Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə34/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Referat - Bezgak

Klinik belgilari. Kasallik to’satdan boshlanib bemorning tana harorati 39 — 40‘ C ga ko’tariladi. Eti qattiq junnikib kaltiraydi, darmoni ko’rib, boshi og’riydi, terlaydi. Avval quruq, so’ngra shilliq rangli qizg’ish balg’amli yo’tal,ko’krak qafasida sanchiqli og’riq,havo yetishmasligi paydo bo;ladi.Og’riq yo’talganda,chuqur nafas olganda kuchayadi.Bemorning nafas olishi (ayniqsa o’pkaning katta qismi yallig’langanda)tezlashadi va yuzaki bo’ladi,labi,burni,qulog’i bir oz ko’karadi,labiga,og’iz burun atrofiga uchuqlar chiqadi.Kasallikning klinik manzasisini patomorfalogik o’zgarishlar davri bilan taqoslaganda I bosqichga to’g’ri keladi.
Qonga to’lish davri kasallikning boshlang’ich,dastlabki kunlarida to’g’ri keladi.Bunda bemorning ahvoli og’ir,tana harorati yuqori darajada(39-40‘C) bo’lib,eti jnjikadi.Ko’krak qafasining sanchib og’rishi va havo yetishmovchiligidan shikoyat qiladi.Bemorda avvalo quruq,so’ngra shilimshiq balg’am ajraladigan yo’tal paydo bo’ladi.Nafas olishi tez va nafas olishda ko’krakdagi sanchiq kuchaygani sababli sayoz bo’ladi,yo’taladi. Shilliq qon aralash balg’am ajraladi. Perkussiya qilishganda o’pkaning yallig’langan qismi sohasida qisqargan perkurator yoki bo’g’iq timpanik tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda o’pkaning yalliag’langam qismi sohasida vezikulyar nafasning susaygani, bundan tashqari, qisqa muddatli erta paydo bo’ladigan krepitasiya eshitiladi. Ayrim vaqtlarda plevra ishqalanishi shovqini eshitiladi.
Kasallikning II bosqichda bemor yo’talganda temir zangi rangidagi balgam ajraladi. (o’zgargan gemoglobin borligi sababli). Bemorning umumiy holati anchagina ogir bo’lib, o’pkani yalliglangan tomonida paypaslab ko’rilganda ko’krak qafasi elastikligi kamayligi, og’riq borligi, tovush dirillashi kuchayganligi aniqlanadi. Perkussiya qilinganda esa o’ta bo’g’iq tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda esa bronxlar nafas shovqini eshitiladi.
III bosqichda shilliqli va yiringli balg’am ajrala boshlaydi, paypaslanganda, perkussiyada va auskultatsiyada bu o’zgarishlar II bosqichdagiga o’xshash bo’ladi.
Kasallikning IV bosqichida esa tana harorati krizis yoki lizis yo’li bilan pasayib, shilliqli balg’am ko’proq ajrala boshlaydi. Bemorning umumiy holati yaxshilana boshlaydi. Paypaslanganda og’riqning kamayginini yoki yo’qolganini, tovush dirillashi pasayganligini, ko’krak qafasi rezistentligining tiklanayotganini aniqlash mumkin. Perkussiya qilinganda bir oz bo’g’iq tovush, auskultatsiya qilinganda, bromxovezikulyar nafas shovqini, dag’al krepitatsiya va ho’l xirillash eshitilishi mumkin.
Krupoz zotiljamda nafas olish a’zolaridan boshqa a’zolarida ham sezirarli o’zgarishlar o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Yurak- tomirlar sistemasida yurak urishi tezlanishi, arterial qon bosimining pasayishi mumkin. Yurak tonlari susatadi. Bu o’zgarishlar qari, holsizlangan bemorlarda ko’proq jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Markaziy nerv sistemasida bo’ladigan patologik o’zgarishlar ko’proq spirtli ichimliklarni istemol qiladigan bemorarda yuz beradi.
Buyrak sistemasidagi o’zgarishlar: kasalning siydagi kamayadi, uning solishtirma og’irligi oshadi. Ayrim hollarda siydik bilan oksil ajralib chiqadi.
Kasallikning to’liq aniqlash uchun bemorning qonini, balg’amini, siydigi, qon oqsilini laboratoriyada tekshirish kerak. Bemorning qonini umumiy aqnaliz qilinganda qonda leykositlar soni neytrofillar hisobiga ko’payadi (leykositoz). Leykositlar formulasi chap tomonga siljiydi, eritrositlar soni ko’payadi. Eritrositlarning cho’kishi tezlashadi. Qonda yirik dispers oqsillarning nisbiy miqdori ortadi. Bemorning balg’amidagi o’zgarishlar kasallikning kechish bosqichlari bog’liq ravishta I bosqichda shilliqli, II bosqichda qon aralash (temir zangiga o’xshash), III-IV bosqichlarda shilliqli va yiring aralash bo’ladi.
Krupoz zotiljam kasallikni aniqlashda rengen usuli bilan tekshirish muhim rol o’ynaydi. Oldingi va tomondan tushirilgan rentgen tasvirlarda kasallangan o’pka bo’lagi soyasining zichlashganligini ko’rish mumkin. Rentgenogrammada yallig’lanish o’pkaning qaysi bo’lagidaligini, hajmini aniqlash mumkin.
Krupoz zotiljam kasaligining asoratlari o’pkada va o’pkadan tashqarida bo’lishi mumkin.
I. O’pkadagi asoratlari: o’pkada absyess, plevraning yallig’lanishi, nafas qisish belgilarining paydo bo’lishi, o’pkaning surunkali yallig’lanishga o’tishi hisoblanadi.
II. O’pkadan tashqarida bo’ladigan asoratlarga infeksion toksik shok, o’tkir yurak – qon tomirlarlar sistemasi yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, oshqozon- ichak shilliq qavatida yaralar vujudga kelishi, DVS sindrom, infeksion-allergik miokardit, endokardit, perikardit, meningit, nefrit, gepatit kiradi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin