1-rasm. Ombor uzun tumshug’i (Sitophilus granarius L). Dunyoning hamma joyida tarqalgan tanasining uzunligi tumshug’i bilan birga 3–6 mm bo’ladi. Ko’pincha uning lichinkasi va g’umbagi rivojlangan donning kattaligiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Tuxumdan chiqqan yosh qo’ngizcha, yorqin jigarrang tusda bo’ladi. Ombor uzun tumshug’i o’ziga xos, shu bilan bir qatorda donning buzilishiga olib keluvchi holatda tuxum qo’yadi.
2-rasm. Ombor uzun tumshug’i. Bitta urg’ochi hasharot 50 dan 300 gacha kulrang tusli oval shaklda tuxum qo’yadi. Tuxumning uzunligi 0,6–0,7 mm eni 0–3 mm bo’ladi. Urg’ochi uzuntumshuq bug’doy, arpa, javdar donlariga bittadan, yirik donlarga (masalan makkajo’xori) 2–3 tadan tuxum qo’yadi va ustini tez qotib qoluvchi suyuqlik bilan berkitib ketadi. Tuxumdan chiqqan lichinka mana shu donning endosperm bilan ozuqlanadi va shu yerning o’zida g’umbakka aylanadi. G’umbak bosqichi tugagandan so’ng undan yosh qo’ngizcha chiqadi va shu donning 3–4 kunda endospermning qolgan qismlarini ham yeb tugatadi. Natijada donning faqat po’sti qoladi. So’ngra po’stini yorib qo’ngiz tashqariga chiqib ketadi. Qulay sharoitda 25–270C harorat 14% namlikda. Tuxum qo’yilgandan yosh qo’ngizcha chiqqanda 28–30 kun kerak bo’ladi. Bu qo’ng’izlar urug’likdan qochadi va havo oqimini ko’tara olmaydi. Ularga nisbatan issiq joylarga to’planib oladilar. Ombor uzuntumshug’i odatda bug’doy, arpa, sholi javdar donida rivojlanadi.
Suli, makkajo’xori, tariq va grechixada kam uchraydi, jo’xori moyli ekin donlari, dukkakli donlarda umuman uchramaydi. Uzuntumshuqlar asosan donning ichki qismida rivojlanganligi uchun ularga qarshi kurash qiyin hisoblanadi.
3-rasm. Sholi uzuntumshug’i (Sitophibusoryzae L). Deyarli barcha issiq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Tuzilishi jihatidan ombor uzunburuniga juda o’xshab ketadi. Qanotining ustki qismida simmetrik joylashgan toʻrtta kulrang tusli sariq dog’lari bo’ladi. Tungi ombor uzunburuniga qaraganda nisbatan ingichkaroq bo’ladi. Ombor uzuntumshug’idan farqi shundaki, uning ichki qanoti yaxshi rivojlangan va yaxshi ucha oladi.
Yashash faoliyati ombor uzuntumshug’idan deyarli farq qilmaydi.
Urg’ochisi 300–600 tagacha tuxum qo’yadi. O’rta Osiyo sharoitida 5 martagacha avlod beradi va u birinchi marta sholida topilgan. Shuning uchun u sholi uzunburuni deb ataladi. Bu hasharot ombor uzunburuni zarar yetkazadigan boshqa turli donlarga ham zarar yetkazadi.
Makkajo’xori uzuntumshugʻi (Sitophilus Zea mays motsch).
Bu uzuntumshuq yer yuzining asosan issiq iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. Mamlakatimizda ham bu turli hasharot uchrab turadi. Uning uzunligi 5 mm bo’lib, yaxshi ucha oladi. Makkajo’xoridan tashqari boshqa donlarga ham zarar yetkazadi. Tuxumini makkajo’xorining doniga mum pishiqlik paytida qo’yadi. Sut pishiqlik davrida zarar yetkazadi.