Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi


Optik spektroskopiya. Ultrabinafsha (UB) spektroskopiya



Yüklə 215,26 Kb.
səhifə6/27
tarix07.01.2024
ölçüsü215,26 Kb.
#206639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl-www.hozir.org

Optik spektroskopiya. Ultrabinafsha (UB) spektroskopiya
Moddalarning nurni yutish hodisasini o‘lchashda spektrometrlardan foydalaniladi. Ularning turlari va tuzilishi har xil bo‘lishidan qat’iy nazar spektrometrlar yorug‘lik manbai, yorug‘lik detektori va detektordan chiqqan signallarni yozadigan asbobdan tashkil topgan bo‘ladi (1-rasm).
5-rasm. Spektrofotometrning tuzilishi.


1-nurlanish manbai


5-idishchalarni ushlatgich


2-monoxromator


6-fotoelement


3-namuna eritmasi


7-o‘lchov asbobi


4-erituvchi


8-idishchalarning yo‘naltirgichi


Yorug‘lik nurlanish manbai lampadan (1) monoxromatorga (2) tushadi va natijada nur oqimi ma’lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘ladi. Namuna eritmasi va toza erituvchi idishchalarga (3,4) solinadi va ushlatgichga (5) qo‘yiladi. YOrug‘lik idishchalardan o‘tib fotoelementga (6) tushadi va undan chiqayotgan signallar o‘lchov asbobi orqali (7) o‘lchanadi. Idishchalar ushlatgichini shunday joylashtirish kerakki, nur idishchalarning yo‘naltirgichi (8) orqali har bir idishdan o‘tishi kerak.


O‘lchash ishlarini quyidagicha olib borish mumkin: bitta to‘lqin uzunlikda erituvchidan utayotgan nurning intensivligi o‘lchanadi, keyin esa xuddi shu erituvchida erigan moddaning yutilishi o‘lchanadi. Amaliyotda asbobni shunday tayyorlash kerakki, erituvchining yutilishini nol deb hisoblab, shunga asosan namunaning yutilish parametrlarini aniqlash mumkin. Spektrni olish uchun bu ishlarni boshqa to‘lqin uzunlikdagi qiymatlarda ham bajariladi. Bunday hajmdagi ishlarni tezkorlik bilan bajarish maqsadida hozirgi vaqtda ikki nur yo‘nalishli, spektrlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozadigan zamonaviy asboblardan foydalaniladi. Bunday asboblarning ayrim nusxalari 2, 3 va 4-rasmlarda tasvirlangan.

6-rasm. SPEKORD-M40 UB spektrometrining ko‘rinishi(Karl-Seyss firmasi, Germaniya).


Spektrni olish uchun idishchalarni monoxromator va detektor o‘rtasida joylashtiriladi, noma’lum moddalarni maxsus erituvchilarda eritiladi. Erituvchilar sifatida ko‘p hollarda asosan metanol, etanol, suv yoki to‘yingan uglevodorodlar - geksan, geptan, siklogeksanlarni ishlatish mumkin, chunki yaqin ultrabinafsha sohasida boshqa erituvchilar yutilish maksimumlarini namoyon qiladi.
7-rasm SF-25 spektrometrining ko‘rinishi (Bekman firmasi, Germaniya).
UB spektroskopiya uchun juda suyuq eritmalar ishlatilib, spektrdan to‘lqin uzunlikning maksimum qiymati (, maks) va unga tegishli bo‘lgan optik zichlikning  maks qiymati aniqlanadi.
Ayrim erituvchilarning UB sohadagi yutilish qiymatlari.


Erituvchi


, nm

,(20-250 S)

Suv

195

78,5

Metil spirti

210

32,6

Etil spirti


207

24,3

Xloroform


246

4,8

Atseton

331

20,7

Dioksan

215

2,2

Benzol

280

2,3

Geksan

199

1,9

Siklogeksan


211

2,0





Yüklə 215,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin