5-6-7-kun Tashkilotning kompyuter texnikasi va dasturiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish va boshqa axborotni qayta ishlash vositalari majmuasi, tarkibi ularning texnik xarakteristikalari, texnoologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi o’rni, kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish jarayonlari bilan tanishib chiqdim. Bu kunlarda mijozlar bilan ishlash va ularni qabul qilish, mijozlar bilan turli xil shartnomalar tuzishni o’rgandim. Elektron shartnomalar va hujjatlarni tuzishni o’rgandim. Faoliyatda iqtosodiy tahlillar va qimmatli qog’ozlar bilan ishlash jarayoni bilan tanishdim. Bu haqda ma’lumot berib o’taman.
Iqtisodiy tahlil, tashqi iqtisodiy faoliyat va qimmatli qog’ozlar bo’limi. Bo’limning asosiy vazifalari: bank mijozlarining birja va birjadan tashqari valyuta bozorida konvertatsiyalangan mablag’larini o’tkazish uchun arizalarini qabul qilish; joriy valyuta xisobvaraqlar ochish uchun xujjarlarni tayyorlash; valyuta ayiraboshlash shaxobchlari xodimlarini har kunlik rotatsiya qilish; valyuta ayiraboshlash shaxobchalari ustidan nazorat qilish; bo’lim ichida texnik o’quv o’tkazish.
Bo’limning quyidagi funktsiyalari mavjud: bank filialiga taaluqli jamlangan axborot, tahliliy va istiqbol rejalari materiallarini kunlik, xaftalik va oylik hisobotlarini tayyorlash; bank likvidlik xolatini o’rganish va moliyaviy ahvolini taxlil qilish; bo’limda attestatsiya masalasi bo’yicha ishlar olib borish va bo’lim hodimlarini tayyorlash.
7-8-9-kun Tashkilot faoliyati uchun zarur dasturiy taminotni o’rgandim. (umumfoydalanish dasturiy tizimlarining ishlatilish tarzi va uning samaradorlik darajasi, dasturiy ta’minot bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qildim. Shu bilan birga iqtisodiy tarmoqlarni kreditlash bo’limi bilan ishlashni o’rgandim. Bu haqida ma’lumot keltirib o’taman.
2. Iqtisodiy tarmoqlarini kreditlash bo’limi.
Bo’limning asosiy vazifalari – filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikga muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish. Filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikka muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish; filial tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga berilgan kreditlar va ular bo’yicha hisoblangan foizini o’z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
10-11-kun Amaliyotning bu kunlarida ko’rsatmalar bilan ishlash ya’ni kichik biznes subyektlariga xizmat ko’rsatish, Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini kreditlash va ular bilan birga ishlash jarayonini ko’rib chiqdim va bu quyidagicha: