Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#42805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari

Tabiatda uchrashi. Tabiatda galliyning 6931Ga, 7131Ga, indiyning 11349 Jn, 11549Jn va talliyning 20381Tl, 20581Tl kabi izotoplari bor. Bu elementlar tabiatda gallit lorandit va avisenit minerallari holida alyuminiy, rux, qo’rg’oshin rudalari tarkibida juda oz miqdorda uchraydi.

Olinishi. Galliyning birinchi bo’lib Lekok-der, Uabodran 1875 yili rux rudalarini spektr nurlari bilan tekshirish natijasida topgan. Galliyni ajratib olish usuli birmuncha murakkabdir. Buning uchun laboratoriya sharoitida galliyni birinchi navbatta sianoferratlar holida cho’ktirib, qizdirish natijasida Ga2O3 va Fe2O3 lar aralashmasi hosil qilinadi. Bu aralashmani kaliy gidrosulfat ishtirokida suyuqlantirib ishqoriy muhitda temir birikmalari cho’ktiriladi.



Indiy. oqish kumushrang, yaltiroq, yumshoq, past temperaturada suyuqlanadigan metall. Oddiy sharoitda indiy kislorod ta’sirida yaltiroqligini o’zgartirmaydi, qizdirilganda yupqa parda hosil qilib oksidlanadi. Indiy suyuqlanish temperaturasidan yuqorida juda tez oksidlanadi. Indiy qizdirilganda xlorda shiddatli yonadi. Indiy boshqa galogenlar va oltingugurt bilan to’g’ridato’g’ri birikib, JnBR3, JnJ3, Jn2S3 tarkibli birikmalar hosil qiladi.

Xlorid kislotada yaxshi, sulfat va nitrat kislotalarda qisman eriydi. Qizdirilganda erish jarayoni tezlashadi. Indiy qizdirilganda ishqorlarda oz miqdorda eriydi, havo va suv ta’sirida oson korrozayalanadi.

Toza holda talliy oq, yaltiroq, yumshoq, 302, 50C da suyuqlanadigan metall. Havoda juda tez oksidlanadi, chunki bir valentli talliy birikmalari ishqoriy metallarning birikmalariga o’xshab asos xossaga ega. Talliy xlorid va sulfat kislotalarda yomon, suyultirilgan nitrat kislotada yaxshi eriydi.Suyultirilgan ishqorlar talliyga ta’sir etmaydi. Oddiy sharoitda talliy galogenlar bilan to’g’rida-to’g’ri birikadi. Qizdirilganda oltingugurt gruppachasi elementlari bilan reaksiyaga kirishadi.

Suyuqlantirilganda mishyak va surma bilan hbirikadi. Talliy bor, kremniy, azot, fosfor bilan reaksiyaga kirishmaydi. Talliy molekulyar vodorod bilan birikmaydi. Kurs ishini tayyorlashda alyumeniyning olinishi, xossalari ishlatilishi va boshqa jihatlari yoritilgan. Kurs ishida alyuminiy asosan suyultirilgan alyumeniy oksidini elektroliz qilish yo’li bilan olinishi, alyumeniyning fizik xossalari haqida: kumushdek oq, yengil uning solishtirma og’irligi asosan 27 suyuqlanish temperaturasi 6600 C alyumeniy odatdagi temperaturada havoda o’zgarmaydi u yupqa tig’iz oksid parda bilan qoplanib qoladi. Bu parda uni yana oksidlanishdan saqlashligi yoritilgan. Alyumeniy sirtiga amalgamalash alyumeniy bilan simobdan olingan qotishmalar amalgama deyiladi. Sirti tozalangan parda yo’qotilgan alyumeniy metali havoda tez oksidlanib ko’p miqdordagi issiqlik ajralib chiqaradi. Bu alyumeniy amfoter xossaga ega ekanligini bildiradi. Alyumeniy nihoyatda cho’ziluvchan va uzilishga ega bo’lgan metal hisoblanadi. Shuning uchun ko’proq simlar yasaladi. Alyumeniy yengil va korroziyaga chidamli metal hisoblanadi.

Shuning uchun uning qotishmalari aviatsiya, avtomobil sanoatida keng ishlatilishi yoritilgan. Alyuminy, Sanoatda ishlatilishi bo’yicha Fe dan keyin 2 o’rinda turadi . Alyuminiyning normal elektrod potensiali -1,67B. termodinamik jihatidan faol hisoblanadi.

Passivlanish qobiliyati natijasida suvda atmosfera sharoitlari , neytral va kuchsiz kislotali eritmalarda chidamlidir . Alyuminiy sirti passiv xolatda Al 2O3 yoki Al2O3 H2O dan iborat yupqa qatlam bilan qoplangan bo’ladi . Alyuminiy gazli muhitlarda erish haroratigacha (600 0C) turgan bo’ladi.

Alyuminiy HCl, HClO4, H3PO4 ishqorlar, oxak va betonlarda chidamsiz. Alyuminiy va uning qotishmalari (kimyoviy bo’yoqlar bilan) sanoatda keng qo’llaniladi. Texnik alyuminiy korroziyaga chidamli , payvandlanuvchan bo’lganligi har xil quvurlar, kabellar, eshiklar idishlar, sut uchun sistemalar va boshqa yuklanishlar bo’lmagan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi .

Alyuminiyning duralyumin, sulyumin kabi quyma qotishmalari xozirgi paytda keng qo’llaniladi .




Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin