Guruppa elementlariga umumiy xarakteristika
Uchunchi guruh asosiy guruhchalari elementlariga B, Al, Ga In, Tl elementlari kiradi. Ular p- elementlar oilasiga mansub. Ulardan B metallamas qolganlari metallardir. B, Al, Ga In, Tl guruhda elementlarning atom radiusi oshadi ionlanish energiyasi elektromanfiylik, elektronga moyillik kamayadi. Ular birikmalarda + 3 oksidlanish darajani namoyon qiladi. Faqat Tl +3+1 oksidlanish darajani namayon qiladi. Sabab, atom radiusi ortib boradi, guruhda tartib raqam ortib borishi bilan oksid va gidroksidlarning asoslik xossasi kuchayib kislotalik xossasi kuchsizlanib, boradi.
Al tabiatda eng ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Uning yer po`slog`idagi umumiy miqdori 8,8 %, uning eng muhim tabiiy birikmalari boksid, korund, kriolit, alyumo selikatlardir. Alyuminoselikatlar er po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. Ko`pchilik alyuminoselikatlar nurab yemirilganida gil xosil bo`ladi. Gilning asosiy tarkibi
AL2O3*2SiO2*2H2O
Boksit AL2O3 * H2O
Korund AL2O3
Kriolit AL F3 * 3 NA F tarkibli minerallardir.
Sanoatda alyuminiy AL2O3 suyuqlantirilgan kriolit eritmasiga CaF2 qoshib elektroliz qilish orqali olinadi.
uning yadrosida (13 p, 14 n bor). U uchunchi davr uchunchi qatorning 13 – o`rinda joylashgan. ) ) ) 1s2 2s22p63s23p13d0
Tashqi qavatidagi 3 ta elektronni oson berib Al3+ ioniga aylanadi.
AL-oq kumishsimon, engil, mexanik jixatdan mustahkam metall. Zichligi 2,7 gr/sm3 suyuqlanish temperaturasi 660oC havoda oksidlanuvchan metall. Elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazadi, unga ishlov berish oson. Tabiiy alyuminiy bitta izotopdan tarkib topgan. U o`z sirtida oksid parda hosil qilgani uchun passif metall hisoblanadi. U odatdagi haroratdayoq kislorod bilan oson birikadi. Uning sirti AL2O3 bilan qoplanadi, bu parda metallning keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid parda tufayli alyuminiy sirti xira bo`ladi. Oksid parda buzulsa alyuminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi. 2Al+6H2O 2Al(OH)3+3H2
Alyuminiy metallamaslar bilan ta`sirlashadi. 2Al+3Cl2 2AlCl3
Odatdagi temperaturada alyuminiy konsentirlangan va juda suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. (Himoya parda borligi sababli), lekin u HCl va H2SO4 larda eriydi.
2 Al+ 6 HCl 2 AlCl3+3H2
Al ishqor eritmalariga kuchli ta`sir etadi. 2 Al + 2NaOH + 10H2O
2Na shuning uchun alyuminiy idishda ishqor elementlarni saqlab bo`lmaydi. Yuqori temperaturada S, N, C lar bilan ta`sirlashadi.
Al va uning qotishmalari keng ko`lamda ishlatiladi. Al ning yuruk iste`molchisi aviatsiya sanoati hisoblanadi. Samalyotning 2/3 qismi Al va uning qotishmalaridan matorini ¼ Al qotishmalaridan yasaladi. Shuning uchun Al ga qanotli metall deyiladi. Al dan kabellar, simlar tayyorlanadi. Uning korroziya bardoshligini e`tiborga olib undan apparatlarning detallari, nitrat kislota solinadigan idish tayyorlanadi. Turmushda turli idishlar yasaladi. Metallurgiyada Al ishlatiladigan eng muhim tarmoqlaridan biri u yordamida metallarni oksidlardan olishdir. Al termiyani rus ximigi Beketov kashf qilgan.
Dostları ilə paylaş: |