Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


O’pka abssesi va gangrenasining tasnifi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə41/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Referat - Bezgak

O’pka abssesi va gangrenasining tasnifi



Patogenezi bo’yicha

Klinik va anatomik ta’rifi

Kechishi

Asoratlari

1. Zotiljam keyingi


2. Qon aylanishi va emboliya yo’li bilan
3. Aspiratsiya yo’li bilan


4. Shikastlanish oqibatida
5. Surunkali zotiljam oqibatida



1.Periferik
a) ko’plab empiyema bilan asoratlangan
b) chegaralangan empiyema
v) asoratlarsiz
2.Markaziy
a) yakka holda
b) ko’plab
3. Gangrena
a) empiyemali
b) empiyemasiz

1. O’tkir

2. Surunkali





1. O’pkadan qon oqishi
2. Klapanli pnevmatoraks (zo’riqqan)
3. Septikoliyemiya
4. Septikoliyemiya

5. Ikkilamchi bronxo ektazlar


6. Amiloidoz



O’pka o’tkir abssesi va gangrenasining klinik ko’rinishi. Kasallikning kechishini 2ta bosqichga ajratish mumkin: 1. Infiltratsiya. 2. Yiringlash o’chog’ining Bronx yo’liga yo’rilishi.
1. Infiltratsiya fazasi. O’pka abssesi zotiljamdan keyin rivojlanganda infiltratsiya bosqichida bemor ahvolining to’satdan yomonlashuvi, tana haroratining ikkinshi marta juda baland – 400 S bo’lishi, bemor og’zidan yoqimsiz hid kelishi, kulrang – yashil rangdagi balg’am ko’chishi (200-300 ml yoki 1-1,5 stakan), qattiq terlash, sovuq qotish, azobli yo’tal, ko’krak qafasi og’riq, adinamiya, artralgiya, taxikardiya kuzatiladi. O’tkir nafas olish yetishmovchiligi va qattiq zaharlanish belgilari esa o’pka gangrenasida kuzatiladi.
Infiltratsiya fazasida ko’krak qafasi perkussiya qilinganda o’pka tovushining bo’g’iqlashganligi, paypaslab ko’rilganda tovush tebratishining susayishi, auskultatsiyada vronxial nafas, quruq va mayday pufakchali nam xirrilashlar eshitiladi.
Qon tekshirilganda neytrofillarning metamielotsitlarga qadar surilishi natijasida leykotsitlar soni 15-109/l gacha ortadi, ECHT ortishi kuzatiladi. Qon bioximik laboratoriyada tekshirilganda α2- va ß-globulinlar, fibrinogen normadan ortiqcha bo’ladi. Peshob (siydik)da oz miqdorda proteinuriya kuzatiladi.
Balg’am ko’chishining birdan ko’payishi (500-700-1000 ml gacha), tana haroratining normaga yaqinlashuvi, ko’krak qafasida og’riq,xarsillashning, qonda leykotsitlar miqdorining kamayishi yiringlash o’chog’ining bronx yo’liga yorilganligidan va bronxlar drenaj funksiyasining tiklanganligidan, kasallik II bosqichga o’tkanligidan darak beradi.
Bemor ajratayotgan balg’amning miqdoriga qarab patologik jarayonning xarakteri, hajmi, bronxlar drenaj funksiyasining holati haqida fikr yuritish mumkin.
Balg’am 2 yoki 3 qavatli bo’lib, 1-qavati ko’pikli, 2-qavati sariq yiringli, 3-qavati har xil mayday elementlardan iborat bo’ladi.
O’pka gangrenasida esa, bemor ajratgan balg’am kulrang, ko’pincha tarkibida qon va o’pka to’qimasining mayday bo’lakchalari bo’ladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin