatik SN guruxining deformatsiyali tebranishi;
2. 1580-1600 sm-1 - SqS bog‘ining valent tebranishi,
3. 3000 sm-1 -aromatik SN guruxining valent tebranishi.
Bu sohalar ichida eng muhimi (650-900sm-1) soha bo‘lib, uni chuqUr taxlil qilish natijasida benzol xalqasidagi o‘rinbosarlar soni, ularni bir-biriga nisbatan qanday xalqada joylashganligini bilish mumkin: in.





Beshta yonma-yon joylashgan aromatik CH guruxlarning deformatsiyali tebranishi dSN q 770-730 sm-1 (ayrim hollarda 710-690 sm-1)





To‘rtta yonma-yon joylashgan CH guruxining deformatsiyali tebranshi dSN q770-735 sm-1 (0-izomer)





- uchta yonma-yon joylashgan aromatik CH guruxining deformatsiyali tebranishi dSN q810-750 sm-1 (m-izomer)





-ikkita yonma-yon joylashgan aromatik CH guruxining tebranish dSN q800-860 sm-1 (p-izomer).





-o‘rinbosarlar orasidagi bitta aromatik CH guruxining tebranish chastotasi dSN q860-900 sm-1.




  1. Ko‘p xalqali aromatik birikmalar

Ko‘p xalqali aromatik birikmalardan – naftalin, antratsen, fenantren va boshqalarning IQ- spektrida 680-900 sm-1 sohada benzoldan farqli chastota namoyon bo‘ladi, uning qiymati va soni xalqalar soni va bir-biriga nisbatan qanday joylashganligiga bog‘liq:


Masalan: naftalin – 850 sm-1 (bita); antratsen – 7790, 858 sm-1 (2 ta); fenantren – 750, 800, 850 sm-1 (3 ta); 1,2-benzfenantren – 750, 820, 850, 880 sm-1 (4 ta).

Agar xalqada o‘rinbosarlar bo‘lsa yuqoridagi qiymatlar o‘rinbosarlar soniga, ularning bir-biriga nisbatan xuddi benzoldagidek joylashganligiga qarab o‘zgaradi.



Muhim guruxlar xarakteristik chastotalari





Yüklə 215,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin