Galliy. Galliy davriy sistemada 31-katakga joylashgan; atom
og’irligi 69,72; barqaror izotoplari 69Ga (yer qobig’idagi galliyning 60,2 % i) va 71 Ga (yer qobig’idagi galliyning 39,8 % i). Galliyning sun’iy radioaktiv izotoplaridan 72Ga (yarim yemirilishdavri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida foydalaniladi. Ga ning electron konfiguratsiyasi: KLM4s24p1.
Galliyning mavjudligini 1871 yilda D.I.Mendeleyev oldindan aytgan edi. Uni 1875 yilda fransuz olimi Lekok de-Buabodran sof holda ajratib olib, xossalarini o’rgandi. Bu olimning tadqiqotlari D.I.Mendeleyev fikrini to’la tasdiqladi.
Galliy yer po’stlog’ini 1,5 ∙ 10-3 % ini tashkil qiladi. Uning yagona minerali gallit CuGaS2 juda kam uchraydi. Galliy, asosan, alyuminiy, rux, germaniy rudalari bilan aralash holda uchraydi. Xuddi germaniy kabi galliy ham toshko’mir tarkibida bo’ladi. Shuning uchun toshko’mirning gazifikatsiyasida galliy germaniybialn birga kuya va kul tarkibiga o’tadi. Galliy minerali barchamamlakatlarda uchraydi.
Galliy kumush kabi oq metall, rombik sistemada kristallanadi
(a= 4,5196 Ǻ; v=7, 6601 Ǻ, c=4,5257 Ǻ). Galliyning atom radiusi
1,39Ǻ. Uning ioni – Ga3+ ning 0,62 Ǻ. Qattiq galliyning zichligi
(200C da) 5,904 g sm , suyuqlanish temperaturasi C 29,80 suyuq
galliyning zichligi 6,095 g/sm3 . qaynash temperaturasi 22270C.
Uning ionlanish potensiali:Galliy davriy sistemada alyuminiyning tagidagi katakda turgani uchun o’zining ximiyaviy xossalari bilan alyuminiyga judao’xshaydi. Masalan, galliy ham alyuminiy singari kislotalarda va ishqorlarda eriydi: Galliy o’z birikmalarida, asosan uch valentli bo’ladi. Galliy vakuum texnikada va signal asboblarda qo’llaniladi. Galliyning suyuqlanish temperaturasi past, qaynash temperaturasi yuqoriligiga asoslanib, galliydan yuqori temperaturalarni o’lchaydigan termometrlar uchun kerakli yuqori temperaturalarni o’lchaydigan termometrlar uchun kerakli suyuqlik sifatida foydalaniladi. Keyingi
yillarda galliy qotishmalari yarim- o’tkazgichlar texnikasida ishlatiladigan bo’ldi. Galliydan maxsus elektron naylar va foto elementlar tayyorlashda foydalanilmoqda. Galliy atom texnikasida ham qo’llaniladi. Galliy qo’shilgan qotishmalar (qalay va indiy qotishmalari) past (150 dan past) temperaturalarda suyuqlanadi.
Galliy gidrid Ga2H6 (digallan) 1390 C da qaynaydigan suyuqlik.
Alyuminiy oksid. - Al2O3, oq kukun, to’qqiz xil
modifikatsiyaga ega. Bular ichida eng beqaror modifikatsiyasi
kristall panjarasiga ega bo’lgan romboedrik d- Al2O3 va kub simon
h- Al2O3 dir. Kristall holatdagi Al2O3 kimyoviy barqaror suv va kislotalar ta’siriga juda chidamli, ishqorda uzoq qizdirilganda qisman eriydi. Kukun holatdagi Al2O3 amfoter xossaga ega bo’lgani uchun kislota va ishqorlarda eriydi:
Al2O3 +6HCl → AlCl3 + 3H2O
AlCl3 + 2NaOH + 3H2O → 2Na[Al(OH)4]
Sanoatda dala shpatlari maxsus pechlarda qizdirilib, ohaktoshlar ishtirokida pishiriladi. Hosil bo’lgan xomashyoni suvda eritib karbonat angidrid ta’sirida Al(OH)3 cho’ktiriladi. Cho’kmaga termik ishlov berish yo’li bilan uni Al2O3 ga aylantiriladi.
Na2O · Al2O3 · 6SiO2 → 6CaCO3 · SiO2 +2NaAlO2 + +6CO2
K2O · Al2O3 · 6SiO2 + 6CaCO3 → 6CaO· SiO2 +2KalO2 +6CO2
NaAlO2 + 2H2O → Na[AL(OH)4]
KalO2 +2H2O → K[Al(OH4)]
2Na[Al(OH)4]+2K[Al(OH)4] +2CO2→Na2CO3+K2CO3+4Al(OH)3+2H2O
2Al(OH)3→ Al2O3 + 3H2O
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3 – oq rangli, amfoter xossasiga ega bo’lgan cho’kma. Kislota va ishqorda yaxshi eriydi.
Al(OH)3+ 3HCl → AlCl3 + 3H2O
Al(OH)3 + NaOH → Na[Al(OH)4]
Al(OH)3 + 3NaOH → Na[Al(OH)4]
Umuman olganda bu reaksiyalarni quyidagi sxema asosida tushuntirish mumkin: Al(OH)3 laboratoriyada bilvosita usul bilan olinadi.
Al2(SO4)3 + 6NaOH → Al(OH)3 + 3Na2SO4
Dostları ilə paylaş: |