3.Kichik biznes subyektlariga xizmat ko’rsatish bo’limi. Bo’limning asosiy vazifalari – filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikka muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish.
Filial tomonidan xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga berilgan kreditlarning mulk shakllari, xalq xo’jaligi tarmoqlari va hududlar bo’yicha taqsimlanishi xaqida ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish.
Bo’limning asosiy funksiyalari – mijozlardan kelib tushgan kredit yig’ma jildlarini o’rganib chiqib kredit komissiyasiga tavfsiya etadi. Kredit komissiyasi qarorlarini chiqaradi, xulosalarni joylarga yetkazish, viloyat limit doirasidan yuqori bo’lgan kredit yig’ma jildlarini bosh bankka chiqarish.
4. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini kreditlash bo’limi. Bo’limning vazifalari: filial tomonidan jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga kredit berish, bank ssudalarini o’z vaqtida uzish va muddati o’tgan qarzga yo’l qo’ymaslik bo’yicha faoliyatini tizimli va majmuali o’rganishni tashkil etish; bank kredit siyosatini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
Bo’limning funksiyalari: jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini kreditlashda ushbu tarmoqni rivojlantirish va bo’lim faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan yig’ma, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash; filial tominidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, Markaziy Bank, “Agrobank” ATB boshqaruvi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish.
12-kun Amaliyot hisoboti tayyorlash bilan birga buxgalteriya va hisbot bo’limlari bilan tanishdim. Faoliyat olib borishdagi jarayonlar bilan tanishdim.
5. Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi. Bank buxgalteriya hisobi va hisobotining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko‘rsatish; hisob-kitob, kassa, valuta, kredit hamda boshqa bank operatsiya-larini to‘g‘ri bajarish; bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash; bankdan chiqadigan hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida bu hujjat borgan joyda ulardan foydalanishni yengil-lashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ana shu hujjatlar bilan ope-ratsiyalar bajarilayotganda hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayot-gan mijozlar hisobvaraqlarining hisobi yuritilayotganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish; bankda turgan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalar kam chiqish yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish; operatsiyalar bajarilayotganda bank mansabdor shaxslari qonun-ga zid xatti-harakatlar qilgan, boyliklar va hujjatlar yo‘qotib qo‘yilgan hollarda ular javobgarligini hujjatlar bilan asoslash; operatsiyalar bajarilishi, rasmiylashtirilishining qonuniyligi va to‘g‘riligini keyinchalik tekshirish va ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratish; bankda ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish; zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng foydalanish asosida bank operatsiyalarini bajarish uchun mehnat va mablag‘ sarfini kamaytirish, ular hisobini yuritish, hisobotlar tuzish va hokazo.
t ashkillashtiradi va javobgar xisoblanadi.