Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə50/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Referat - Bezgak

QO’SHIMCHA TONLAR

Mitral klapan tonining ochilishi diastola boshida ovozsiz amalga oshiriladi. Mitral klapan tabaqalari burushib qolganda mitral klapan stinozi bilan kasallangan bemorlarda, diastolada klapan ochilishi cheklanganda, qon oqimi klapan tebranishini chaqiradi bu mitral klapan tonining ochilishi qo’shimcha ton sifatida qabul qilinadi. Ton juda baland va “щёлкающий” xarakterli bo’lishi III-tondan ajratishga yordam beradi. Bu tonlarni II-tondan keyin eshitish mumkin. Faqatgina uni yurak cho’qqisida eshitish uchun optimal variant membranali stitoskopni qo’llash lozim. III tabaqali klapanning ochilishi to’shning pastki qismida kamdan kam holda eshitiladi. Sistolik tonning haydalishi I-tondan so’ng eshitiladi, ular aorta klapani yoki o’pka arteriyasi klapani harakati bilan bog’liq, shuning uchun o’ng tomondagi II-qovurga oralig’ida yoki to’sh qirrasi o’ng tomonida eshitiladi. Bu tonlar nisbatan baland, “шёлкающий” xarakterda bo’lib, membranali stetaskopda eshitiladi. Aortal ton haydalishi bu ton aortaning eshitiladigan nuqtasida eng yaxshi eshitiladi. Bu ton tug’ma portal stenoz bilan qo’shilib kelishi mumkin. Aortal 2 tavaqali klapan bilan qo’shilib kelishi mumkin.


O’pkaning haydalish toni o’ng tomondagi II-III qovurg’alararo sohasida aniq eshitiladi. Qachonki I-ton kuchayishi o’pka tonining haydalishida nomoyon bo’ladi. O’pka tonining haydalish intensivligi nafas olganda susayadi. Bunga sabab o’pka arteriyasi dilyatatsiyasi, o’pka gipertenziyasi, o’pka arteriyasi stenozidir.
Patologik III-ton (fiziologik eshitiladi) u protodiastolik gallop ritmining hosil bo’lishida ishtirok etadi. 40 yoshdan oshgan odamlarda har doim patalogik belgi bunga sabab miokard qisqarishi kamayishi (surunkali yurak yetishmovchiligida III- ton xarakterli),qorincha hajmining zo’riqishi masalan mitral klapan yoki III-tavaqali klapan yetishmovchiligida kuzatiladi.
I-ton hosil bo’lishidan oldin IV-ton vujudga keladi.Qorinchalar diastolasi va qorinchalarning qon bilan tezda to’lib qisqarishidan hosil bo’ladi va pastdan uni stetoskopda eshitish mumkin qari jdamlarda yuragida o’zgarishlar bo’lmasa va jismonan sog’lom va rivojlangan shaxslarda eshitish mumkin.Patologik IV-ton gipertoniya kasalligi,kardiomiopatiyada kuzatiladi.Bo’lmachalardan qorinchalarga qo’zg’aluvchanlikning tormozlanishi natijasida IV-ton kuchli eshitiladi.
Keyingi holat
-gipertoniya kasalligi
-aortal stenoz
-kardiomiopatiya
Qorinchadan bo’lmachaga qon o’tishi qiyinlashishi natijasida IV-ton sust eshitiladi.IV-ton asosan presistolik gallop ritmida eshitiladi.
Galop ritmi-yurakning uchlangan ritmi taxikardiya fonida eshitiladi va ot dupurini eslatadi.Qo’shimcha ton sifatida galop ritmi qo’shimcha sifatida quyidagi holatlarda eshitiladi:
-qo’shimcha ton I-tondan oldin presistolik galop ritmi
-qo’shimcha ton diastola boshida II-tondan so’ng
-prediastolik gallop ritmi
Galop ritmi yurak cho’qqisida III-IV qovurg’alar orasida eshitiladi.
Galop ritmining kelib chiqish sababi qjrinchalar miokardining o’zgarishi, uning qisqaruvchanligining buzilishi
Embriokardiya .Yurak ritmi qisqarishi natijasida diastolik pauza sistolik tonga yaqin bo’lib qoladi. Agar ton yurak cho’qqisida eshitilsa, bir xil ton auskultatsiyada eshitiladi, xuddi soat sterelkasi ovozini eslatadi. Embriokardiya yoki mayatniksimon ritm deyiladi. Bu o’tkir yurak yetishmovchiligi, haroksizmal taxikardiya, yuqori lixaradkada kuzatiladi.Yurak shovqinlari –auskultatsiyada tonlardan tashqari yurak shovqinlari eshitiladi. Shovqin yurak ichida yoki tashqarisida kuzatiladi. Intrakardial yurak klapanining anotomik o’zgarishidan (organic shovqinlar) yoki klapan funksiyasining natijasida funksianal shovqin eshitiladi. Funksional shovqinlar qon tezligi oshishi yoki hajmi oshishi yoki yopishqoqligi oshishi natijasida yuzaga keladi. Intrakardial shovqinlar mexanizmi quydagicha : klpapan paychalarining bir biri bilan mustaxkam yopilgan stenozda klapan paychalari qisqarib qoladi. Klapan iplari masofasining o’zgarishi yoki klapanlar tortilishi bo’lmacha qorincha o’rtasida to’liq yopilish bo’lmasligi natijasida qonning malum bir hajmi regurgitatsiyaga uchraydi. Shovqin hosil bo’ishiga ko’ra diastolic va sistolik xarakterda bo’ladi. Auskultatsiyada quydagilar aniqlanadi:
1.Shovqinning yurak qaysi fazasiga to’g’ri kelishi.
2.shovqin xarakteri, kuchi, davomiyligi
3. Shovqin lokalizatsiyasi va qayerda eshitilishi
4. Irradatsiyasi
Uch xil diastolic shovqin farqlanadi :

  1. prodiastolik- diastoladan oldin II-tondan so’ng

  2. mezodiastolik- II-tondan so’ng

  3. presistolik- diastola oxiri sistola boshi

Shovqin hosil bo’lishida boshqa faktorlar ham ishtirok etadi.Bular:qon qancha tez tushsa, shovqin kuchli shovqin yoki aksincha , bazi bir holatlarda yurak shovqinlari perikardga yoki plevraga tegishli ekstrakardial shovqinlar
Umumiy xarakteristika
Shovqin klapanlardan tashqari ba’zi bir holatlarda yurak sohasida kuzatiladi.Oddiy shovqinlar qon oqimi bo’ylab tarqaldi Masalan sistolik shovqin kuzatiladi. Yurak yetishmovchiligida, aorta klapanida hosil bo’lgan diastolik shovqin o’ng tomonda II-qovurg’adan tashqari chap tarafda esa III-qovurg’a sohasi (Botkin-Erb nuqtasi)da eshitiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin