Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqali to`lovlar va haridlarni amalga oshirish afzalliklari 14


-modda. Elektron to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə6/28
tarix24.10.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#160873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Elektron to\'lov usulini o\'rgatuvchi mobil ilova

18-modda. Elektron to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash
Elektron to‘lovlarni amalga oshirishning ushbu Qonunning 17-moddasida belgilangan muddatlari to‘lov tizimining a’zosi tomonidan buzilgan taqdirda, u kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lov tizimidan foydalanuvchiga penya to‘lashi shart.
To‘lov tizimi a’zosining aybi bilan elektron to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirda, to‘lov tizimining a’zosi mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining — to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart. Aks holda, to‘lovchi — to‘lov tizimidan foydalanuvchi to‘lov tizimining a’zosidan mablag‘larni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto‘g‘ri amalga oshirilgan elektron to‘lov summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega.
19-modda. To‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash
To‘lov tizimining subyektlari to‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan elektron to‘lov hujjatlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularga o‘zgartishlar kiritish, ularni yo‘qotish, yo‘q qilish va to‘sib qo‘yishdan muhofaza etishni ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etishlari kerak.
To‘lov tizimining subyektlari to‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlashning qo‘shimcha vositalari va usullarini belgilashlari mumkin.
20-modda. Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi
To‘lov tizimining a’zolari elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashlari kerak.
Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin