2.2 Korxonada uskunalarni joylashtirish Texnologik uskunalarga xizmat kursatishda mehnat xafsizligini ta’minlash, faloqalatlarning oldini olish bino hamda inshootlarning yong’in xavfsizlini ta’minlash uchun mashinalar bilan tuzilmalar, binolar bilan inshootlar orasidagi xavfsizlik masofalari va gabaritlari katta rol uynaydi. Xavfsizlik masofalari va gabaritlari deganda, uskunalar yoki obyektlar o’rtasidagi ruxsat etilgan eng kichik masofalar tushiniladi. Bu masofalar qisqartilganda shikastlanish xavfi paydo bo’ladi.
Asboblarning eng kup chikib turadigan qismlari orasidagi, uskunalar bilan devorlar ustunlar orasidagi masofalar meyorlari odamlar moddiy boyliklarinigg yong’in xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, texnologik uskunalarga xizmat kursatish qulay bo’lishini ta’minlash uchun koldiradi. Bu uskunalarning turiga, oralik masofalarda ish urinlari yordamchi tuzilmalar, odamlar yuradigan yo’laklar, sexning ichki transporti bor yukligiga bog’liqdir. Texnologik va umum zavod uskunalarning sexlaridagi joylashuvi, uskunalar yonidagi ish urinlarning tashki o’lchamlari aniqlashi kerak.
Komunikatsiyalardan o’tish joylarida xavfsiz yo’laklar yoki o’tish kuprikchalari qurilishi zarur.
Poyafzal va tikuvchilik korxonalari asosiy sexlaridagi xavfli zonalar. Poyafzal va tikuv fabrikalari odam hayotini yengillashtiruvchi, uni muhofaza qiluvchi xilma-xil, ko’pincha ancha murakkab uskuna va moslamalar bilan ta’minlangan. Bu uskunalarning ishi turli xil energiyalari (gaz, bug, elektr va x.k) qo’llash, utkir, agressiv, portlash xavfi mavjud materiallarni qo’llash bilan bajariladi. Kupgina mexanizmlar murakkab harakatlarni bajaradilar, shuning uchun ular bilan ishlaganda ish joylarida xavfli xudud paydo bo’ladi. Xavfli hudud uskunalarning ayrim qismlaridan ishlov berilayotgan materialning mayda bulaklari (kirindilar), bug’lar, gazlar, chang va sh.u. zararliklar ajralib chiqish bilan xam harakatalandi. Bu xududlarda doimiy ravishda yoki vaqt-vaqti bilan ishlovchilarning hayoti va sog’lig’iga xavf tugdiruvchi omillar paydo bo’lib turadi.
Uskunalarning xar qanday harakatlanuvchi qismlari unda ishlovchi ishchi uchun ma’lum ma’noda xavf tugdiradi. To’g’ri loyihalangan uskuna uning xavfli joylariga ishchining biror a’zosi (kuchi, oyogi va x.k.) kirib ketishini ogoxlantiruvchilar o’rnatilgan.
Uskunalarning harakatlanuvchi chikib turuvchi qismlari qancha kam bо‘lsa, unda ishlovchi ishchini jiddiy jarohatlarga olib keluvchi, kiymini, sochlarini va boshqa a’zolarini olib ketish xodisalari shuncha kamayadi.
Ishchi uskunaning xavfli xududiga kirib qolishini oldini olish, uni elektr toki ta’’siridan himoyalash, yuqori bosimdan, katta tezliklardan, yuklari yuqoridan tushirib ketishdan, pastga qulab tushish, kuyib qolish va x.k. lardan saqlash maxsus maqsadlar uchun loyihalashgan asbob, moslama va mexanizmlar bilan bajariladi.
Uskuna va agregatlarining ishida xavfli vaziyat paydo bo’lganligi sababli maxsus asboblar va moslamalar (suv satxini o’lchovchi, bosimlarini o’lchovchi manometrlar, yorug’lik va tovush signallari va x.k.) qo’llaniladi.
Xavfsizlikini ta’minlashda xavfli joylarini ishonchi to’siqlar bilan tusish, blokirovkalar qo’llash, zararli moddalar chikmasligi uchun zichlashtirish (germetezatsiya), apparatlarni kapsullash tadbirlari zamonaviy, progressiv texnik vositalar, usullar hisoblanadi va ular ishlab chiqarishda jarohat va kasbiy kasalliklarga qarshi kurashishada samarali usullardan sanaladi.