Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. Shuning uchun o`simliklarni zararkunandalardan himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalaning muhimligini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 31 avgustdagi 2 chaqiriq 3 sessiyasida "Qishloq xo`jalik ekinlarini zararkunanda, kasallanish va begona o`tlardan himoya qilish" to`g`risida qabul qilingan qonun ham tasdiqlaydi. Qishloq xo`jalik ekinlarini hasharotlardan to`g`ridan-to`g`ri himoya qilish, mahsulotni saqlab qolish, ularning tarqalishi, zarar keltirish me`yorlarini, bioekologiyasini umumiy va qishloq xo`jalik entomologiyasi o`rganadi.
Mavzuning maqsadi. Qishloq xo`jalik entomologiyasi fanining asosiy vazifasi hosilni zararkunanda hasharotlar ta`siridan saqlab qolishdan iborat bo`lib, u o`simliklarning zararkunandalarga chidamliligi, navning xossalari, agrotexnika darajasi, almashib ekishdagi o`rni, agrobiologik omillarni va kurash choralarini o`rganishdan iboratdir.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Respublikamizda tarqalgan ombor maxsulotlariga zarar keltruvchi hashoratlar, qushlar, hayvonlar hayoti, yashash tarzi ularning boshqa turlardan ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ma’lumotlar to’plash, o’rganish, tahlil qilishdan iborat. Respublikamizda va boshqa dunyo mamlakatlarda uchraydigan don mahsulotlarga zarar keltiruvchi hashoratlarni bir-biridan farqli jihatlari, taksonomik belgilari va ularning ahamiyati doirasida yanada ko’proq bilimlarni qo’lga kiritish va qo’llayolish lozim. Natijada manashu mavzu diorasida o’ziga xos bo’lgan ishlarni amalga oshirib , foydali hashoratlarni muhofaza qilish usullarini joriy qilish, kelajakda bu borada yanada yangi g’oyalar tashabbuslar bilan chiqib ilmiy tekshirish metodlarini qo’llab zoologiya faniga yana bilim yangiliklar,izlanishlarni olib kirish.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Ombor zararkunandalari va ularga kiruvchi turlar kurs ishining ob’ekti hisoblanadi. Zararkunandalarga kiruvchi turlarning tuzilishi, ko’payishi, biologik xususiyatlari,tarqalishi, sistematikasi va ahamiyati to’g’risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi.