Kurs ishining maqsadi: 1775 yildan 1780 yilgacha Volfgang Amaltaning samarali faoliyati Motsart o'zining ajoyib kompozitsiyalari yaqinidagi yozuvlar kohasini to'ldirdi. 1779 yilda sud organistining darslaridan keyin Motsart simfoniyasi, uning operalari ko'proq va yangi texnikalar mavjud.Vazibgal Motsartning qisqacha tarjimai holida, Konstans-Vaykaning nikohi, shuningdek, o'z ishida aks etgani ta'kidlandi. "Sereryadan o'g'irlab ketayotgan" opera o'sha paytlarning romantikasi bilan singdiriladi.Ba'zi Motsart opera tugallanmagan bo'lib qoldi, chunki oilaning og'ir moliyaviy ahvoli balansni turli vaqtdan beri turli ish o'rinlariga jalb qilishga majbur qildi. Aristokratona to'garaklar Motsartning pianino konsertlarini o'tkazdilar, musiqachilarning o'zi pyesa yozishga majbur bo'ldi, ularga buyurtma berish, o'rgatish.
Kurs ishini vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardan, ilmiy tadqiqot ishlardan, dastur, darslik o‟quv qo’llanmalardan foydalanish.
Tajribali o‟quvchilar, olimlar, metodistlar ish tajribalaridan foydalanish.
.Volfgang Amadey Motsartning hayoti va ijodibilan tanishib chiqish
Buyuk mutafakkirlarni risolalalari, fikrlaridan, ilmiy ishlaridan foydalanish.
Motsartning asarlaridagi xilma xillik bilan tanishib chiqish.
V.A.Motsart ijodida variatsiyaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish
Kurs ishining predmeti:
Yevropa mumtoz musiqasining – opera, oratoriya, balet, simfoniya, uvertyura, sonata kabi ko’p ovozli janrlarga hos ilk namunalari o’rta asrlarda asarlar yaratishning qoidalari ham o’sha davrlardan shakllanib, bugungi kunda yuksak rivojlanish cho’qqisiga ko’tarilgan.
Opera – XVI asrning oxirida Italiyada paydo bo’lib, uning tarixiy – qahramonlik, tarixiy – romantic, yopiq, afsonaviy, lirik, dramatic, hajviy mavzularda yozilgan turlari mavjud bo’lib, mumtoz na’munaviy turlari J. Verdi, X. Glyuk, V. Motsart kabi Yevropa kompozitorlari tomonidan yaratilgan.Chet el kompozitorlari ichida dunyoga yoshligidan mashxur bo’lgan kompozitor Avstraliyalik Volfgang Amadey Motsartdir. U 1756 yil 27 yanvarda Avstriyaning kichik bir shaxarchasida Zalsburgda saroy kompozitori va organchisi Leopold Motsart oilasida dunyoga kelgan. Motsartning musiqaga bo’lgan qobilyati 3 yoshidan boshlab yaqqol sezila boshlagan. U klavesinda soatlab shug’ullanar, opasi 8 yoshli Annaning cholgan kuylarini bir eshitishda hatosiz aynan qaytarib chalib bera olar edi.Otasi Leopold o’g’lining musiqiy qobilyatiga tan beradi va Anna bilan bir qatorda Volfgang bilan ham astoydil shug’ullana boshladi. Volfgang Motsart 6 yoshida klavesinda yaxshi chala oladigan darajaga erishadi va birinchi asarini, kichik hajmdagi pyesalarini yoza boshlaydi.
Yetti yoshga kirganda Motsart opasi, 12 yoshli Anna bilan birgalikda Fransiya qirolining rezidensiyasi – Varsal saroyida konsert berishadi. Bolalar dastlab to’rt kun uchun mo’ljallangan bir nechta murakkab asarlarni chalib, hammani hayratga solishadi. Keyin Volfgang Motsart skripkasini olib bir qancha asarlarni nihoyatda toza va katta mahorat bilan chalib beradi. Opasi Anna unga klovesinda jo’rbo’ladi.Saroygato’plangan mehmonlar Volfgang bilan qiziqib qolishadi. U birinchi marta ko’rayotgan notanish asarlarni notaga qarab to’xtamasdan, qiyomiga yetkazib chalib etadi. Berilgan muiqa bo’lagini ham xilma – xil bezaklar qo’shib turlicha chalib beradi. Mehmonlar chalgan musiqa bo’lagini xech qiynalmasdan ko’zi bog’liq holda chaladi.
Uning nomi boshqa shaxarlarda ham yoyiladi. U bir necha davomida Vena, Parij, London, Gana, Bryussel, Jeneva kabi bir qancha shaxarlarda konsert qo’ydi.
Otasi Leopold o’g’li Volfgangga musiqa yozish sirlarini, kompozitsiyani mukammal o’rgatib bordi. Natijada 8 yoshli Motsartning birinchi kitobi Parijda bosilib chiqdi. Motsart 12 yoshida o’zining birinchi operasini yaratdi.
Volfgangning otasi Leopold Motsart bolalarining xar tomonlama keng bilim olishiga sharoit yaratib berdi. Yosh Motsart chet tillari, tarix, geografiya, arifmetika va boshqa fanlardan ham yetarlicha bilim oldi. U Parijda, Londonda opera teatrlariga va simfonik orkestr konsertlariga tez – tez borib turadi. Volfgang Motsartning Italiyaga otasi bilan qilgan safari uning hayotidao’chmas iz qoldirdi. Italiya shaxarlarining boy arxitekrurasi, dilbar tabiat muzey va teatrlari yosh Motsartni yanada ilxomlantirib yubordi.
Bir necha oy davomida Motsart Italiyadagi eng yetuk musiqa nazoratchisi Padre Martinidan kompazitorlik sirini o’rgandi. O’qish oxirida 14 yoshli Motsart sinovlardan oily darajada o’tib, Boloniya usiqa Akademiyasining faxriy a’zosi diplomini olishga muyassa bo’ldi Yangi taassurot va yangi ilxomlar bilan u juda ko’plab musiqa asarlarini yaratadi. “Sexrli fleyta”, “Figaroning uylanishi” operalari, qator – qator simfoniyasi fortepiano uchun yozilgan xor uchun qo’shiqlar uning ijodiy maxsuli bo’ldi.
Motsartni mo’jizali bola deb atashar edi. Hayotini oxirida Venada yashadi. Bu yillar bastakorning yetuk ijodiy davridir. Bu yerda u turmush qurgan. Eng zo’r asarlarini shu yerda yozgan.