Bundan tashqari a’zo mamlakatlarning 15 tasida bankning vakillari bor. Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha hamda investitsiyalar va eksportni sug’urtalash bo’yicha Islom korporatsiyalarining ham Dubay va BAA da
filiallali mavjud.
Dastlabki ikkita filial 2012 yilda Turkiya va Indoneziyada, keyinchalik 2013 yilda Bangladesh, Nigeriya va Misrda ochilgan.3 1975 yildan, ya’ni ITB ochilishidan boshlab unga Ahmad Muhammad Ali Al - Madani boshchilik qiladi. Uni faoliyati jamiyat va uning a’zolari hayot farovonligini oshirishga qaratilgan. Ijrochi direktorlar kengashi bankning barcha operatsiyalari va siyosati uchun javobgar hisoblanadi. Hozirgi paytda IDK 18 ta a’zodan tashkil topgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi asosiy aksionerlar bo’lgan davlatlardan, qolgani esa boshqa a’zo mamlakatlar ichidan saylanadi va IDK ning vakolat muddati uch yil hisoblanadi.
Izoh: ITB guruhi kapitali a’zo mamlakatlarning daromadlarini ortishi bilan proporsional ravishda ortib boradi. Joriy 2015 yilning oxiriga kelib, bu ko’rsatkich 108 mlrd AQSH dollariga yetishi ko’zda tutilmoqda. Tashkilot mablag’I 1975 yildan beri ancha oshgan bo’lib, bu 224 foizga oshgan demakdir.
2013 yil 22 maydan ITB ustav kapitalini 3 marta ga, ya’ni 150 mlrd AQSH dollariga oshirdi. Bundan ko’zlangan maqsad shuki, tashkilotga a’zo bo’lgan va bo’lmagan mamlakatlardagi musulmon xalqini qo’llab –quvvatlashdan iborat. Saudiya Arabistonining bankka qo’ygan mablag’i bank kapitalining to’rtdan bir
qismini tashkil etadi.
Izoh: Jadval ma’lumotlari asosida shuni ko’rish mumkinki, bankning asosiy kapitalining 43 foizi energetika sohasiga jalb qilinar ekan. Bunga sabab shuki, tashkilotga a’zo davlatlar asosan energetika mahsulotlariga boy hisoblanadi. ITB ning asosiy ta’minotchi davlatlari bo’lgan Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar davlatlari neft xom ashyosiga juda boydir. Keying o’rinda 11,9 foiz bilan moliya sohasi turadi, undan keyin esa sanoat asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Eng kam mablag’ ajratiladigan soha ko’chmas mulk hamda informatika va aloqa sohasi hisoblanib,ularning ulushi bir foizdan ham kamroqdir.