Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Sanoat korxonalaridagi xavfsizlikning texnik asoslari va ularni xavfsiz ishlatishni ta’minlash



Yüklə 95,94 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü95,94 Kb.
#209889
1   2   3   4   5
fazliddin

2.1 Sanoat korxonalaridagi xavfsizlikning texnik asoslari va ularni xavfsiz ishlatishni ta’minlash.
Uskuna va mexanizmlarning xamma xarakatlanuvchi qismlari bir - biriga tomon aylanadigan vallar; tishli gildiraklar ilashmasi uskunalarning vertikal uzatmalari va kirkuvchi qismlari; kaytma - ilgarilma xarakatlanuvchi pishang ishlovchilarning sogligi hamda xayotiy uchun yashirish xavf tugdiradi.
Uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo’llaniladi. Ularga kuyidagilar kiradi: himoyalovchi va tusuvchi tuzilmalar xavfsizlik masofalari va gabaritlari; xavfsizlik signalizatsiyasi;yorug’lik signalizatsiyasi va xavfsizlik belgilari; xavfli mintaqalar; ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Agar texnologik va umumfabrika uskunalarning barcha xarakatlanuvchi qismlar shikastlanish manbai hamda inson organizmi uchun xavf manbai bulsa, ular to’siqka ega bo’lishi kerak. Masalan: xamma vallalarning chikib turadigan uchlari, tishli shesternya va segmentlar, maxovikli gildiriklar, tasmali, tishli hamda ponasmon tasmali uzatmalar, ilashish muftalari, tuxtatish (stoporlash) boltlari, shponkalar va texnologik xamma umumfabrika uskunalarning barcha xarakterlanuvchi qismlari tusib kuyilishi shart.
O‘rnatiladigan to’siqlar foydalanishga kulay bo’lishi, aylanuvchi qismlar bilan kuzgalmas detallar orasidagi tirkishlarni berkitib turishi hamda kiyimni, oyok-qo’llarni va sochni tortib ketib, ishlovchilarni shikastlash extimolning oldini olish kerak. Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli texnologik jarayoni kuz bilan kuzatib turish va ayni paytda ishlovchilarning otilayotgan kirindilardan abraziv toshlarning mayda buylaklari hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan himoyalanish uchun to’siqlar organiq shisha, stalining va boshka shaffof ashyolardan ekranlar yoki oynalari ko’rinishida tayyorlanadi.
Tusuvchi tuzilmalar asosan ikki guruxga: muvakkat va doyimiy tuzilmalarga bulinadi.
Muvakkat (kuchma) tuzilmalar qurilish - montaj va tuzatish ishlarini bajarishda qo’llaniladi.
Doimiy (kuchmas) to’siqlar texnologik va umumfabrika uskunalarning xavfli joylarini tusib turish uchun xizmat kiladi.
Doimiy to’siqlarga sirkulyar, tembranma (mayatnikosmon) va (tasma) lenta arralar, abraziv doiralar, pilla tortish hamda ipak yigirish mashinalardagi mexaniq uzatmalarning va xar xil tuzilishdagi metall to’siqlari misol bula oladi.
Elektr kurilmalarnigg xamma tok o’tkazuvchi qismlari (magnitli tushirgichlar, shitlari, boshkarish tugmalari, kalitlari) xam doimiy to’siqlar bilan himoyalangan bo’lishi zarur. Konstruktiv ijrosiga kura doimiy to’siqlar uskunalarning ajralmas qismi kabi tayyorlanadi. Ularning tashki sirti uskunaning rangida, ichki sirti esa to’siqni olib yoki ochib kuyib ishlash xavfli ekanligidan ogoxlantiruvchi kizil rangga buyalanadi. Xamma to’siqlarning tashki sirti sillik bo’lishi va ularda jaroxatlanishga olib keluvchi o’tkir chikiklari bo’lmasligi kerak.
Ba’zi xollarda to’siqni avval ish xolatiga o’rnatmasdan turib uskunani ishga tushirish mumkin bo’lmasligi uchun to’siqlar uskunaning ishga tushirgigichi bilan blokirovka qilinadi.
Doimiy to’siqlar kuzgalmas (olinmaydigan) va olinadigan bo’ladi. Olinadigan to’siqlar rostlash hamda moylash ishlarini bajarish, shunigdek, vaqt-vaqtida kuzdan kechirish uchun uskunaning xarakatlanuvchi qismlariga kulni olib borish zarur bo’lgan xollarda qo’llaniladi.
Ochilganda kul yoki kiyim uskunaning xarakatlanuvchi qismlariga tushib kolishi extimoli bo’lgan olinadigan, surilma va kaytarma to’siqlar ishga tushirish hamda tuxtatish mexanizmi bilan blokirovkalangan bo’lishi lozim.
Kaytarma, olinadigan va surilma to’siqlar ulchamlari hamda shakli jixatidan kulay skoba va tukichlarga ega bo’lishi kerak. Uskunalardagi xarakatlanuvchi qismlarning xalkalardan o’rnatilgan va yukoriga ochiladigan to’siqlari (kopkoklar, olinadigan to’siqchalar giloflar va b.) ochilganda kimirlanmaydigan bo’lishi zarur. To’siqning tuzilishiga nisbatan qo’llanila-digan majburiy talab shundan iboratki, uskuna xizmat ko’rsatadigan kishi to’siqni ochaolmasligi va u bo’lmaganda texnologik jarayoni amalga oshirish mumkin bo’lmasligi kerak. Bir necha kishi xizmat ko’rsatadigan yoki ancha uzun bo’lgan mashinalar apparatlar va boshka texnologik yoxud umumfabrikalarning tushirish ishga tuzilmasi fakat bir joyda - boshkarish pultida esa xar bir ish urniga va xar 4 oralikda o’rnatilishi lozim. Uskunalarning zararli gazlar buglar va chang chiqadigan joylari yopiq bo’lishi va havoning tozaligini ta’minlash uchun maxalliy suruvchi tuzilmalar bilan jixozlanishi zarur. Texnologik va umumfabrika uskunalarining kuydirishi mumkin bo’lgan kaynok sirtlari issiklikni o’tkazmaydigan qilib ixotalanishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlari boshkarish postlari va pultlari doimiy ish urnidan kupi bilan 1,2. m narida bo’lishi lozim. Boshkarish tuzilmalari (tugmalar, pishangli va burilma dastlar, teshiklar va xokazo) uskunalar hamda kuvurlarning ochik ish mexanizmlari va kizdirish elementlarida kamida 200 mm masofa joylashtirish kerak.
Texnologik va umum fabrika uskunalri ishini blokirovkalashdan maksad ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Blokirovkalash tuzilmalari kuiydagi maksadlar uchun xizmat kiladi:
-texnologik jarayonni va umumfabrika uskunalarning noto’g’ri boshkarishga barxam berish uchun;
-xavf paydo bo’lganda ishlayotgan uskunani darxol tuxtatish uchun;
-ayrim mexanizm va detallarning xavfi mintaqadan tashkarida xarakatlanishiga imkoniyat yaratish uchun.
Meyordagi ish sharoitini buzilishi okibatida mazkur kurilmaga xizmat ko’rsatadigan kishining sogligi uchun xavf tugilishiga ayrim mexanizmlarning ishlamay kolishi sabab bo’ladi.
Blokirovkalash uchun kupincha relelardan foydalaniladi. Ular agregat yoki texnologik jarayonining ayrim parametrlari kattaligi yoki yo’nalishi uzgargani sezib, ijrochi tuzilmaga tegishlicha ta’sir ko’rsatadi u esa elektr toki, suyuk yoki gazismon muxit ta’sirida ishlab ketadi. Releni ishlash prinsipini u kabul kiladigan parametrning turi kuch, yorug’lik, bosim, kuchlanish, namlik va xokazo hamda yordamchi eneriyaning mexaniq, elektr, gidravlik yoki pnevmatik xili belgilaydi.
Lampalar yoki yarimo’tkazugichlar asosida yigilgan kuchaytirgichlardan iborat bo’lgan elektron relelar keng qo’llaniladi.
Blokirovkalovchi tuzilma himoya tuzilmasidan fark qilib, uning vazifasi xavfli mintaqaning tusigi olinganda yoki ochilganda uskunaning operativ zanjirini o’chirib va uzib kuyishdan ish boshlanishdan oldin uni yopishdan hamda uskuna yopilgan xolatda to’tib turishdan iborat.
Cheklagichlar ishlab chiqarishda shikastlanishlarning, uskunalarning sinishi va falokat tartibotida ishlashning oldini olish maksadida qo’llaniladi.
Saklovchi tuzilmalar uz uzidan ishlab uskunani tuxtatadi va u bilan uning sinishi hamda ishdan chiqishning oldini oladi.
Saklovchi tuzilmalar ishlab ketganidan keyin uskunaning ishlash kobiliyaiini tiklash usuliga karab ular ikki guruxga ajratiladi:
-nazorat kilinayotgan parametr me’ridagi kiymatga yetganidan sung uskunaning ishlash kobiliyatini uz uzidan tiklanadigan tuzilmalar;
-saklovchi tuzilmaning ishdan chiqqan detalari (eruvchvn kuyimalari) kulda almashtirish yo’li bilan tiklanadigan tuzilmalar.
Portlashish oldini olish maksadida, atmosfera bosimidan yukori bosim ostida ishlaydigan apparatlar, ballonlar, kuvurlar va idishlar uz-uzidan (avtomatik) ishlab ketadigan saklovchi klapanlar) va saklovchi plastinalar bilan jixozlanadi. Apparatda bosim ko’tarilganda saklovchi klpanlar ochilib (uzilib) ortikcha bug yoki gazni chiqarib yuboradi va apparatda ruxsat etilgan bosim yuzaga kelganda keyin uz-uzidan yopiladi.
Elektr kurilmalaridan tok kuchi oshib ketganda ularda o’ta yuklanish yoki kiska to’tashuv va yong’in sodir bo’lishi mumkin. Bu xolda eruvchan saqlagichlar yoki uzib kuyuvchi avtomatlar o’rnatiladi. Blokirovka sistemalari va saklovchi tuzilmalar tovush hamda yorug’lik signalizatsiyasi bilan birgalikda qo’llaniladi.
Ishlovchilarni xavf to’g’risida ogoxlantirish uchun xavfsizlik signalizatsiyasi xizmat kiladi. Shu maksadda yorug’lik rang va tovush signallari xar xil shartli belgilardan hamda bosimni, xaroratni, suyuklik satxini aniqlaydigan ko’rsatgichlardan foydalaniladi.

Yüklə 95,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin