6.Kassa amaliyotlari bo’limi. Bo’limning quyidagi vazifalari mavjud: O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yil 17 maydagi 668-sonli “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” yo’riqnoma talablariga qat’iy rioya etgan holda, kirim, chiqim, qayta sanash va kechki kassa amaliyotlarini amalga oshirish; amaliyot kassasi bo’limi xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga aniq kassa xizmatini ko’rsatishdan iborat.
Bo’limning quyidagi funktsiyalardan iborat: barcha turdagi qimmatli boyliklar bilan olib boriladigan kassa amaliyotlarini to’g’ri tashkil qilish; kassa qimmatliklarining daxlsizligini ta’minlash; qalbaki va to’lovga yaroqsiz pul biletlaridan va kassa hisobidan adashish hodisalaridan ogohlantirishga taalluqli chora-tadbirlar ishlab chiqish.
ATB “Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali xodimlarining huquqi va majburiyatlari Banklarda hisob–operatsion apparati ularning bajaradigan operatsiyalari va ularga yuklatilgan ishlarning hajmidan kelib chiqib tashkil etiladi. Bankning hisob–operatsion apparati pul–to‘lov hujjatlarini qabul qilish, nazoratdan o‘tkazish, rasmiylashtirish va bankning buxgalteriya hisobini aks ettirish bilan band bo‘lgan bankning mas’ul xodimlaridan tashkil topadi.
Banklarning xizmat ko‘rsatish darajasi va ish hajmiga qarab hisob–operatsion apparati quyidagi mutaxassis xodimlardan shakllantiriladi:
- bosh buxgalter;
- mas’ul ijrochilar (bevosita mijozlar bilan ishlaydi);
- nazoratchi buxgalterlar;
- operatsiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar;
- operatorlar.
Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisob varaqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Bankning bosh buxgalteri mas’ul ijrochilarga vazifalarni taqsimlaganda mijozlar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olishi lozim. Xususan, hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o‘rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi hamda maxsus daftarda qayd etib boriladi.
Banklarda hisob–operatsion appparati tarkibini tashkil etish, ularning bank qonunchiligi doirasida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq mas’uliyat bank boshqaruvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Banklarda bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod shaxslarga nisbatan malaka talablari Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (ro‘yxat raqami 2989, 2018 yil 30 mart) muvofiq belgilanadi.
Bosh buxgalter o‘z ish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga va buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asoslanib ish yuritadi.
Bosh buxgalter quyidagilarni bilishi shart:
a) buxgalteriya hisobi qonunchiligini;
b) fuqarolik huquqi, bank, moliya, soliq va xo‘jalik qonunchiligining buxgalteriya hisobini yuritishga tegishli qismini;
v) bank tuzilishi, strategiyasi va uning rivojlanish istiqbollarini;
g) bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil etishga va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni;
d) soliq, statistika, boshqaruv va moliyaviy hisoblarni;
e) operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisob uchastkalarida hujjatlar aylanishini tashkillashtirish tartibi, pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari, shuningdek boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash (chiqim qilish) tartibini;
qarzdorlikni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, mulkni baholash va qayta baholash tartibini;
j) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini;
z) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;
i) mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tartibini;
y) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
k) bank moliya-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxiralarini aniqlashni;
l) tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
m) buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar va axborot tizimini;
n) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
o) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini;
p) ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
r) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg‘or milliy va xorij tajribalarini.
Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek bank rahbari vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank uchun mablag‘ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi.
Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda (xizmat safari, ta’til, kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o‘rinbosariga, o‘rinbosar ham ishda bo‘lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyrug‘i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlarni mijozlarning o‘ziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo‘lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo‘yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ushbu hisobvaraqlar hamda omonatga doir ma’lumotlar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg‘armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga; chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa chet el konsullik muassasalariga beriladi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni, ular soliq to‘lovlarini to‘liq va to‘g‘ri
to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali o‘z mijozlariga hisob, kredit va boshqa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, Bankka berilgan litsenziyada ruxsat etilgan bank xizmatlarini ko‘rsatadi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali o‘z faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:
Omonatlarni jalb qilish;
Kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar berish;
Mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga
binoan pul mablag‘larini boshqarish;
Pul mablag‘lari, vaksellar, to‘lov va hisob-kitob xujjatlarini inkasso qilish;
Uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda
tutuvchi kafolatlar berish;
Uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
Jismoniy va yuridik axslarga xujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash
uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
Moliyaviy lizing;
Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan
boshqa operatsiyalar;
Hisobvaraqlarni ochish;
Hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblar o’tkazish;
Kassa operatsiyalarini bajarish;
Chet el valyutasini sotish va xarid qilish.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar, shartnomalar asosida ularning o‘zaro majbriyatlari va javobgarliklarini belgilovchi teng huquqlilik, hamda manfaatdor hamkorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
“Agrobank” filiali quyidagi huquqlarga ega:
Xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish;
Filiallardan va mijozlardan buxgalteriya hisoboti va balansini, hamda
boshqa zarur ma’lumotlarni olish;
Hisobotlar etarli darajada bo‘lmaganligi yoki buxgalterlik hisobotlarining noto‘g‘ri olib borilayotganligi aniqlanganda, kredit shartnomada belgilangan majburiyatlar buzilgan holatlarda, kreditlashni to‘xtatish va berilgan kreditlarni muddatidan oldin undirib olish;
Qarzdor oluvchining garovga qo‘yilgan mulki ta’minotini tekshirish;
Kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin, hamda bunday
qarzdorlarni bankrot deb topishni so‘rab, xo‘jalik sudida, Bank nomidan
berilgan ishonchnoma asosida, da’vo qo‘zg‘atish;
Operatsiyalar uchun foiz stavkalarini, hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission xizmat haqlarini belgilash;
Filial faoliyati ustidan nazorat qilish, Bankka jamlangan holda taqdim etish uchun filiallardan hisobotlar va ularning faoliyatiga doir boshqa ma’lumotlarni talab qilib olish.
qarzdorlikni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, mulkni baholash va qayta baholash tartibini;
j) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini;
z) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;
i) mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tartibini;
y) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
k) bank moliya-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxiralarini aniqlashni;
l) tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
m) buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar va axborot tizimini;
n) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
o) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini;
p) ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
r) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg‘or milliy va xorij tajribalarini.
Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek bank rahbari vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank uchun mablag‘ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi.
Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda (xizmat safari, ta’til, kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o‘rinbosariga, o‘rinbosar ham ishda bo‘lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyrug‘i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, bank xizmatchisi bank Boshqaruvining roziligiga ko‘ra boshqa joyda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin.
Men amaliyot o’tayotgan “Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filialining tashkiliy faoliyatini o’rganib chiqdim. Tashkilotda amalga oshiriladigan operatsiyalarni o’rganib chiqdim. Shu jumladan ““Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish, hamda Filiallar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Bankning farmoyishlarini bajarilishini ta’minlashdan iborat hisoblanadi. Bank o‘z faoliyati uchun ajratilgan mablag‘ va mol-mulkni Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida tasarruf etadi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga olib, Bank nomidan xo‘jalik faoliyatini yuritadi. “Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali bank tomonidan o‘rnatiladigan kreditlashning limiti va mavjud kredit resurslari doirasida kreditlashni amalga oshiradi. Filiallarning kredit resurslaridan foydalanishni amaldagi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda nazorat qiladi.
Buxoro viloyat Romitan tumani omonatchilar manfaatini himoyalash va Bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida va har doim o‘z va mini-banklarning majburiyatlarini vaqtida va to‘la bajaradi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali mijozlar operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlari, hamda vakillariga doir ma’lumotlarni sir saqlashga va o‘z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga kafolat beradi. Barcha bank xodimlari mijozlar operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlari, hamda vakillariga doir ma’lumotlarini sir saqlashlari shart.
Bank yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari, hamda hisobvaraqlariga doir ma’lumotlarni ana shu tashkilotlarning o‘ziga, prokurorga, sudlarga, jinoyi ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa surishtiruv va tergov organlariga berishga haqli.
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlarni mijozlarning o‘ziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo‘lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo‘yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ushbu hisobvaraqlar hamda omonatga doir ma’lumotlar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg‘armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga; chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa chet el konsullik muassasalariga beriladi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni, ular soliq to‘lovlarini to‘liq va to‘g‘ri
to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali o‘z mijozlariga hisob, kredit va boshqa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, Bankka berilgan litsenziyada ruxsat etilgan bank xizmatlarini ko‘rsatadi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali o‘z faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:
Omonatlarni jalb qilish;
Kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar berish;
Mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga
binoan pul mablag‘larini boshqarish;
Pul mablag‘lari, vaksellar, to‘lov va hisob-kitob xujjatlarini inkasso qilish;
Uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda
tutuvchi kafolatlar berish;
Uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
Jismoniy va yuridik axslarga xujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash
uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
Moliyaviy lizing;
Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan
boshqa operatsiyalar;
Hisobvaraqlarni ochish;
Hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblar o’tkazish;
Kassa operatsiyalarini bajarish;
Chet el valyutasini sotish va xarid qilish.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar, shartnomalar asosida ularning o‘zaro majbriyatlari va javobgarliklarini belgilovchi teng huquqlilik, hamda manfaatdor hamkorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
“Agrobank” Buxoro viloyat Romitan filiali quyidagi huquqlarga ega:
Xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish;
Filiallardan va mijozlardan buxgalteriya hisoboti va balansini, hamda
boshqa zarur ma’lumotlarni olish;
Hisobotlar etarli darajada bo‘lmaganligi yoki buxgalterlik hisobotlarining noto‘g‘ri olib borilayotganligi aniqlanganda, kredit shartnomada belgilangan majburiyatlar buzilgan holatlarda, kreditlashni to‘xtatish va berilgan kreditlarni muddatidan oldin undirib olish;
Qarzdor oluvchining garovga qo‘yilgan mulki ta’minotini tekshirish;
Kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin, hamda bunday
qarzdorlarni bankrot deb topishni so‘rab, xo‘jalik sudida, Bank nomidan
berilgan ishonchnoma asosida, da’vo qo‘zg‘atish;
Operatsiyalar uchun foiz stavkalarini, hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission xizmat haqlarini belgilash;
Filiallar faoliyati ustidan nazorat qilish, Bankka jamlangan holda taqdim etish uchun filiallardan hisobotlar va ularning faoliyatiga doir boshqa ma’lumotlarni talab qilib olish.
Xulosa Shunday qilib, Oʻzbekistonda bank nazorati organlari banklarga nisbatan bank operatsiyalarini amalga oshirishda meʼyoriy hujjat va qoidalarni, bank qonunchiligini buzganligi uchun chora va sanksiyalar qoʻllashga vakolatlidir. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining masofadan turib nazoratni amalga oshiruvchi organi kunlik monitoring oʻtkazib, muammolar tugʻilgan hollarda tijorat bankning moliyaviy holati haqida diagnozni iloji boricha ertaroq berishga qodir. Masofadan nazorat “erta ogohlantirish sistemasi” sifatida xizmat qiladi. Mazkur signal boʻyicha bankka tezkor moliyaviy yoki boshqa yordam koʻrsatish zarurati va imkoniyati mavjud. Biroq, masofadan turib nazorat kam hollarda bank oldida turgan hamma risklarni aniqlashga qodir va koʻp hollarda bankni boshqarish sifatini aniqlay olmaydi. Faqat bevosita inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish bankning real ahvolini koʻrishga imkon beradi.
Masofadan turib nazorat natijasiga koʻra tijorat banklari faoliyatida muammolar paydo boʻlsagina inspeksiya tekshiruvi joylarda oʻtkaziladi. Bank inspektorlari vazifasi – bankning kapital bazasini yoʻqotishdan, shu bilan birga aholi va tashkilotning mablagʻlariga xavf tugʻdiruvchi katta riskni oʻziga yuklashdan saqlashdir.
Amaliyot o‘tagan Agrobank ATB Baxmal filialida bosh Buxgalter bilan birgalikda hisob raqamlar turlari, bank aktivlari, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma’lumotlarni o‘rgandik.