Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə38/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Referat - Bezgak

b. Ko’zdan kechirish Ko’krak qafasi asemetrik suyuqlik yig’ilgan tomon hajmi pastki yonbosh sohada birmuncha kattalashgan nafas olganda orqada qoladi. Qovurg’alararo bo’shliq kengaygan va tekislashgan.
v. Palpatsiyada tovush titrashi suyuqlik yig’ilgan joyda juda susaygan, gohida umuman aniqlanmaydi.
g. Perkussiya.
(1) Ekssudat ustida bo’g’iq tovush aniqlanadi. U hamma vaqt orqa va qo’ltiq ostida joylashadi.
Bo’g’iq tovushning yuqori chegarasi umurtqa pog’onasi bo’ylab yuqoriga ko’tariladi. Bo’g’iq
tovushning yuqori chegarasi Damuazo egari chizig’ida hosil bo’ladi. suyuqlik plevra
bo’shlig’ining yon qismida to’planadi. Keyinchalik u plevra yorig’idan yuqori va yon
tomonga yoysimon qiyshiq chiziq hosil qilib tarqaladi.
(2) Sog’lom tomonda umurtqa pog’onasi bo’yalab ko’ks oralig’i a’zolarining siljishi hisobiga
bo’g’iq tovush maydoni – Rauxfus – Grokk uchburchagi kuzatiladi.
(3) Shikastlangan tomonda umurtqa pog’onasi va ekssudat (Damuazo chizig’i) orasida
ekssudat bilan siqilgan o’pka sohasida bo’g’iqlashgan timpanik tovush (Gorlyand uchburchagi)
aniqlanadi.
d. Auskultatsiya
(1) Ekssudat o’rnida nafas shovqinlari susaygan, agar suyuqlik ko’p bo’lsa mutlaqo
eshitilmaydi.
(2) Ekssudat chegarasidan yuqori siqilgan o’pka o’rniga bronx nafas eshitiladi.
(3) Sog’lom tomonda siljigan ko’ks a’zolari sohasida nafas shovqinlari eshitilmaydi.
e. Rentgent tekshirishlari (7-rasm) o’pkaning quyi sohalarida ustki chegarasi qiyshiq joylashgan va ko’ks oralig’ining Sog’lom tomonda siljishi bilan kuzatiladigan katta qora dog’ni aniqlaydi; bemor holatini o’zgarishi soya konfiguratsiyasini o’zgartiradi. Kichik hajmda (300 ml dan kam) suyuqlikda rentgenogramma patologiyani aniqlay olmasligi mumkin.
j. Ultratovush (UT) tekshiruvi suyuqlik joylanishini aniq ko’rsatadi.
z. Qonda deyarli ko’p bo’lmagan leykotsitoz, ba’zida eozinofiliya, ECHT oshishi kuzatiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin