MUNDARIJA Kirish 1 1.Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi 4 2.Islom taraqqiyot banki hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari 9 3.Islom Taraqqiyot bankining asosiy vazifasi va maqsadi 13 4. Islom Taraqqiyot Banki Guruhi Va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 19 Xulosa 23 Foydalanilgan adabiyot 25
KIRISH Kurs ishining dolzarbligi:Banklar hammadan qarz olib, oʼz hisobidan boshqa tijoriy muassasalarga, ishlab chiqarish yoki boshqa sohalarga qarz berishni oʼziga odatiy kasb qilib olgan tashkilotdir. Banklar qarz beruvchi va oluvchi oʼrtasida vositachilik qiladi. Birovga qarz berish uchun, birovdan qarz oladi. Boshqacha qilib aytganda bank qarzlar savdogaridir. U qarz olish, qarz berish, foyda olish, pul almashtirish, pul koʼchirish, zimmaga olish, omonat kassasi uchun ijara haqi olish va boshqa bankka tegishli muomalalarni amalga oshirish uchun tashkil qilinadi.
Islomiy bank islom asoslariga tayangan holda, riboga aralashmasdan bank ishlarini yurgizadigan bankdir. Bu bank muzoraba uchun qarz oladi va boshqalarga muzoraba, murobaha, ijara uchun va shu kabi sharʼiy moliyaviy muomalalar uchun mablagʼ beradi. 1 Islom diniga e’tiqod qiluvchilar ko’pchilikni tashkil qilishiga qaramay, O’zbekistonda shu vaqtgacha Islomiy moliya sohasi Markaziy Osiyodagi qo’shni mamlakatlarga qaraganda deyarli rivojlanmagan, vaholanki ushbu sohaning rivojlanishida mamlakat juda katta salohiyatga ega. Buni yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar Islom Taraqqiyot Banki Guruhi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Osiyo Taraqqiyot Banki va b.) ekspertlari tomonidan e’tirof etgan. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ham 2020 yil 29 dekbrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo’yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi” deb, ta’kidlagan edilar Bank-moliya tizimidagi xalqaro tanazzul oqibatida va moliya bozori infratuzilmasining tubdan takomillashtirishga bo’lgan extiyoj samarasi o’laroq, investitsiyaviy moliyalash hamjamiyatining moliyalashtirishning islomiy shakliga bo’lgan e’tibori sezilarli darajada ortdi. Zamonaviy sharoitda global miqyosda islomiy moliyalashtirish segmenti eng tez rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi: «banklarning spekulyativ faoliyati tanazzuli vaqtida islomiy institutlari foydasi yiliga 15-20 foizga, aktivlari esa 20 foizdan ziyod o’sib bormoqda va 2020 yil uchun Islom dunyosining global bank aktivlarining yillik aylanmasi 1300 milliard dollardan ortiqroqga baholanmoqda. Islomiy bank ishining etarlicha intensiv rivojlanishiga talabning ortishi va musulmon davlatlari tomonidan moliyaviy resurslarning sezilarli darajada to’planishi sabab bo’ladi.