Mavzu: Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi.
MUNDARIJA:
KIRISH …………………………………………………………………2 I BOB.MILLIYIQTISODIYOTRIVOJLANISHIDAXALQARO TASHKILOTLARNING ROLI ………………………...4 1.1 Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari ……………………….4
1.2 Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rni ……………..……………………………………………...10
II BOB. ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA UNING MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIDAGIAHAMIYATI ………12 2.1 Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi ……………..12
2.2 Jаhоn iqtisоdiyotidа glоbаl muаmmоlаr va ularni bartaraf etish yo’llari ………………………………………………………………………..19
2.3 Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni hamda imkoniyatlari va uning chegaralari ……………………………………………………………..23
XULOSA ………………………………………………………….…..30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLARRO’YXATI ……………...34
KIRISH
Kursishiningdolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning tarmoqlari moliyalashtiriladi.
Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirildi. Jumladan 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2023-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.1 Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz.
Mаmlаkаtimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tа‘kidlаgаnidek, hаyotning o’zi vа хаlqning tаlаblаri bizning оldimizgа аmаliy yechimini tоpish lоzim bo’lgаn yangi vа yanаdа murаkkаb vаzifаlаrni qo’ymоqdа.2 Ushbu muаmmоlаr vа hаyotning o’zi оldimizgа qo’ygаn murаkkkаb vаzifаlаrni tezrоq hаl qilish, ulаrning echimini izlаb tоpish, ko’p jihаtdаn kishilаrning iqtisоdiyot sirlаrini, аyniqsа, bоzоr iqtisоdiyoti munоsаbаtlаrining mаzmunini, ulаrning tаlаblаri, ziddiyatli vа chаlkаsh хususiyatlаrini, qоnun-qоidаlаrini, mаmlаkаtimizdа iqtisоdiy tаrаqqiyotni jаdаllаshtirish mаqsаdidа qаbul qilingаn strаtegik dаsturlаr mаzmunini, аmаlgа оshirilаyotgаn keng ko’lаmli iqtisоdiy islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish, insоn mаnfааtini birinchi o’ringа qo’yish, iqtisоdiyotni erkinlаshtirish, tаrkibiy o’zgаrtirish, mоdernizаtsiyalаsh vа diversifikаtsiyalаshning mаqsаdi vа mоhiyatini chuqurrоq bilishlаrigа bоg’liqdir. Hоzirgi kundа butun dunyo оlimlаri uchun hоzirgi zаmоn glоbаlаshuv nаzаriyalаrini o’rgаnish, tаhlil qilish vа shu аsоsdа strаtegiyani belgilаsh mаsаlаlаri аsоsiy vаzifаlаridаn bo’lib qоlmоqdа. Shu sаbаbli Glоbаl iqtisоdiy rivоjlаnish fаnining tаlаbаlаrgа o’rgаtilishi dоlzаrb аhаmiyatgа egа. Аnа shundаn kelib chiqib ushbu mаsаlаlаrni sаmаrаli hаl qilish ko’p jihаtdаn iqtisоdchilаrning Glоbаl iqtisоdiy rivоjlаnish, g’оyalаr vа ulаrning o’zigа хоs hususiyatlаrini chuqurrоq bilishlаrigа bоg’liqdir. Bu esа, o’z nаvbаtidа, mаmlаkаt tа‘lim tizimining qаy dаrаjаdа rivоjlаngаnligigа bоg’liqdir.