Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə4/11
tarix02.01.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#42805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari

Umumiy xarakteristika. Davriy sistemaning uchinchi gruppasi asosiy va ishshimcha gruppachalardan iborat. Asosiy gruppachaga tipik elementlar (bor. B, alyuminiy Al, galliy gruppachasi) galliy Ga, indiy In, talliy Tl, qo’shimcha gruppachaga – skandiy gruppachasi (skandiy Sc, ittriy Yt, lantan Lav a aktiniy As) kiradi. Lantanoid (seriy gruppachasi) va aktionlar (toriy gruppachasi) ham uchunchi gruppaga joylashgan. hammasi bshlib, bu gruppada 37 ta element bor. Ularning 36 tasi metall va faqat bittasi bor- metallmas. U yarim o‘tkazgichlar qatoriga kiradi. III gruppadagi asosiy gruppacha elementlarning oksidlanish
darajasi asosan +3 ga teng. Faqat talliyning oksidlanish darajasi +1 va +3 bo‘la oladi. Davriy sistemaning birinchi gruppadan uchinchi gruppasiga o‘tgan sari gidroksidlarning asosli xossalari susayib boradi. LiOH – kuchli asos, Be (OH)2 – amfoter birikma, B(OH)3 esa kislotali xossalar namoyon qiladi.
Al3+ dan Tl3+ ga o’tgan sayin ion radiuslar kattalashadi, shu sababli Al(OH)3 – Ga(OH)3 – In(OH)3 – Tl(OH)3 qatorida chapdan o’ngga o’tgan sayin gidroksidlarning asosli xossalari kuchayib boradi. Lekin bu xossaning kuchayishi nihoyatda sustlik bilan sodir bo’ladi, chunonchi; Al(OH)3amfoter modda, Ga(OH)3 ham amfoter, In (OH)3 da ozgina asosli xossa namoyon bo’ladi, lekin baribir u ham amfoter modda Tl(OH)3 da amfoterlik xossa nihoyatda kuchsiz ifodalangan. III gruppadagi asosiy gruppacha elementlarning bunday xossalarga ega bo’lishi ularning atom va ionlari tuzilishiga bog’liq, B,Al, Ga, In, Tl atomlarining sirtqi qavat tuzilishi bir- birinikiga o’xshaydi; hammasida ham sp2 –elektronlar bor. B3+ , Al3+ ionlarining tuzilishi inert gaz atomlariga o’xshaydi. Bu ikkala ionning sirtqi qavatida sakkiztadan elektron bor; lekin Ga3+ , In3+
va Tl3+ ionlarining sirtqi qavatida 18 tadan elektron bor; bu 18
elektronning 10 tasi d- elektron, 6 tasi p-elektron va ikkitasi selektronlardir.
Shuning uchun ion radiuslarning kattalashuvi Al3+ dan keyin
juda ham sustlashadi; Э(OH)3 larda asosli xossalarningsust o’sib
borishiga sabab ham ana shunda. Davriy sestemaning uchinchi asosiy gruppachasiga keng tarqalgan bor B, alyuminiy Al, birmuncha kam tarqalgan galliy Ga,indiy Jn, va talliy Tl elementlar kiradi. Bu elementlarning tashqi elektron qavatlarida s2 · p1 elektronlari mavjud. Shuning uchun bu elementlar o’zlarining tashqi elektron qavatlaridagi uchta elektronni yo’qotib, +3 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Faqat talliy +3, +1 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Buning sababi elementlarning anom radiuslari B-Al-Ga-Jn-Ta- qatori bo’ylab ortib borishidir. Atom radiusi ortgan sari s- elektronlar bilan pelektronlar orasida energetik ayirma kuchaya boradi shuning uchun talliyning p-elektroni birinchi navbatda valent elektronga aylanib ketadi.

Uchinchi gruppa asosiy gruppacha elementlarining oksid va gidroksidlarining asos xossalari Al(OH)3 - Ga(OH)3 - Jn(OH)3 - Tl(OH)3 qatorida kuchayib, kislotali xossalari kuchsizlanib boradi. Chunki Al+3 dan Tl +3 ga o’tgan sayin ion radiuslari kattalashib boradi.

Talliyning NlOH tarkibli gidroksida kuchli asos xossasini
namoyon qiladi. Chunki Tl+ ioni katta radius va kichik zaryadga ega. Bu yerda ham xuddi II gruppadagi “diagonal” o’xshashlik nomoyon bo’ladi: Al(OH)3 ning xossalari Be(OH)2 nikiga o’xshaylik; undan tashqari B bilan Si orasida ham dioganal o’xshashlik bor. Yana shuni aytib o’tish kerakki, uchinchi gruppaning asosiy gruppacha elementlari ichida talliy alohida vaziyatni egallaydi:
Uning TlOH tarkibli gidroksidi kuchli asos. Bu yerda talliyning
oksidlanish darajasi +1 ga teng bo’lishining sababi shundaki, atom radiusi ortgan sari s- elektronlar bilan p-elektronlar orasida energetikaviy ayirma kuchaya boradi. Shunga ko’ra, Tl ning pelektroni birinchi navbatda valent elektronga aylanib ketadi. (Bu hol VI davrning bhoshqa elementlarida ham ro’y beradi). Ammo indiyda ham galliyda ham bu xodisa sodir bo’lmaydi. Shuning uchun Ga+ ioni kuchli qaytaruvchi bo’lgani holda, Tl3+ioni kuchli oksidlovchidir. TlOH tarkibli gidroksidning kuchli asos bo’lishining sababi esa Tl+ ionining katta radiusli va kichik zaryadli ekanligidan kelib chiqadi. III gruppadagi qo’shimcha gruppacha elementlarining (skandiy, itriy, lantan, aktiniylarning) oksidlanish darajalari ham +3 ga teng; ularning gidroksidlari ham Э(OH)3 formulasiga ega. Skandiy, ittriy, lantan va aktiniy atomlarining tuzilishi B va Al atomlarining tuzilishiga o’xshamaydi, lekin B3+, Al3+, Sc3+ Y3+, La3+ va Ac3+ ionlarining sirtqi qavat tuzilishi bir-birinikiga o’xshaydi; bu ionlarining sirtqi qavat tuzilishi inert gaz atomlarining sirtqi qavat tuzilishiga o’xshaydi: hammasining sirtqi qavatida ham 8 tadan ( faqat B3+ da ikkita) elektron bo’ladi. Shuning uchun ham B(OH)3 – Al(OH)3 – Sc(OH)3 – La(OH)3 – Ac(OH)3 qatorida chapdan o’ngga o’tgan sayin asosli xossalar nezda kuchayib boradi. Sc(OH)3 kuchsiz asos bo’lgani holda La(OH)3 kuchli asosdir. La3+ va Ac3+ ionlarining radiuslari katta bo’lganligi sababli, ularning gidroksidlarida Э- O bog’lanishi kuchsizdir: shuning uchun ham bu asoslar o’zlarining kuchi jihatidan II gruppaning asosiy gruppachasi elementlari gidroksidlariga yaqin turadi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin