Mundarija: Kirish 1-bob. Fiskal siyosat reja


Nodiskretsion fiskal siyosat



Yüklə 39,48 Kb.
səhifə6/6
tarix04.09.2023
ölçüsü39,48 Kb.
#141478
1   2   3   4   5   6
Ergashev

Nodiskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining
mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning
mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlaming
bevosita aralashuvlarisiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim
xususiyatlari tushuniladi.
Diskretsion fiskal siyosat - bu milliy ishlab chiqarish real
hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflatsiya
ustidan nazorat o‘matish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda
manipulyatsiya qilish tushuniladi.
Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar
hisoblanadi:
- davlat sarflari bilan bog‘liq boigan ijtimoiy ishlar va boshqa
dasturlari;
- davlat buyurtma va xaridlari;
- davlat investitsiyalari;
- transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlami
o‘zgartirish;
- soliqlarni boshqarish.
Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal
siyosat, milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy
qoidalariga javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro
munosabatlami samarali tartibga solishi zarur. Bunda asosiy e’tibor:
“...xarajatlaming ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlangan holda Davlat,
budjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy
budjetlaming daromad qismini mustahkamlashga yo‘naItirilgan budjetlararo
munosabatlami takomillashtirish” ga qaratilishi maqsadga
muvofiq.


Xulosa va takliflar
Fiskal siyosat (byudjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o`sish, baholarning barqaror darajasi, to`liq bandlik va to`lov balansi barqarorligini ta`minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyatsiya qilinadi.
Fiskal siyosat cheklovchi yoki  rag’batlantiruvchi turlarga bo`linadi. Rag’batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, cheklovchi fiskal siyosat iktisodiyotda xaddan ziyod talab tufayli inflyatsiya paydo bo`lgan sharoitda olib boriladi.
Fiskal siyosat tadbirlari qiska va uzoq muddatda mul’tiplikator samarasi ta`siri ostida bo`ladi.
Davlat xarajatlari mul’tiplikatori iste`molga chegaralangan moyillik darajasi bilan to`gri bog’liklikka, chegaraviy solik stavkasi xamda iste`molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bogliklikka ega.
Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir ‘xil miqdorga oshirilishi daromadlar xajmini xam shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu xolat balanslashgan byudjet mul’tiplikatori bilan izoxlanadi.
Iqtisodiy pasayish paytida byudjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat natijasida esa tarkibiy taqchilligi yuzaga keladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning maqbul yo`li davlat qimmatli kog’ozlarni chiqarish va ularni sotish hisobiga qarz olishdir.
Respublikamizda o`tkazilayotgan byudjet-soliq siyosati iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish, barqaror iqtisodiy o`sishga shart-sharoit yaratish, yalpi talabni oshirish kabi maqsadlarga qaratilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.M.A.Mamatov “Iqtisodiy o’sish”- Toshkent 2021.
2.O’zbekiston Respubliksi “Mulkchilik”to’g’risidagi qonuni.
3.R.Ergashev maruza matnlaridan.
Shuningdek internet manbalari:
1.qalampir.uz;
2.lex.uz;
3.stat.uz
Yüklə 39,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin