Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo‘ldi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimi shakllandi.
To‘rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko‘plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarning yangi tendentsiyalarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat:
iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.25
“Jahon xo‘jaligi”, “butunjahon xo‘jaligi”, “jahon iqtisodiyoti” tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari farqlanadi.26 Keng ma’nosiga ko‘ra, jahon xo‘jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig‘indisidir. Tor ma’nosiga ko‘ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o‘rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)
moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;
a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.
Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan, balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva, Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.
Bank kelgusidagi faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib,
u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga
kelib bank jahondagi musulmon xalqlarining turmush tarzini yaxshilanishi, rivojlanishiga butunlay ko’mak beruvchi, islom qonuniyatlari asosida boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tishning bugungi bosqichi iqtisodiyotimizning ochiqligi chet el investitsiyalarini jalb qilishning ortib borishi xususiylashtirish hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarining kuchayib borishi bilan belgilanadi. Shu qatori moliyaviy tizimning rivojlanishi uchun ham shartsharoitlar yaratilmoqda, chunki rivojlangan moliyaviy tizimsiz iqtisodiy tizim muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi. Shuning asnosida quyidagi xulosalarni berishni lozim deb topdik.
Birinchidan, banklarning fond bozoridagi faoliyatini faollashtirish uchun ularning kapitalini qayta tarkiblash, ustav fondlaridagi davlat ulushini xususiy investorlarga sotish, banklarning investorlar sifatidagi faoliyatini yanada erkinlashtirish lozim.
Ikkinchidan, bank obligatsiyalar emissiyasi orqali aksiyadorlik sarmoyasi bilan birgalikda bankning qarz sarmoyasini shakllantiradi. Sarmoyaning oshishi xususiy mablag’lar o’sishiga, bank yalpi sarmoyasida ularning solishtirma ulushi ortishiga olib keladi, bu o’z navbatida, uning barqarorligi, ishonchliligi mustahkamlanishiga hamda moliyaviy ko’rsatgichlarning yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, tijorat banklari obligatsiyalar chiqarish orqali yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini to’plashi, ularni iqtisodiyotning ustivor sohalariga investitsiyalab, fond bozorining rivojlanishiga zamin yaratadi-buning natijasida quyidagi iqtisodiy samara olinadi:
soliqqa tortiladigan bazaning kamayishini belgilaydi. Obligatsiyalar bo’yicha to’lanadigan foizlar “muomala xarajatlari”ga kiritiladi va bankning soliqqa tortiladigan bazasini kamaytiradi;
obligatsiya chiqarishda aksiya emisiyasiga nisbatan muayyan afzalliklarga ega. Aksiyada ulush munosabatlarini ifodalasa, obligatsiyada esa qarz munosabatlarini ifodalashi hamda obligatsiyalarni sotishda emitent bankdan maxsus jamg’arma hisobraqami ochish talab etilmaydi, bu o’z navbatida, sotishdan tushgan mablag’lardan bank faliyatida foydalanish imkoniyatini yaratadi;
tijorat banklari davlat obligatsiyalarni joylashtirishda bevosita professional dilerlik faoliyatida ham etakchi tashkilot bo’lib, banklar obligatsiyalar chiqarish orqali majburiy zahiralashdan holi hisoblanadi, ularni chiqarish vaqtida jalb etilgan mablag’ bo’yicha majburiy zahira yaratish talab etilmaydi, bu jarayon bankda mavjud moliyaviy resurslarining ko’payishiga omil bo’lib xizmat qiladi
Yakuniy xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda moliya bozori iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini doimiy aktiv moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashga hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo’shmoqda. Shu bois, biz tomondan berilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy etilsa, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ijobiy turtki bo’lar edi. Bu o’z navbatida, respublikada moliya bozorining rivojlanishiga, shuningdek mamlakat tijorat banklarining moliya bozori orqali xalqaro sarmoya bozorlariga uyg’unlashuviga xizmat qiladi.