Mundarija kirish Asosiy qism 1-bob Xotira mavzusini o’rganilganlik darajasining nazariy asoslari


Xotira bo’yicha chet el psixologlarning qarashlari



Yüklə 252 Kb.
səhifə4/10
tarix03.02.2023
ölçüsü252 Kb.
#82691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E o\'ynab qo\'yay (2)

Xotira bo’yicha chet el psixologlarning qarashlari

Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog`liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko`rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo`lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma`noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo`yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma`noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo`lganligi aniqlangan.
Esda olib qolish jarayonida o`zlashtirilayotgan materialning ma`noga ega bo`lishi yoki bo`lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo`lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo`lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko`lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo`nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" ko`rinishda o`rganishga harakat qilib ma`no kasb etmaydigan bo`g`inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo`llanishiga xos to`g`ri yo`nalishdir.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma`noga ega bo`lgan materialni o`zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo`nalish, ko`rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o`rganganlar. Shuningdek, ular o`qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o`quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag`ishlangan bo`lib, turli materialni esda olib qolishda tushunishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to`g`ri yo`nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to`liqligi ta`minlanadi.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma`nosiga tushunib o`zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to`g`ri, Meymon fikriga ko`ra, inson ulg`ayishi bilan ma`nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma`noga ega bo`lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o`xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to`plangan bo`lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o`z aksini topgan.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma`nosiz bo`g`inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta`kidlangan. Katta yoshdagilar ma`nosiz bo`g`inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog`lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma`no kasb etadi. Shuningdek, ma`no anglatmaydigan materialni o`zlashtirish jarayoni tez ko`chadi, mahsuldorroq bo`ladi. Ma`nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog`liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) so`zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
O`tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po`stida ilgari hosil bo`lgan nerv bog`lanishlarning qo`zg`alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma`lum vaqt o`tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo`lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko`zimizga issiq ko`rinadi, lekin uni qaerda ko`rganimizni eslay olmaymiz. To`liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o`ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko`rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Esda saqlash deganda ilgari tug`ilgan taassurot, fikr, his-tuyg`u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo`lib o`tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo`lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo`lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo`lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg`ul bo`lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko`p qismi unutiladi. Materialni o`qib o`rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt o`tgandan keyin uni to`la xotirlay olishlikning sababi materialni o`qib, o`rganib olishda ro`y beradigan charchashdir.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga o`zlashtirilayotgan materialning ma`noga ega yoki ega emasligiga bog`liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o`z ta`sirini ko`rsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog`liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bog`liqdir.

Yüklə 252 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin