1.2. Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish. Davlatning iqtisodiy vazifalari ko‘p va turli xildir. Bular,
birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor tizimi
rivojlanishini yengillashtirish va qoMlab-quvatlash maqsadiga ega.
Bunday vazifalar sirasiga quyidagi ikki faoliyatni kiritishimiz mumkin:
bozor tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan huquqiy
baza va ijtimoiy muhitni ta’minlash raqobatni himoya qilish. Ikkinchi guruh vazifalarini bajarishda davlat bozor tizimi faoliyatini
kuchaytiradi va turlaydi. Bu yerda davlatning quyidagi uchta vazifasi
asosiy ahamiyatga ega.
-daromad va boyliklami qayta taqsimlash;
-milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar taqsimotini
tartibga solish;
-iqtisodiyotni barqarorlashtirish,
Ya’ni iqtisodiy konyukturaning egiluvchanligi natijasida paydo
bo‘ladigan ishsizlik va inflatsiya darajalarini nazorat qilish hamda
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotinmg
samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘ladigan ayrim xizmatlami
va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi.
Huquqiy bazani ta’minlash asosan xususiy korxonalarga xaq-huquqlar
berish, xususiy mulkchilikni aniqlash va shartnomalar bajarilishini
nazorat qilish, shuningdek, boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm
bo‘lib hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib
beruvchilami o‘ziga bo‘ysundiradigan yagona kuchdir. Bozor tizimiga
bo‘ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni
rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko‘radi va oqibatda
batomom tugatilishi mumkin. Monopoliya raqobat bilan almashinar
ekan, sotuvchilar bozorga ta’sir qilishi mumkin yoki o‘z manfaatlaridan
kelib chiqqan holda narxlami oshirish orqali mamlakatga zarar
olib keladi.
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan
daromadlar va qiladigan xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo
bo‘ladi. Bu kabi muammolami hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga
ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish
vazifasini bajaradi. Bu vazifalar bir nechta siyosiy tadbirlar va