Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»


Normal EKG tishchalari, intervallari va segmentlari to’g’risida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə51/74
tarix05.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108399
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Referat - Bezgak

17.Normal EKG tishchalari, intervallari va segmentlari to’g’risida umumiy ma’lumot.


EKG intervallari va tishchalari.


Standart tezlikda 25 mm/sek (1 mm/0.02sek) tashkil qiladi 50 mm/sek esa 1 mm 0.04sek ni tashkil qiladai. EKGdagi asosiy tishchalar EKG dagi uncha katta bo‘lmagan P tishcha bo‘lib u bo‘lmachalar depolyarizatsiyasi va qo‘zg‘alishni aks etadi. Balandligi 0.05-2.5 mm davomiyligi 0.07 – 0.1 sek bu tishcha II standart ulanishda yaqqol ko‘rinadi. Q tishcha QRS kompleksdagi 1-manfiy tishcha ko‘pgina ulanish II-III ulanishlarda chuqurligi 3 mmdan oshmaydi. Kengligi 0.03 sek AVL, AVF ulanishlarda uning chuqurligi 4 mm ko‘krak ulanishlarda 3mm AVR ulanishlarda Q tishcha juda chuqur 8 mmgacha R tishcha qorincha kompleksdagi asosiy musbat tishcha yurakning normal yelektr o‘qida uning balandligi II-standart ulanishda eng yuqori bo‘ladi. Ko‘krak ulanishlarining o‘ng tomondan chap tomonga qarab R tishcha amplitudasi V4 ulanishda yuqori keyinchalik V5, V6 ulanishlarda R tishcha amplitudasi kamayib boradi.Uning amplitudasi 5-15 mm atrofida bo‘ladi. S tishcha R tishdan keyin kelib manfiy bo‘ladi.Barcha ulanishlarda uning bo‘lishi ahamiyatsiz.Normada standaart ulanishda uning chuqurligi 5mm dan ortmaydi.Ko‘krak ulanishlarda S tishcha chuqurroq va ko‘krak ulanishlarda 25 mm. QRS kompleksi P tishchadan keyin kelib qorinchalarning depolyarizatsiya va qo‘zg‘alishni aks ettiradi va qorincha kompeksi deyiladi.Kompleks davomiyligi 0.06-0.1 sek o‘rtacha voltaj 5 mmdan 20 mmgacha.Agar hech qaysi ulanishlarva voltaj 5mmdan oshmasa EKG ning past voltli yekanligini bildiradi. T-tishcha yuqoriga yo‘nalib ko‘pincha musbat,manfiy bo‘lishi ham mumkin.U qorinchalar repolyarizatsiyasini aks ettiradi yani qo‘zg‘alishdan tinchlik holatiga o‘tishni ko‘rsatadi.Amplitudasi normada 2-6 mm davomiyligi 0.02 sek I-II ulanishlarda T tishcha musbat, - ulanishlarda manfiy U tishcha ba’zan T tishidan keyin musbat U tishcha keladi.O’tkazuvchi sistemaning repolyarizatsiyasi bilan bog‘liq.PQ interval bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini aks ettiradi.Uni P tishchadan Q tishgacha bo‘lgan oraliqda o‘lchanadi.Davomiyligi 0.12-0.2 sek .Diagnostik jixatdan axamiyati katta ST interval qorinchalarning sekin repolyarizatsiya fazasi aks etiradi. Normada izoliniya chizig‘ida deyarli joylashadi va biroz yuqoriga yo‘naladi. Pastga 0,5 mm va yuqoriga 1 mm ko‘tarilishi mumkin. O’ng ko‘krak ulanishlarida ST segment yuqoriga 1-2 mm chap ko‘krak ulanishlarda yuqoriga 1 mm pastga 0,5 mm keladi. Q-T interval QRS kompleksdan Q tishgacha o‘lchanadi. O’lchash qiyin II standart ulanishlarda nisbatdan oson. QT interval davomiyligi ChSS – bilan bog‘liq. ChSS yuqori bo‘lsa QT interval qisqa ritm 60-80 minutiga bo‘lganda QT davomiyligi erkaklarda 0,32-0,38 ayollarda 0,35-0,40 sekund ga teng. RR interval bir yurak tsiklini davomiyligini aks etiradi. Davomiyligi ritm chastotasiga bog‘liq. QRS komplekslari yurak qisqarishlari chastotasiga bog‘liq. Yurak ritmi qancha ko‘p bo‘lsa interval shuncha qisqa. Yurakning elektr o‘qi joylashishi (normogramma) EKG dagi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi. Barcha yo‘nalishlarda R tish S tishning katta ikkinchi yo‘nalishda R tishi maksimal vertikal holatda EKG belgilari.

  • II-III yo‘nalishlarda R tishi amplitudasi barobar (yoki III da kichikroq)

  • I yo‘nalishda R tishi kichik amplitudasi S nikidan biroz katta QRS va VF kompleksi musbat (R tishi kattaroq VL-manfiy chuqur S tishi kattaroq)

O’ng qo‘l yo‘nnalishi EKG belgilari:
III-yo‘nalishida R tishi maksimal, II va I keskin k4ichrayadi. QRS kompleksi I yo‘nalishda manfiy (S tishi kattaroq)
VF da baland R tishi harakterli VL da chuqur S kichik tishda
Gorizlntal holatda EKG belgilari:
I, II-yo‘nalishda R tish deyarli bir xil yoki I yo‘nalishda R tishi bir muncha katta
III- II da g tishi kichik ampletudaga ega S tishi undan katta (kirishda g tishi kattalashadi)
VL da R tishi baland, ammo S tishidan biroz kichik
VF da R tishi emas baland ammo S dan katta
Chap qo‘l yo‘nalishi EKG belgilari:
I yo‘nalishdagi R tishi II va III yo‘nalishdagi R tishidan katta
QRS kompleksi III-yo‘nalishda manfiy (S tishi katta ba’zan g tishi butunlay bo‘lmaydi)
VL da R baland, deyarli, bir xil yoki I yo‘nalishdagi R tishidan katta
VF kompleksda QRS III yo‘nalishdagi o‘lchash.
Yurak elektr o‘qidan og‘ish sabablari

  • yurak elektr o‘qidan joylashuvi ba’zan yurakga aloqador bo‘lmagan sabablarga ham bog‘liq bo‘ladi;

  • diofragmasi yuroqi joylashgan odamlarda, gipersteniklarda, YuEO’ gorizontal holatda ba’zan chap yo‘nalishda;

  • oriq va baland bo‘yli kishilarda YuEO’ vertikal joylashadi ba’zan o‘ng yo‘nalishda;

  • YuEO’ potologik holatlar bilan bog‘liq. Miokart massasi ortishi natijasida qorinchalar gipertrafiyasi YuEO’ gipertrofiyaga uchragan qorincha tomonga siljiydi.

Yo‘nalashlar miokard infarkti lokalizatsiyasida muxim:
[aVL V4-V6 – chap qorincha yon devori.
[aVL, V1-V6 – yurak old devori va yurak chegarasi.
V-V3 yurakning old devori va yurak chegarasi
V4 yurak cho‘qqisi
[I,III. aVF, I aVL, V4-V6 – chap qorinchaning pastki yonbosh devori.
Elektro kardiografiyaning klinik ahamiyati:
Bo‘lmachalarning kattalashuvi va miokard gipertrafiyasida R tishcha o‘zgaradi. Chap qorincha kattalashishi I, II yo‘nalishda. I qorincha gipertrafiyasi EKG da quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi.

  1. elektr o‘qi yo‘nalishi o‘zgaradi: chap qorincha gipertrofiyasida chapga siljiydi, o‘ngida-o‘nga.

  2. qorinchalar qo‘zg‘alish vaqti ortadi.

  3. Miokard qayta tiklanishi buziladi.

  4. Chap qorincha gipertrofiyasida S tishi amplitudasi kattalashadi. O’ng yo‘nalishda R tishi ampletudasi ortadi, chap yo‘nalishda o‘ng qorincha gipetrofiyasida baland R tish paydo bo‘ladi, chapda chuqur S tish.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin