Mundarija kirish 1 Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi 4


 Foydani taqsimlash(Profit Sharing



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/12
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
islom taraqqiyot banki yuzaga kelishi, maqsadi va vazifalari

9. Foydani taqsimlash(Profit Sharing). Foydani taqsimlash sherikchilik(mushoraka yoki muzoraba) shakllaridan biri hisoblanadi va loyihani moliyalashtirish uchun ITB hamda hamkor tomonning mablag‘larini birlashtirishni taqozo etadi; har bir sherik korxonadan kelib tushadigan sof foydadan foiz oladi ITB chet ellik taraqqiyot moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.2011 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazorat yuqori organlari halqaro tashkiloti, Butunjahon banki bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ITB loyihalarini moliyalashtirish ITBga a’zo-mamlakatlarning har biri erishishga intilayotgan Ming yillik rivojlanish maqsadlariga(Millennium Development Goals) muvofiq amalga oshirilmoqda.
ITB o‘z faoliyatida davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmini faol ishlatib kelmoqda, bu esa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni qo‘llash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi.Misol tariqasida, Malayziyaning Selangor shtatida tezkor avtomagistral qurish bo‘yicha Malayziya taraqqiyot banki bilan davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmi tamoyili bo‘yicha ITB tomonidan amalga oshirilgan loyihani keltirish mumkin.
ITB faoliyatining strategik muhim yo‘nalishi musulmon mamlakatlar aholisini malakaviy tayyorlash va o‘qimishliligi darajasini oshirish hisoblanadi.2012 yilgi faoliyat yakunlari bo‘yicha ITB portfelidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda eng katta ulushni ta’lim sohasidagi loyihalar egalladilar.Yuqoridagi tashabbuslar ishsizlik darajasini pasaytirishga va ITB a’zo-mamlakatlar mehnatga qobiliyatli aholisining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
ITB a’zo-mamlakatlarda qashshoqlikni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratdi.Ushbu muammoni yechish maqsadida mikromoliyalashtirishdan foydalanilmoqda.12
ITB shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarga ham yordam ko‘rsatmoqda, bunda atrof-muhit himoyasi tamoyili hisobga olinadi.Jahondagi eng yaxshi taraqqiyot banklari amaliyotiga muvofiq, ITB investitsiyalarining sezilarli qismi infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
2012 yilda ITB mablag‘larini iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha taqsimlanishi energetik sektor ulushining (28,1%) yuqoriligi bilan ta’riflanadi, undan keyin suv bilan ta’minlash va shahar xizmati(18,7%), qishloq xo‘jaligi(16,9%), sog‘liqni saqlash(10,9%), transport(10,1%), ta’lim(6,5%), moliyalar(5,8%), sanoat va qazib olish(3%) hamda boshqalar(0,02%) turadi.
ITBga nafaqat moliyaviy vazifani amalga oshirish, balki Mavritaniya,Maldiv, Qirg‘iziston, Jibuti va boshqa kam taraqqiy etgan a’zo-mamlakatlarga texnik ko‘mak berish yuklatilgan.
Bundan tashqari ITB islomiy qimmatli qog‘ozlar – sukukni joylashtirish tashkilotchisi hisoblanadi.ITB shariat o‘rnatgan cheklovlar doirasida moliyaviy mablag‘larni jamlash uchun depozitlarni jalb qilish huquqiga ega.
Kredit, bozor va amaliyot xatarlarini o‘z vaqtida pasaytirish va baholash maqsadida ITB o‘z faoliyatida xatarlarni boshqarish maxsus vositalaridan foydalanadi.A’zo-mamlakatlar va boshqa qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish ITB kredit xatarini samarali boshqarish imkonini beradi.
Likvidlilik xatari va mustaqil xatarlarga alohida e’tibor qaratiladi.Buning uchun ITBda xatar - menejmenti faoliyatining samaradorligi ustidan ichki nazorat tizimi, yuqorida qayd etilgan xatarlar ahamiyati bo‘yicha limit va cheklovlar tizimi joriy etilgan.Xatarlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish maqsadida ishga vaqti-vaqti bilan tashqi maslahatchilar jalb etiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin