Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqali to`lovlar va haridlarni amalga oshirish afzalliklari 14


-modda. Elektron to‘lov hujjatini tuzish



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə5/28
tarix24.10.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#160873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Elektron to\'lov usulini o\'rgatuvchi mobil ilova

13-modda. Elektron to‘lov hujjatini tuzish
To‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega bo‘lgan hamda elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjat elektron to‘lov hujjati hisoblanadi.
Elektron to‘lov hujjati pul-hisob-kitobga doir qog‘oz hujjat (bundan buyon matnda pul-hisob-kitob hujjati deb yuritiladi) asosida yoki elektron to‘lov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Elektron to‘lov hujjati bilan ishlashda uni elektron to‘lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qog‘ozda takrorlash imkoniyati ta’minlanishi kerak.
14-modda. Elektron to‘lov hujjatiga ishlov berish
Elektron to‘lov hujjatiga ishlov berish elektron to‘lov hujjatini qabul qilish, kiritish, yozish, qayta tuzish, o‘qish, qayd etish, almashtirish, saqlash va yo‘q qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Elektron to‘lov hujjatiga, basharti u elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash taomilidan o‘tgan hamda to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlarga ega bo‘lsa, ishlov beriladi.
To‘lov tizimidan foydalanuvchilarning tegishli hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari elektron to‘lov hujjatlariga ishlov berish natijalari bo‘yicha hisobdan chiqariladi yoki hisobga kiritiladi.
15-modda. Elektron to‘lov hujjatlarini saqlash
Elektron to‘lov hujjatlari pul-hisob-kitob hujjatlarini saqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.
16-modda. Elektron to‘lov hujjatining yuridik kuchi
Elektron to‘lov hujjati pul-hisob-kitob hujjatiga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
17-modda. Elektron to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
To‘lov tizimining a’zosi — bank to‘lov tizimidan foydalanuvchining topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning operatsiya kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to‘lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushsa, to‘lov tizimining a’zosi — bank elektron to‘lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
To‘lov tizimining subyektlari shartnomada elektron to‘lovlarni amalga oshirishning boshqa muddatlarini nazarda tutish huquqiga ega.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin