Mundarija I. Kirish Asosiy qism I bob. Niderlandiya qirolligida XVIII ning oxirida ijtimoiy siyosiy vaziyat asrlarda


Niderlandiyada xalqining ijtimoiy hayoti



Yüklə 35,69 Kb.
səhifə4/5
tarix26.06.2023
ölçüsü35,69 Kb.
#135094
1   2   3   4   5
nilufar

1.2 Niderlandiyada xalqining ijtimoiy hayoti
Vilgelm I Oranskiy Niderlandiya mustaqilligining asoschisi hisoblanadi
1848-yilda Niderlandiya konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 yillarda sanoat tez oʻsdi. 1860-yildan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. 1876-yilda Amsterdam — Shimoliy dengiz, 1882-yilda Rotterdam — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam Olmoniya uchun tranzit portga aylandi. 1861-yilda birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandiyada 19-asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi.6
Niderlandiya birinchi jahon urushi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi jahon urushi (1914—18)da Niderlandiya oʻzining betarafligini maʼlum qildi. 1917-yil iqtisodiy qamal natijasida Niderlandiyada ishlab chiqarish va savdo susayib ketdi. 1918-yil bahordan dengizda kema qatnovi ham toʻxtadi. 1925—29 yillarda Niderlandiyada sanoatning yangi tarmoqlari (radioapparatlar ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash) vujudga keldi. Jahon iqtisodiy boʻhroni davri (1929—33)da Niderlandiyada sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, eksport va import 2 baravar kamaydi.
Niderlandiya ikkinchi jahon urushi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Niderlandiya betaraflik eʼlon qildi. 1940-yil 10-mayda fashistlar Olmoniyasi toʻsatdan bostirib kirdi va 14-mayda Niderlandiya taslim boʻldi. Qirolicha Vilgelmina va hukumat
etall, zargarlik buyumlari saqlangan. Oʻrta asr meʼmorligi namunalari Amsterdam, Gaaga va boshqa shaharlarda mavjud (shahar devorlari, saroy, qalʼa, uylar). Mamlakatda tuproqning botqokligi, tosh tanqisligi binolarning gʻisht va yogʻochdan qurilishiga sabab boʻlgan. 16—17-asrlar tasviriy sanʼatida turmush manzaralari, natyurmort, portret janri rivojlandi (yana qarang Niderland sanʼati). 17-asr oʻrtalarida klassitsizmning golland badiiy maktabi rivoj topdi (binolarning sodda va qulay boʻlishiga koʻproq eʼtibor berildi). 17-asr 2-yarmida fransuz klassitsizmining boy saroy va park meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Jamoat, savdo va ishlab chiqarish binolari (ratusha, birja, savdo rastalari va boshqa) qurildi (meʼmorlar Ya. van Kampen, P. Post, aka-uka F. va Yu.Vingbons va boshqa). 17-asrda haykaltaroshlik unchalik rivojlanmadi (binolar haykal bilan kamdankam bezatildi, portret haykallar juda kam ishlandi). Rassomlik va grafika esa keng rivoj topdi. Realistik rassomlik yuksalib, butun Yevropa tasviriy sanʼatiga samarali taʼsir oʻtkazdi. Golland rassomlari, odatda, biror janrga ixtisoslashgan. Portret (F. Xals), dehqonlar hayoti (A. van Ostade) va shahar hayoti (Ya. Sten, G. Terborx va boshqa), ifodali maishiy janr, manzara (Ya. Porsellis, Ya. van Ryoysdal) va boshqa janrlarda qim-matli asarlar yaratildi. Rembrandt, F. Xale, K. Fabritsius kabi buyuk rassomlarning ijodida demokratik kayfiyatlar mohirona ifodalandi.
19-asrda shaharlarda aholi tigʻizlashdi, ixcham, tejamkor meʼmorlik shakllariga eʼtibor kuchaydi. Tasviriy sanʼatda oddiy mehnatkash kishilar hayotiga ahamiyat berildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Amsterdam, Gaaga, Rotterdam va boshqa shaharlarda binolarning oqilona joylashishiga erishildi, milliy romantik tamoyillar bilan sugʻorilgan funksionalizm yetakchi oqim boʻlib qoldi. 19-asr 2-yarmida Gaaga rang tasvir maktabi, 20-asrda golland haykaltaroshlik maktabi shakllandi. Hozirgi zamon Niderlandiya tasviriy sanʼatida turli modernistik okimlar yoyilgan, ammo demokratik tamoyillar ham (Charli Torop, X. Shabo, P. Alma ijodida) sezilib turadi[12].
Niderlandiyaning musiqa madaniyatiga doyr dastlabki maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarga mansub. 12-asrdan ritsarlik lirikasi rivoj topdi. 14-asrda menestrellar deb atalgan sayoq sozanda va xonandalar xalq qoʻshiqchiligini professional sanʼat darajasiga koʻtardilar. Bayram, yarmarka, turli musobaqalarda musiqa asboblari joʻrligida ashula va raqslar ijro etish odat tusiga kirdi. 15—16-asrlarda musiqa sanʼati, ayniqsa, yuksaldi. Xususan, Uygʻonish davrida vujudga kelgan Niderland maktabi Yevropaning kompozitorlik ijodiyotiga taʼsir oʻtkaza boshladi. 17-asrda musiqa asboblarini ishlab chiqarish ham rivojlandi. 17-asr oxirlaridan Niderlandiyada ingliz, fransuz, italyan musiqalari taʼsiri oshdi, komik operalar sahnaga qoʻyiddi. K. Haquartning „Ishq tantanasi“ (1678) klassitsizm uslubidagi birinchi golland operasidir. Shu yillarda musiqa jamiyatlari tashkil etildi. 19-asrning 1-yarmidan milliy-demokratik musiqa madaniyati rivoj topa boshladi. Amsterdam konservatoriyasi (1884), Niderlandiya musiqachilari qirollik jamiyati (1875), Milliy opera (1916—23), Niderlandiya kompozitorlari jamiyati (1911) va boshqa tashkilotlar mamlakatda musiqa madaniyati rivojida muhim ahamiyatga ega boʻddi. Amsterdamda 1948-yildan yozgi musiqa festivallari oʻtkazib turiladi. Mamlakatda bir necha opera va balet teatrlari, 12 simfonik orkestr, 7 konservatoriya (baʼzilarida Sharq musiqasi oʻrganiladi), 3 musiqa litseyi, Amsterdam, Leyden va Utrext universitetlarida musiqa tarixi va nazariyasi 7fakultetlari bor. Kompozitorlardan G.Landre, S.Bessem, K. van Baren, dirijyorlardan P. Xyupperts, B.Xaytink, musiqa ijrochilaridan K.de Grot, L.Ponse, G.Leonhardt, T.Olof, T.Bayle va boshqa mashhur.8
Baleti oʻrta asrlardan vujudga kela boshlagan, bayram va karnavallarda raqslar koʻp ijro etilgan. 1959-yilda Amsterdam balet truppasi tuzilgan. Uning S.Gaskell truppasi (1954) bilan qoʻshilishi (1961) tufayli Niderlandiya milliy baleti tashkil topgan. Gaagada 1961-yildan Niderlandiya rake teatri ishlaydi. 1945-yildan bolalaruchun spektakllar qoʻyadigan „Skapino“ truppasi ishlab turibdi. O.de Xaye, Ya.Fliyer, I.Sanders Niderlandiya operasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.
12-asr oxiridan boshlab dramatik asarlar sahnalashtirila boshladi. 14-asrda adabiyot va teatr shinavandalari jamiyati tuzildi. 1638-yilda Amsterdam shahri teatriga asos solindi. Koʻplab sayyor truppalar mamlakat boʻylab tomoshalar koʻrsatardi. 1870-yilda tuzilgan „Niderland teatr uyushmasi“ milliy teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Niderlandiyada havaskorlik teatrlari keng tarqalgan. Teatrlarda U. Shekspir, F. Shiller, F. Dostoyevskiy, Niderlandiya Gogol, A. Chexov, M.Gorkiy asarlari koʻrsatilgan. Keyingi yillarda mahalliy mualliflardan Ya. Stal, S. Notebom, Ya. van der Merve va boshqalarning asarlari koʻplab sahnalashtirildi. Arnem, Rotterdam shaharlarida teatrlar mavjud. Zamonaviy sahna ustalari orasida A. van Dalsyum, K. van Deyk, E. van Lingen, V. Fos mashxur. Amsterdamda Teatr muzeyi bor.
1898-yildan hujjatli, 1910-yildan badiiy filmlar ishlab chiqarilgan. 1927-yil Amsterdamda kino sanʼatini targʻib qiluvchi „Filmliga“ kino klubi tashkil qilindi. Uning tarkibiga kirgan kino xodimlari „Ulik suv“ (rejessor G.Ryutten) va boshqa filmlarni yaratdilar. Fashistlar okkupa-siyasi yillarida ekranlarda, asosan, olmon filmlari namoyish qilindi. Mamlakat fashistlardan ozod qilingandan keyin Qarshilik harakati toʻgʻrisida koʻplab hujjatli filmlar suratga olindi (rejessor R.Xorneker, J.Fernu, O. van Neyenxof va boshqa), badiiy filmlar yaratish keng yoʻlga qoʻyildi. Keyingi yillarda „Amsterdam, suv shahri“ (rejessor M.Xas) ilmiy-ommabop filmi, „Suv ovozi“ (rejissor B.Xanstra), „Kasbdoshlar, shovqin qilmang“ (rejissor F.Rademakers), „Turk mevasi“ (rejissor P.Ferxuven) kabi badiiy filmlar chiqarildi. Kinematografiya kadrlari Amsterdam kino instituti va kino akademiyasida tayyorlanadi. G'arbiy Evropadagi davlat. Mulk - Aruba oroli va boshqa Gollandiya Antil orollari, Evropadagi hududi bilan teng maqomga ega federatsiyani tashkil qiladi..
Din-dindorlarning aksariyati katoliklar va protestantlardir.
1-asrda. Miloddan avvalgi. - V asr. AD - Rim viloyati, V asrdan boshlab. - frank davlatining bir qismi sifatida. 1463-yilda birinchi marta General shtatlar parlamenti chaqirildi. 1477 yilda mamlakat Gabsburglar hukmronligi ostiga o'tdi. 16-asr Gollandiya burjua inqilobi natijasida. Ispaniya hukmronligidan ozod qilingan Niderlandiya hududida Birlashgan provinsiyalar respublikasi tuzildi. XVII asrda. Gollandiya keng koloniyalarga ega bo'lgan jahon davlatiga aylandi, ammo 2-yarmdagi urushlarda. XVII asr va 18-asrda. ularning ko'plari yo'qolgan. Vena kongressi (1814-1815) qarori bilan sobiq Birlashgan Niderlandiya Respublikasi o'rnida Niderlandiya Qirolligi tashkil etildi, unga 1830 yilgacha Belgiya ham kirgan.

Yüklə 35,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin