Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism


II.4. Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus)



Yüklə 458,37 Kb.
səhifə9/10
tarix21.06.2023
ölçüsü458,37 Kb.
#133605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan

II.4. Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus)
Bu parazit asosan mushuk, it, tulki, sher, cho'chqa va odamning jigarida, o't yo'llarida, o't pufagida hamda oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan G'arbiy Sibirda ko'p tarqalgan.
Ko'rinishi nashtarsimon ikki so'rg'ich-liga o'xshaydi, lekin tanasi biroz kichik, ya'ni 8-13 mm uzunlikda bo'ladi. Bir juft urug'donlari va bir dona tuxumdoni gavdasining orqa tomonida joylashgan. Bachadoni ko'p shoxlangan bo'lib, tana bo'shlig'ining oldingi yarmini to'ldirib turadi,
Mushuk ikki so'rg'ichlisining, ya'ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo'j-ayin qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuvchilar va odam definitiv (asosiy) xo'jayin bo'lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli molluska - bitiniya (Bithynia leachi) birinchi oraliq xo'jayin, sazan (zog'ora baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo'shimcha xo'jayin hisoblanadi.
5- rasm. Mushuk ikki so'rg'ichlisi(Opisthorchis felineus)ning tashqi ko’rinishi va rivojlianish sikli: 1-voyaga yetgani(marita), 2-asosiy xo’jayinlari, 3-tuxumi, 4-oraliq xo’jayini(Bithynia avlodiga mansub mollyuska), 5-miratsidiy, 6-sporotsista, 7-rediya, 8-serkariy, 8a-mollyuskadan suvga chiqqan serkariy, 9-qo’shimcha xo’jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy.


Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o't suyuqligi orqali ichakka va imdan ax-lati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga aylanadi va molluska jigariga o'rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya'ni qo'shimcha xo'jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga aylanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni yesa, parazitni o'ziga yuqtiradi.
Asosiy xo'jayini oshqozonida va ingichka ichagida metatserkariyning po'sti yemirilib, parazit o't yo'li orqali jigarga o'tadi. Bu yerda 3—4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib, to jinsiy voyaga yetishigacha 4-4,5 oy vaqt kerak bo'ladi.
Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. Opistorxozni kasallik sifatida birinchi marta 1891 -yilda Tomsk shahrida shifokor K.N. Vinogradov aniqlagan. Bu kasallik Ukrainada, Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don, Volga daryolarining ba'zi hav-zalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz, ayniqsa, Ob va Irtish daryolarining havza-larida keng tarqalgan.
Asosiy xo'jayini organizmida opistorxis 25 yil yashaganligi fanga ma'lum. Bu kasallikdan o'lgan bir kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan. Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og'rig'i, asabiyla-shish va ko'ngil aynish kabi holatlar kuzatiladi. Jigar va oshqozon osti bezining ishi buziladi, ba'zi hollarda bu kasallik jigar va oshqozon osti bezlarida rakning paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi.
Bu kasallikka qarshi kurashish uchun awalo opistorxoz bilan kasallangan odam va hayvonlarga xloksil, geksaxlorparaksilol, geksaxloretan va boshqa dorilar berib davolash kerak. Metatserkariy bilan kasallangan baliqlarni yaxshilab pishirish yoki muzlatish yo'li bilan yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo'jiyinlariga bermaslik, suv havzalariga opistorxisning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik hamda aholi o'rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga anial qilishni targ'ibot qilish kerak.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, biz yassi chuvalchanglarni o‘rganish orqali ularning tabiatda tarqalishini, o‘simlik, hayvon va odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishimiz mumkin. Ularni tuzilishini, hayot kechirishini o‘rganganimizda esa, ularni kelib chiqishini, o‘ziga xos tomonlarini, moslanishlarini, ko‘payishini, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va ularni oldini olish choralarini bilishimiz mumkin.
Yassi chuvalchanlarni ko‘pchilik vakillarining tuzilishi o‘xshash bo‘lib, bular hammasi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar, tanasi uch qavatli bo‘lib, bo‘shliqsiz parenximatozlardir. Ularni barchasida qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Yassi chuvalchanglarni sistemasi germafrodit, ayrish sistemasi protonefridiy tipida. Ular ekzo va endoparazit hayvonlardir. Ularning so‘rg‘ichlari oziqlanish va yopishish vazifasini bajaradi. So‘rg‘ichlar bir necha xil tipda tuzilgan bo‘ladi.
Yassi chuvalchanlar insonlar va hayvonlar o‘rtasida bir necha xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklar o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Masalan, hayvonlardan qo‘ylarda qo‘y miya qurti “gir aylanma” kasalligini, baliqlarga katta ziyon yetkazuvchi ichan ligulasini, jigar qurtini keltirib chiqaradigan kasalliklarini misol qilish mumkin.



Yüklə 458,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin